Qisqacha xulosalar
Mehnatni boshqarish — bu ijtimoiy-mehnat sohasini boshqarishdir, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va munosabatlarning mehnatga oid munosabati ustuvorlik qiladigan soha (mehnatning ijtimoiy va ishlab chiqarish shart-sharoitlariga oid, uning amalga oshirilishi, tashkil etilishi, haq to’lanishi, intizomga oid, mehnat etikasi, mehnat jamoalarining shakllanishi va ishlashiga oid va boshqalar).
Mehnatni boshqarish turlari —mehnatni boshqarishning umumlashtirilgan sifat jihatdan alohida turlari, ularning xarakteri jamiyatdagi boshqaruv xarakteriga, ya’ni pirovard oqibatda—ijtimoiy tuzum xarakteriga muvofiq keladi.
Mehnatni boshqarish metodlari — ijtimoiy mehnat jarayonlari va ularning ishtirokchilariga boshqaruv ta’sirini o’tkazishning printsipial usullari.
Mehnatni boshqarish shakllari —jarayon subyektlari va obyektlari tabiati, ular o’zaro munosabatlari xarakterining aniq amaliy namoyon bo’lishi.
Mehnatni boshqarish darajalari—u yoki bu ijtimoiy-mehnat masalalarini hal qilishda vakolatlarni taqsimlash tizimi.
Takrorlash uchun savollar
1.Mehnatni boshqarish deganda nimani tushunasiz?
2. «Mehnatni boshqarish munosabat sifatida» va «mehnatni boshqarish tizim sifatida» tushunchalari nimasi bilan farq qiladi?
3. Makroiqtisodiy darajada mehnatni boshqarish qanday amalga oshiriladi (ishning tashkil qilinishi, sohalari va usullari)?
4. XMT qanday tuzilmalarga ega?
5. Mehnatni boshqarish davlat darajasida qanday amalga oshiriladi?
6. Mikroiqtisodiy darajada mehnatni boshqarishning qanday kichik tizimlarini bilasiz?
7. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnatni boshqarishdagi rolini gapirib bering.
8. Mehnatni boshqarishning O’zbekiston modeli va uning xususiyatlari qanday?
9. Korxonada, firmada mehnatni boshqarish xizmatlari qanday tashkil qilinadi?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Абдураҳмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти. Дарслик (назария ва амалиёт) –Т.: “Меҳнат”, 2009.
Арсенев Ю.Н., Шелобаев С.И., Давыдова Т.Ю. Управление персоналом. Модели управления. Издателство: Юнити, 2008.
Управление персоналом организатсии: Учебник для вузов (под ред. Кибанова А.Я.) Изд. 3-е, доп., перераб. Издателство: М: Инфра-М, 2008.
Шапиро С.А. Управление человеческими ресурсами: Справочник. Издателцво: М: ГроссМедиа, 2008.
Экономика труда (социалуно-трудовые отношения). Под ред. Н.А. Волгина, Ю.Г. Одегов. М.: «Экзамен», 2006.
Do'stlaringiz bilan baham: |