Mehnat iqtisodiyoti


Ushbu keys talabalar tomonidan



Download 0,97 Mb.
bet161/325
Sana01.06.2022
Hajmi0,97 Mb.
#625670
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   325
Bog'liq
УМК МЕХ ИКТ мажмуа (1)

7. Ushbu keys talabalar tomonidan seminar darsida “Mehnat bozori iqtisodiyoti”, “Aholi bandligi va mehnat bozori” fanlarini o’rganish jarayonida, “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” fanlarida qo’shimcha material sifatida ishlatilishi mumkin.


Kirish
Keysning dolzarbligi Aholining ish bilan bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirishning asosiy mexanizmlaridan biri mehnat bozorini maqsadga muvofiq shakllantirish va rivojlantirish hamda uni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish hisoblanadi. SHu munosabat bilan bozor iqtisodiyoti sharoitida ushbu muammolar yanada keskin bo’lib bormoqda.
Keysning maqsadi – talabalarning respublikada aholini ish bilan bandlik holati va mehnat bozori borasidagi bilimlarini chuqurlashtirib ilmiy-amaliy yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu keysni yechimi orqali quyidagi o’quv natijalariga erishiladi:

  • o’rganilgan mavzu bo’yicha bilimlarni mustaxkamlash;

  • respublikada aholini ish bilan bandlik holati va mehnat bozori bo’yicha muammolar o’rganiladi;

  • muammoni guruxlarda va individual holda tahlil etish va qaror qabul qilish bo’yicha ko’nikmalar shakllantiriladi ;

  • mustaqil tahlil etish ko’nikmalariga ega bo’lish;

- mavzu bo’yicha o’quv ma’lumotlarini o’zlashtirish natijalari aniqlanadi .


I. Keys. “Aholini ish bilan bandligining shakllanishi va mohiyati”.
1.1. Aholini ish bilan bandligi tushunchasining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni
Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat odamlarning manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli aholini ish bilan bandligini ta’minlashni ham o’z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o’sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o’ziga xos aholi tarkibiga ega bo’lgan bizning Respublikada ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi.
Aholini ish bilan ta’minlash uning takror ishlab chiqarishi uchun zarur shartdir. CHunki kishilarning turmush darajasi jamiyatning kadrlar tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishga joylashtirish, ishsizlarni moddiy jihatdan qo’llab - quvvatlash uchun sarf qiladigan chiqimlar aholini ish bilan ta’minlanishiga bog’liqdir. Ish bilan bandlik inson ijtimoiy kamolatining eng muhim tomonlaridan birini ochib beradiki, bu uning mehnat sohasidagi va mehnat bilan bog’liq bo’lgan etiyojlarini qondirishga aloqadordir.
Ish bilan bandlik odamlar ish joylari qaerdaligidan qat’iy nazar, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishi yuzasidan o’zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Ish bilan bandlik munosabatlari, mehnatga layoqatli odamlarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko’rsatadi.
Biroq ish bilan bandlik toifasi faqat iqtisodiy komponenti bilan cheklanmaydi. Ish bilan bandlik, avvalo, ijtimoiy munosabatlardir, ya’ni odamlarning jamiyat ichidagi munosabatlaridir, shu bois qandaydir azaliy, bevosita yuzaga kelgan hodisa sifatidagi ijtimoiylik ularning asosiy xususiyati hisoblanadi.
Ish bilan bandlik tushunchasini fuqaroning o’z shaxsiy va jamoat ehtiyojini qondiradigan hamda daromad keltiradigan faoliyati deb tushunish mumkin. Ish bilan bindlikni ijtimoiy, iqtisodiy va demografik jarayonlar tizimida mehnat resurslarini yetishtirishning tabiiy asosi sifatida qarash lozim.
O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash» to’g’risidagi qonunining 2-moddasiga muvofiq: «Ish bilan ta’minlash - fuqarolarning qonun xujjatlariga zid kelmaydigan, o’z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan, ularga ish xaqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatdir»
- Bir xaftada kamida 2 soat mehnatda band bo’lgan, yollanib ishlayotgan, shu jumladan ishni to’liqsiz ish vaqtida xaq evaziga bajarayotgan, shuningdek xaq to’lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega bo’lgan fuqarolar;
- betobligi, mehnat ta’tili, kasbga qayta tayyorlash xamda malaka oshirish joyida ekanligi, ishlab chiqarishni to’xtatib qo’yganligi munosabati bilan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq, boshqa xollarda vaqtinchalik ish joyida bo’lmagan fuqarolar;
- o’zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan fuqarolar, shu jumladan yuridik shaxs tashkil qilmagan xolda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning a’zolari, fermerlar va ular ishida qatnashayotgan oila a’zolari va qarindosh-urug’lari, ijodkorlar;
- ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarishdan
ajralmagan xolda ta’lim olayotganlar;
- qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar va x-k.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq quyidagi sabablarga ko’ra vaqtinchalik ish joyida bo’lmagan fuqarolarning ish joyi saqlanib qoladi va ular ish bilan ta’minlangan deb hisoblanadi:
-davlat va jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtda;
-ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarganda;

  • jamiyat manfaatlariga doir harakatlar kilganda;

  • jamoat ishlarida ishtirok etganda va x.k.

Aholi bandligi xaqida so’z borganda, iqtisodiy faol aholi, jumladan ishlayotganlar va ishsizlar uchun ish bilan ta’minlash maqomini belgilab olish muximdir:

  1. Yollanma xodimlar - bular korxona rahbariyati bilan mehnat faoliyati shartlari bo’yicha tuzilgan shartnoma bo’yicha ishlaydigan shaxslar bo’lib, ular ana shu faoliyat uchun yollanish vaqtida kelishgan ish xaqiga ega bo’ladilar.

Yakka tartib asosida ishlaydiganlar - mustaqil ravishda faoliyat yurituvchi, o’zlariga daromad keltiradigan ish bilan shug’ullanuvchi, faqat qisqa muddatga yollanma xodimlardan foydalanadigan yoki foydalanmaydigan shaxslar.

  1. Ish beruvchilar - o’zining xissadorlik jamiyatini, xo’jalik
    shirkatini va shu kabilarni boshqaradigan yoki buning uchun davlat
    tomonidan vakil qilingan shaxslar. Ish beruvchi o’z funktsiyalarini yollanma
    boshqaruvchiga to’liq yoki qisman topshirib qo’yishi, korxonaning
    muvaffaqiyatli ishlashi uchun javobgarlikni o’zida saqlab qolishi mumkin.

  2. Oilaviy korxonalarning xaq to’lanmaydigan xodimlari -qarindoshiga tegishli bo’lgan oilaviy korxonada xaq olmasdan ishlaydigan xodimlardir.

  3. Ish bilan ta’minlash maqomi bo’yicha tasniflashga to’g’ri kelmaydigan shaxslar - ilgari o’zlariga daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug’ullanmagan shaxslar.

Aholini ish bilan bandligini shakllantirish, ishning turli tarmoqlar, sohalar bo’yicha bandlik yo’nalishlarining belgilash samaradorligini oshiradi. Aholini ish bilan bandligini shakllantirish 1 – rasmda ko’rsatilgan.
Aholi tarkibini o’rganishning amaliy ehtiyoji ish bilan ta’minlashning turlarini ajratib ko’rsatilishi zaruriyatini nazarda tutadi. Masalan: to’liq, oqilona va erkin tanlangan ish bilan bandlik.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish