15. 3. TADBIRKORLIKDA INVESTITSIYALAR VA LIZING
Investitsiya lotincha
investure
(kiyintirish, yasantirish) so‘ziga asos-
langan nemischa
investition
so‘zidan kelib chiqqan b o iib , biror ishga
yoki korxonaga uzoq muddatga mablag‘ qo‘yishni bildiradi. Investitsiya
- b u sarmoyaga (kapitalga) mablag‘ qo‘yish jarayoni hisoblanadi.
Tadbirkorlikda investitsiyalar ham muhim rol o ‘ynaydi. Inves
titsiyalar - bu tadbirkorlik faoliyati obyektlariga kiritiladigan moddiy
va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqdir. Investitsiyalar
quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- korxonalar tuzish;
- korxonalaming ustav jam g‘armasiga ulushli ishtirok etish, shu
jumladan, mol-mulkni, aksiyalarni olish;
- qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilingan qarz m ajburiyatlarini
olish;
- mulk huquqini, yer va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va
ulardan foydalanish (shu jumladan, ijara asosida) huquqini olish va
boshqalar.
Investitsiya resurslariga quyidagilar kiradi:
- pul va boshqa moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan, kreditlar, pay-
lar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar;
312
- ko‘char va ko‘chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar,
transport vositalari va boshqa moddiy boyliklar) hamda ularga doir
huquqlar;
- intellektual mulk obyektlari, shu jumladan, texnikaviy hujjatlar
tarzida tuzilgan texnika, texnologiya, tijoratga oid va boshqa bilimlar
majmuyi, u yoki bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur
bo‘lgan bilimlar va ishlab chiqarish tajribasi;
- yerga va boshqa tabiiy resurslarga, binolar, inshootlar, uskunalarga
egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi, shuningdek, mulk huquqi-
dan kelib chiquvchi ashyoviy huquqlar;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boyliklar.
Tadbirkorlikda mahalliy investitsiyalar bilan birgalikda xorijiy in-
vestitsiyalar ham jalb etish kengayib bormoqda. Lekin bunga bir qator
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
- tadbirkorlarda investitsion strategiyaning yo‘qligi;
- ular investitsion siyosatni olib bora olmasliklari;
- axborotning yetishmasligi;
-b iz n e s, tadbirkorlikko‘nikmalarining jahon standartlari darajasida
emasligi;
- hamkor topishda tajribasizlik;
- investitsion jozibadorlikni shakllantirishdagi sustkashlik va
boshqalar.
Tadbirkorlikda investitsiyalami yanada kengayishida 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2005- yil 11- apreldagi “To‘g‘ridan-to4g ‘ri
xususiy xorijiy investitsiyalami jalb qilishni rag‘batlantirish borasidagi
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni muhim ahamiyat
kasb etadi. 2008 yilda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun 6,4 mlrd AQSH
dollari miqdorida investitsiya jalb qilingan. Uning 1,7 mlrd dollari xori
jiy investitsiyalardir. Xorijiy investitsiyalarning 74 foizini to‘g‘ridan-
to ‘g ‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Bu investitsiyalardan tadbir
korlik subyektlari ham foydalanganlar. Bugungi kunda muhim ustuvor
loyihalasi amalga oshirish bo‘yicha qiymati 24 mlrd. AQSH dollaridan
ziyod bo‘lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihalasi ustida ish olib borilm-
oqda. Uning 77 foizini yangi qurilish, qolgan qismini modemizasiya va
rekonstruktsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalari
tashkil etadi. Ularning 54 foizini korxonalaming o‘z mablag‘lari, 10,4
313
foizi Tiklanish va taraqqiyot jam g‘armasi kreditlari, 36 foiziga yaqinini
xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan moliyalash ko‘zda tutilgan1.
Tadbirkorlikda ijara munosabatlari ham keng o‘rin egallaydi.
Binolar, inshootlar, uskunalar, transport va boshqa ishlab chiqarish
vositalari hamda mulk, yemi ijaraga olib, ular yordamida tadbirkorlik
faoliyatini yuritish keng qo‘llaniladi. Bunday masalalami tartibga so-
lish maqsadida respublikada ‘Tjara to‘g‘risida” degan maxsus qonun
qabul qilingan. Xususan, qishloq xo‘jaligida yer uchastkalarini uzoq
muddatga ijaraga berish-olish, qishloq xo‘jalik texnikasini ijaraga olib
foydalanish keng o ‘rin egallaydi. Transport, qurilish va boshqa sohalar-
da ham ijara ancha keng qo‘llaniladi. Tadbirkorlikda ijara munosabat
lari ijara shartnomalari orqali rasmiylashtiriladi va amalga oshiriladi.
