Mehnat sharoitlari deganda ishlab chiqarish jarayonida insonni qurshab turuvchi tashqi muhit tushuniladi. Bu muhit inson organizmiga, uning mehnat faoliyatiga, binobirin, uning ishchanlik qobilyati va mehnat unumdorligiga muhim ta’sir ko’rsatadi. Mehnat sharoitlari ta’sirida organizmning uchta asosiy funktsional holati, yaxni normal, chegaraviy (norma Bilan patalogiya o’rtasidagi) va patalogik holatlar shakllanadi.
Mehnatni tashkil etishda uni normalash katta rol o’ynaydi. Mehnatni normalash eng samarali mehnat usuli va metodlarini tanlashda, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasining eng yaxshi shakllarini, ish joylarini tashkil etish va ularga xizmat ko’rsatishning ratsional tizimini belgilashda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |