5.3.1-jadval
N
|
Ko‘rsatkichlar
|
Bazis
davr
|
Joriy
davr
|
1
|
O‘rtacha ro‘yxatdagi ishchilar soni
|
900
|
1000
|
2
|
Amalda ishlangan barcha kishi-kunlar soni
|
18000
|
21000
|
3
|
Amalda ishlangan barcha kishi-soatlar soni
|
126000
|
140000
|
4
|
Bir ishchi tomonidan amalda ishlangan kunlar soni(2:1)
|
20
|
21
|
5
|
Ish kunining amaldagi uzunligi, soat (3:2)
|
7,0
|
6,7
|
Ish oyi uzunligidan (kunlar) foydalanish Kt = 21/20 =1,050 yoki 105,0%
Ish kuni uzunligidan (soat) foydalanish Kt = 6,7/7,0 = 0,959 yoki 95,9%
Ish vaqtidan to‘liq foydalanish Kt = 1,05 x 0,959 = 1,008 yoki 100,8%
Demak korxonada ish oyi uzunligidan (kunlar) bo‘yicha foydalanish joriy davrda bazis davrga nisbatan 5,0%ga ortgan, ish kuni uzunligidan (soat) foydalanish 4,1%ga kamaygan. Natijada ish vaqtidan to‘liq foydalanish darajasi joriy davrda bazis davriga nisbatan 0,8% ortgan.
Amaliyotda quyidagi ish vaqti fondlarini bir-biridan ajratish lozim:
Kalendar ish vaqti fondi - korxona barcha xodimlariga to‘g‘ri kelgan kalendar kunlar sonini ifodalaydi va u quyidagicha hisoblanishi mumkin:
o‘rtacha ro‘yhatdagi xodimlar sonini shu davrdagi kalendar kunlar soniga ko‘paytiriladi; yoki
ishga kelgan va kelmagan kishi-kunlar soni qo‘shiladi.
Tabel vaqt fondi - ni aniqlash uchun kalendar vaqt fondidan bayram va dam olish kunlari ayriladi;
Eng ko‘p imkoniyatli ish vaqt fondi - ni aniqlash uchun tabel ish vaqti fondidan navbatdagi mexnat tatili kunlari ayriladi. Bu fond “Mexnat xaqida”gi qonunga asosan foydalanish mumkin bo‘lgan eng katta ish vaqti salohiyatini bildiradi.
Masalan, korxona bo‘yicha mart oyida quyidagi ma’lumotlar berilgan (kishi-kunlarida) xodimlar tomonidan ishlangan kishi-kunlar - 5868; kun bo‘yi to‘xtab turishlar - 200; ishlanmagan kishi-kunlar - 3032, shu jumladan, navbatdagi tatillar - 480; dam olish kunlari - 2400; O‘rtacha ro‘yhatdagi xodimlar soni - 300 kishi; ushbu ma’lumotlar asosida quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash mumkin:
ishga kelgan kishi kunlar soni - ishlangan kishi - kunlar va kun bo‘yi to‘xtab turishlar soni yig‘indisiga teng.
5868+200 =6068 kishi/kuni
kalendar ish vaqti fondi
6068+3032 =9100 kishi/kuni
tabel ish vaqti fondi
9100-2400 =6700 kishi/kuni
maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi
6700-480 =6220 kishi/kuni
may oyidagi kalendar vaqt fondi (agar o‘rtacha ro‘yhatdagi xodimlar soni o‘zgarmay qolsa)
300 x 31 =9300 kishi/kuni
Ishlangan ish vaqti fondi. Ishlangan kishi/soatlar soniga xodimlarning ishlagan barcha soatlari kiritiladi (bayram va dam olish kunlari, hamda odatdan tashqari ishlangan soatlar ham qo‘shiladi). Ammo bunga smenalar ichidagi to‘xtab turishlar, betobligi sababli ishga kelmaslik, mexnat ta’tillari va shunga o‘xshashlar qo‘shilmaydi.
Odatdan tashqari ishlangan vaqtlar - qonunda belgilangandan tashqari vaqtlardagi ish soatlari kiritiladi (bayram va dam olish kunlari, smenadan tashqari ishlangan vaqtlar va h.k.).
To‘langan kishi-soatlar soni - bu xodimlar tomonidan ishlangan kishi-soatlar va ishlanmagan bo‘lsa ham, ammo haqqi to‘langan soatlardan tashkil topadi. Ko‘rsatkichda yillik mexnat tatili vaqti, qo‘shimcha va o‘quv tatillari vaqti, rahbariyat qarori bilan berilgan ta’tillar vaqti, malaka oshirish tizimida o‘tkazilgan vaqt, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga jalb qilingan vaqt, 18 yoshga etmagan o‘smirlar uchun qisqartirilgan ish vaqti kiritiladi, ammo betob bo‘lgan vaqt uchun to‘lovlar ijtimoiy fondlardan to‘langan uchun to‘langan soatlar kiritilmaydi.
Ish vaqti fondlaridan (kalendar, tabel, maksimal imkoniyatli) foydalanish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
K = Amalda ishlangan vaqt Taaluqli vaqt fondi
Bu koeffitsient taaluqli vaqt fondining qancha qismi amalda foydalanilganini ifodalaydi.
Maksimal imkoniyatli vaqt fondi tarkibini o‘rganish uchun ushbu vaqt fondi 100% deb olinadi va quyidagilar necha foizni tashkil etishi aniqlanadi:
1) ishlangan vaqt; 2) uzrli sabablar bilan ish vaqtini yo‘qotish (shu jumladan, ayrim sabablar bo‘yicha); 3) uzrli sabablar bilan ish vaqtini yo‘qotish (shu jumladan, ayrim sabablar bo‘yicha).
Masalan, avvalgi misoldagi ma’lumotlar asosida quyidagilarni aniqlaymiz: amalda ishlangan vaqt, kalendar vaqt fondining 64% ini tashkil etgan (5668/9100 x 100 = 64%); tabel ish vaqti fondining 87,4% (5668/6700 x 100 = 87,4%); maksimal imkoniyatli ish vaqti fondining 94,2% (5668/6220 x 100 = 94,2%) tashkil etgan. Binobarin, bunda ish vaqtini yo‘qotish 3,5%ni, uzurli sabablar bilan yo‘qotish esa 2,2%ni (1336/6220 x 100 = 2,2%) tashkil etgan.
4.Ish vaqti balansi.
Ish vaqtidan foydalanish darajasini tahlili ish vaqti balansi asosida amalga oshiriladi. Ular kishi-kunlari va kishi-soatlarida tuzilib, ikki qismdan iborat bo‘ladi: chap qismida “ish vaqtidan foydalanish” ko‘rsatiladi.
Chap qismi quyidagilardan tashkil topadi:
kalendar vaqt fondi;
bayram va dam olish kunlari;
tabel vaqt fondi;
navbatdagi mexnat tatillari;
maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi.
Ish vaqti resurslarini kishi-soatlarida ifodalash uchun, ko‘rsatkichlarni belgilangan ish vaqti uzunligiga ko‘paytiriladi.
“Ish vaqtidan foydalanish” qi
mida maksimal imkoniyatli ish vaqti fondini tarkibi ko‘rsatiladi va u uch qismdan iborat bo‘ladi: amalda ishlagan ish vaqti fondi, uzurli sabablar bilan ishlamagan vaqt va ish vaqtini yo‘qotish.
Amalda ishlangan ish vaqti fondi - belgilangan rejim asosida ishlangan vaqtni ifodalaydi. Odatdan tashqari ishlangan vaqt (bayram va dam olish kunlari, smenadan tashqari ishlangan)lar balansdan tashqarida ko‘rsatiladi.
Uzrli sabablar bilan yo‘qotishlarga quyidagilar kiradi:
betobligi sababli, yoki betob bolalarni boqish;
o‘quv ta’tillari (sirtqi talabalar uchun, korxona tomonidan yuborilgan o‘qish va malaka oshirishlar va h.k.);
qonun bilan belgilangan ishga kelmasliklar (davlat topshiriqlarini bajarish, masalan, voenkomatga yoki sudga chaqirilishi).
Ish vaqtini yo‘qotuvlariga quyidagilar kiradi:
kun bo‘yi to‘xtab turishlar;
kechikib kelishlar, vaqtli ketishlar;
rahbariyat ruxsati bilan ishga kelmaslik;
yalpi ishga kelmaslik (ish tashlashlar va h.k.)
Balansning o‘ng qismi yuqorida keltirilgan uch bo‘limning yig‘indisidan tashkil topadi va kishi-kunlar va kishi-soatlarda ifodalangan maksimal imkoniyatli ish vaqti fondini bildiradi.
Masalan, avvalgi misolda keltirilganlarni quyidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiramiz: Aprel oyida ishga kelmasliklar (kishi-kunlarida): betobligi sababli - 56, o‘qish tatillari - 20, progullar-4, rahbariyat ruxsati bilan - 12, qonun bo‘yicha ishga kelmaslik - 60.
Do'stlaringiz bilan baham: |