Demak, ijara sohasida xo‘jalik shartnomalarining bir ko‘rinishi bo‘lgan
ijara shartnomalari katta rol o ‘ynaydi.
Keyingi yillarda moliyaviy ijara hisoblangan lizing ham rivojlanib
bormoqda. Lizing inglizcha “to lease” so‘zidan olingan bo‘lib, ijaraga
berish, foydalanishga topshirish degan m a’noni anglatadi. U 1877- yil
“Bell” telefon kompaniyasi o ‘zining apparatlarini sotmay ijaraga be-
rishdan boshlangan. Birinchi lizing kompaniyasi “Yunayted steyds li
zing korporeyshn” 1852- yili San-Fransiskoda tashkil etilgan. Lizing
oddiy ijaraga berish emas, balki u moliyalash shaklidir. Hozirgi paytda
lizing barcha mamlakatlarda kapital qo‘yilmalami (investitsiyalami)
moliyalash bo‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqaishda kapital qo‘yilmalami
moliyalashning anchagina qismi lizingga to ‘g‘ri keladi: Avstraliyada
30 - 33 foizi, AQShda 25 - 30, Buyuk Britaniyada 20, Germaniyada
15, Fransiyada 1 6 - 1 7 foizni tashkil etadi. 0 ‘zbekistonda ham lizing
kompaniyalari ko‘payib, ularning soni hozirgi kunda 27 taga yetgan.
Lizing - bu lizing oluvchi tadbirkorlik subyekti lizing beruvchi (lizing
kompaniyasi, bank va boshqalar) ning mablag‘lari hisobidan xarid qi
lingan mol-mulkni egalik qilish va foydalanish uchun uzoq muddatga
ijaraga oladi hamda shu mulkdan foydalanish orqali foyda ola borib,
sekin-asta undan qarzini uzadi. Lizing muddati tugaganidan so‘ng u
mulk lizing olganning o‘z mulkiga aylanishi mumkin. 0 ‘zbekistonda
“Lizing to‘g ‘risida” ham qonun qabul qilingan va lizing operatsiyalari
uning yordamida tartibga solinadi. Mazkur qonunga ko ‘ra lizing ijara
munosabatlarining alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi)
1 Karimov I. A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf
etichning yo‘llari va choralari. 18, 19, 37- b.
314
ikkinchi taraf (lizing oluvchi)ning topshirig‘iga binoan uchinchi taraf
(sotuvchi)dan haq to ‘lash evaziga egalik qilish va foydalanish uchun
lizing shartnomasida belgilangan shartlarda berib qo‘yish maqsadida
mol-mulk (lizing obyekti) ni oladi. Lizing uch taraflama (sotuvchi -
beruvchi - oluvchi) yoki ikki taraflama (beruvchi - oluvchi) lizing
shartnomasi bo4yicha amalga oshiriladi. Uchinchi taraf lizing kompani-
yasi bo‘ladi.
Lizing shartnomasi bo‘yicha kelgusida lizing oluvchiga topshirish
maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi
hisoblanadi. Egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi
bo‘yicha lizing obyektini olayotgan shaxs lizing oluvchidir. Lizing
beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan bo‘lsa, shu shaxs sotuvchi
hisoblanadi.
Moliyaviy va operativ lizing turlari mavjud. Moliyaviy lizingda li
zing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
1) lizing shartnomasi muddati tugagach, lizing obyekti oluvchining
mulkiga o‘tadi;
2) lizing shartnomasi muddati obyektning xizmat muddatidan 80
foizdan ortiq bo‘ladi, yoki lizing shartnomasi tugagach, lizing obyek-
tining qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining 20 foizidan kam-
ni tashkil etadi;
3) lizing oluvchi lizing obyektini qat’iy belgilangan narxda yoki li
zing shartnomasi muddati tugaganda aniqlanadigan narxda sotib olish
huquqiga ega;
4) lizing shartnomasi davridagi to‘lovlaming umumiy summasi li
zing obyekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘ladi.
Bu shartlardan birortasi lizing shartnomasida nazarda tutilmagan
bo‘lsa, bunday lizing operativ lizing (ijara) hisoblanadi.
Lizing shartnomasining muhim shartlari quyidagilar:
- lizing obyektining tavsiflanishi (obyektning miqdori, sifati,
ro‘yxati, kontrakt qiymati va boshqa ko‘rsatkichlari) va shartnoma
summasi;
- taraflaming lizing obyektini olish va berish bilan bog‘liq majburi-
yatlari;
- lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan, lizing obyektini yet-
kazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;
- lizing to‘lovlarini toMash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tar
tibi;
315
- lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va
ta’mirlash bo‘yicha taraflarning majburiyatlari;
- shartnomaning amal qilish muddati.
Bulardan tashqari taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnoma-
siga quyidagi shartlar ham kiritilishi mumkin:
- lizing obyektini (moliyaviy lizingda) sotib olish tartibi va mud-
datlari;
- lizing shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish;
- lizing obyektini sug'urta qilish;
- fors-major holatlar;
- lizing beruvchining qo'shimcha xizmatlar ko‘rsatishi (bunday xiz-
matlarsiz obyektdan foydalanib bo‘lmasa);
- lizing subyektlari tomonidan lizing shartlarini bajarilishini nazorat
qilish tartibi.
Lizingning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
1) xo‘jalik yurituvchi subyektning mablag‘lari tanqisligi sharoitida
moliyaviy masalasini qisman hal qiladi;
2) uskunalaming tez m a’naviy eskirishi va yangilanishi sharoitida
lizing beruvchi uskunalarni modernizatsiya qilib borishni ham o ‘z zim-
masiga oladi;
3) lizing to‘lovlari uning obyektini ishlatish yordamida olingan foy-
dadan amalga oshiriladi;
4) lizing bo‘yicha olingan uskunalar rentabelligi korxonalarda
soliqqa tortish bazasini kamaytirishga yordam beradi;
5) lizing investitsion siyosatni jadallashtiradi.
Tadbirkorlikda sug'urta kompaniyalarining roli ham ortib bormoq-
da. Sug‘urtaning asosiy maqsadi muayyan xavf paydo bo‘lib, tadbir
korlik subyektlariga tahdid yuzaga kelganda salbiy iqtisodiy holat-
lami yumshatish yoki ularning oldini olish hisoblanadi. Sug‘urta tad
birkorlik subyektlarining iqtisodiy jihatdan mavjud bo ‘lib turishini
ta’minlabgina qolmay, balki ko‘riladigan talofotlarini imkoni boricha
kamaytirib, xalq xo‘jaligi muomalasini barqarorlashtiradi. Sug‘urta
tufayli shaxsiy sug‘urta hollariga nisbatan xalq xo ‘jaligining tavak-
kalchilikdan sug‘urta ehtiyojiga ajratilgan sarmoya ancha kamayadi.
Mavhumlikning kamayishi sababli iqtisodiy o ‘sish ham qo‘shimcha
turtki oladi. Butun dunyoda sug‘urta investitsiya va investorlami jalb
etishning keng sohasi bo‘lib qoldi. Shuning uchun 0 ‘zbekistonda
316
“0 ‘zbekinvest”, “0 ‘zagrosug4urta”, “Madad”, “Kafolat” kabi ko‘plab
sug‘urta kompaniyalari tuzilib, tadbirkorlik subyektlariga xizmat
ko‘rsatib kelmoqda va ulaming safi kengayib bormoqda.
Sug‘urtalash asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
1) mulkning haqiqiy qiymati bo‘yicha sug‘urtalash. Bunday holatda
sug‘urta tovoni ko‘rilgan zarar hajmiga teng bo‘ladi;
2) mulkning tiklanish qiymati bo‘yicha sug‘urtalash. Bunda sug‘urta
tovoni tegishli ko‘rinishdagi yangi mulk qiymatiga teng bo‘ladi;
3) sug‘urtalashning franchayzing tizimi. Bunda sug‘urta tovoni
sug‘urta polisida belgilab qo‘yilgan franchiza summasiga teng bo'ladi.
Ko‘rilgan zarar franchiza summasidan katta bo‘lsa, zaraming ortiqcha
qismi sug‘urta qildirgan tomonning zimmasiga tushadi.
Masalan, “0 ‘zagrosug‘urta” Davlat-aksiyadorlik sug‘urta kom-
paniyasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha agrotexnik
tadbirlami o ‘tkazish uchun avans tariqasida qaytarilishini sug'urta
qilish orqali fermer xo'jaliklariga, birinchidan, transh orqali moli-
yalashga kafil bo‘lsa, ikkinchidan, tabiat injiqliklari va ishlab chiqarish
texnologiyasiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra tayyorlov tashki-
lotlari oldidagi qarzlarini qoplash borasidagi tadbirlami amalga oshirib
kelmoqda.
Fermer xo‘jaliklariga taklif etiladigan sug‘urta turlari va ulaming
tariflari 15. 1-jadvalda keltirilgan.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |