Mehnat resurslari va harakat ko’rsatkichlari - Mehnat resurslari mamlakatdagi mehnatga layoqatli ya’ni mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilarni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga (1995 yil 21 dekabr) asosan mehnat qilish yoshidagilar 16 yoshdan, erkaklar – 60 yoshgacha, ayollar esa 55 yoshgacha belgilangan.
- Albatta bu yoshdagi kishilarning barchasini mehnat resursi tarkibiga kiritib bo‘lmaydi, chunki bu yoshdagi I-II guruh nogironlari mehnat qilish qobiliyatiga ega emas. Shu bilan birgalikda 16 yoshga to‘lmagan yoshlar va nafaqaga chiqqan kishilar ham mehnat qilayotgan bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, mehnat resurslari (MR) mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli kishilar, hamda ishlayotgan yoshlar (IYO) va nafaqachilar (IN)dan iboratdir.
- Mehnat resurslari sonini quyidagicha hisoblash mumkin:
MR = MYO – N + IYO + IN. - Bu yerda: MYO – mehnat qilish yoshidagi aholi;
- N – I-II guruh nogironlari.
O‘zbekiston mehnat resurslari bilan yuqori darajada ta’minlangan mamlakat hisoblanadi. Respublikada yoshlar ko‘p bo‘lganligi sababli, ular mehnat yoshiga yetgan sari mehnat resurslari soni yildan – yilga oshib bormoqda. - O‘zbekiston mehnat resurslari bilan yuqori darajada ta’minlangan mamlakat hisoblanadi. Respublikada yoshlar ko‘p bo‘lganligi sababli, ular mehnat yoshiga yetgan sari mehnat resurslari soni yildan – yilga oshib bormoqda.
- Mehnat resurslarini quyidagi belgilari bo‘yicha guruhlab o‘rganish mumkin:
- mulkchilik shakli bo‘yicha;
- xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha;
- ijtimoiy guruhlar bo‘yicha;
- yoshi va jinsi bo‘yicha;
- ma’lumoti bo‘yicha;
- millati bo‘yicha va hokazo.
Aholining ish bilan bandligi va ishsizlar statistikasi - Xalqaro statistik andozalarda iqtisodiy faol aholi tushunchasi bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun ish kuchini (mehnatini) taklif qilishga tayyor kishilardir.
- Iqtisodiy faol aholi xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarida mehnat qilish bilan band bo‘ladi. Lekin turli sabablarga ko‘ra ishlamasdan yurgan iqtisodiy faol aholi bo‘lishi mumkin, ularni ishsizlar deyiladi. Demak iqtisodiy faol aholini ish bilan band va ishsizlar guruhlariga ajratish lozim.
- Ish bilan band aholiga turli mulk shakliga asoslangan (davlat korxona va tashkilotlarida, shirkat va aksioner jamiyatlarda, qo‘shma korxonalarda, dehqon-fermer xo‘jaliklarida va shu kabilar) korxona va tashkilotlarda yollanma ishchi sifatida ishlab mehnat haqqi olayotgan, hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘z xo‘jaliklarida ishlayotgan shaxslar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |