3.2. Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari faoliyatini rivojlantirish istiqbollari
Bozor iqtisodiyotining eng keskin va muhim muammolaridan biri bu – aholining oqilona ish bilan bandligini ta’minlash hisoblanadi.
Mehnat bozorini tartibga solish bu boradagi tashkiliy-huquqiy negizlarni shakllantirish O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidan amalga oshirildi.
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichi vazifalaridan biri esa aholini kichik va xususiy biznesga ko’proq jalb etish, mamlakatda tadbirkorlar va mulkdorlar qatlamini shakllantirish hamda shu orqali aholining ish bilan bandligini ta’minlashga erishishdan iborat bo’ldi.
Mehnat bozorini rivojlantirishning uchinchi bosqichida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutildi:
- ishchi kuchiga talabni oshishi va uning taklifini kamayishiga yo’naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishni ko’paytirish;
ish bilan bandlik xizmati va uning infratuzilmasida qudratli va tez rivojlanuvchi tizimni yaratish;
ishsizlikni yo’l qo’yiladigan darajasigacha qisqartirish;
ish bilan band bo’lmagan mahalliy xodimlarning malakasi, raqobatbardoshligi, ijtimoiy himoyasi va eksportini oshirish, mehnat bozorida ish
67
bilan bandlik va ishsizlikni tartibga solishning samarali tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini yaratish va h.k.51.
Mehnat bozorini rivojlanishining uchinchi bosqichida yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarish ijtimoiy yo’naltirilgan mehnat bozorining shakllanishiga olib keldi.
Hozirgi vaqtda davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligi chegaralangan doiradagi ko’rsatkichlar bilan baholanmoqda. Bunda gap qoida sifatida ish bilan band bo’lganlar haqida emas, balki ish bilan band bo’lmagan aholi haqida borayapti. Ish bilan bandlikni ta’minlash holatini baholashning mezoni ishsizlik darajasining o’zgarishi hisoblanib, agarda u kamaysa – ish bilan bandlik xizmatining faoliyati samarali, agarda u oshsa – samarasiz hisoblanadi. Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholashda asosiy ko’rsatkichlar ishsizlik darajasining o’zgarishi va ishsizlikning davomiyligi bo’lib hisoblangan.
Ishsizlik darajasi va uning davomiyligini pasayishi ish bilan bandlik xizmati faoliyatining muvoffaqiyatli ekanligini, ishsizlik darajasi va davomiyligini turg’unligi yoki o’sishi uning faoliyat samaradorligi pasayishini va salbiy xulosa chiqarish zarurligini ifodalaydi.
Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlarining turli darajalarini o’z ichiga oluvchi va belgilangan, bir-biriga yaqin masalalarni bajarilishini ta’minlovchi funkstional tuzilmalar tuzish zarur.
Shunday qilib, aniq belgilari bo’yicha bir qancha tashkiliy bloklarning o’zaro aloqadorligini o’z ichiga oluvchi tashkiliy tizimlar quyidagilardan iborat bo’lishi kerak:
ishga joylashtirish imkoniyatlarini rivojlantirish, ish bilan bandlik dasturi hamda ishga joylashtirishga kumaklashish bo’yicha tashkiliy tizim;
statistik tadqiqotlar o’tkazish, mehnat bozorini tahlil qilish va istiqbollashtirish va sotsiologik so’rovlar o’tkazish bo’yicha tashkiliy tizim;
Холмўминов Ш.Р. Меҳнат бозори иқтисодиѐти. Ўқув қўлланма. – Тошкент, 2004. – 62-63-б.
68
- ish bilan bandlik xizmatining rivojlanishi, personalni boshqarish, ish bilan bandlikka ko’maklashni moliyalashtirish bo’yicha tashkiliy tizim;
- ixtisoslashgan ish bilan bandlik.
Shayxontohur tumanida mehnat resurslari balansining prognoz ko’rsatkichlari ishlab chiqildi (15-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |