Mehnat intizomi va uni rag’batlantirish. - Mehnatni tashkil etishning navbatdagi muhim yo’nalishi intozomdir. Mehnat intizomi-bu, faqat, ish joyiga o’z vaqtida kelish, va bu yerda belgilangan vaqt mobaynida bo’lish emas, balki belgilangan texnologiyaga rioya qilish, mahsulot sifatini, ishlab chiqarishdagi mehnat rejimini ta’minlash, mehnat unumdorligini muayyan darajada saqlashdir. Mehnat intizomi yuzlab va minglab xodimlarni umumiy reja asosida ishlaydigan va umumiy maqsadga intiladigan yagona organizm qilib birlashtiradi. Mehnat intizomisiz har qanday korxonada mehnatni biron-bir maqbul tarzda tashkil etish haqida gap ham bo’lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |