Me'yoriy ish vaqti - qonun bilan yoki qonun asosida belgilab qo`yilgan muddat mobaynidagi kunlik ish vaqti, ish haftasidan iborat. Bundan ortiq ishlagan vaqt, odatda, ish vaqtidan tashqarida bajarilgan ishlar hisoblanadi. Mehnat kodeksining 15-moddasida korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan xodimlarning normal ish haftasi 40 soatdan kam bo`lmasligi ko`rsatilgan.
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati deganda, xodimlarning mehnatini muhofaza qilish, ishni o`qish bilan olib borish uchun qulay sharoitlar yaratib berish yoshlar va mehnat qobiliyati 43 pasaygan shaxslarni ular sog`lig`iga zarar etkazmagan , mehnatga jalb etish maqsadida normal 40 soatlik ish haftasi o`rniga qonunlarda ko`zda tutilgan qisqartirilgan ish vaqti muddati tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |