Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar


 Qonun hujjatlarining ushbu fanni o‘qitishdagi roli va ahamiyati



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/185
Sana11.01.2022
Hajmi4,66 Mb.
#348485
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   185
Bog'liq
mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar

1.4. Qonun hujjatlarining ushbu fanni o‘qitishdagi roli va ahamiyati 
 
O‘zbekiston  Respublikasining  “Axborotlashtirish  to‘g‘risida”  gi  (2003-yil 
11-dekabr)  qonuniga  asosan  axborotlashtirish  sohasidagi  davlat  siyosati  axborot 
resurslari,  axborot  texnologiyalari  va  axborot  tizimlarini  rivojlantirish  hamda 
takomillashtirishning  zamonaviy  jahon  tamoyillarini  hisobga  olgan  holda  milliy 
axborot tizimini yaratishga qaratilgan.   
Axborotlashtirish  sohasidagi  davlat  siyosatining  asosiy  yo‘nalishlari 
quyidagilardan iborat: 
-  har  kimning  axborotni  erkin  olish  va  tarqatishga  doir  konstitutsiyaviy 
huquqlarini  amalga  oshirish,  axborot  resurslaridan  erkin  foydalanilishini 
ta’minlash; 
- davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, 
shuningdek  yuridik  hamda  jismoniy  shaxslarning  axborot  tizimlari  asosida 
O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish; 
-  xalqaro  axborot  tarmoqlari  va  Internet  jahon  axborot  tarmog‘idan  erkin 
foydalanish uchun sharoit yaratish; 
-  davlat  axborot  resurslarini  shakllantirish,  axborot  tizimlarini  yaratish 
hamda  rivojlantirish,  ularning  bir-biriga  mosligini  va  o‘zaro  aloqada  ishlashini 
ta’minlash; 
-  axborot  texnologiyalarining  zamonaviy  vositalari  ishlab  chiqarilishini 
tashkil etish; 
-  axborot  resurslari,  xizmatlari  va  axborot  texnologiyalari  bozorini 
shakllantirishga ko‘maklashish; 
- dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‘batlantirish; 
-  tadbirkorlikni  qo‘llab-quvvatlash  va  rag‘batlantirish,  investitsiyalarni  jalb 
etish uchun qulay sharoit yaratish. 
Bundan  tashqari  axborot  resurslari  va  axborot  tizimlarining  huquqiy  rejimi 
quyidagilarni belgilovchi normalar bilan aniqlanadi: 


 
30 
1.
 
Axborotni  hujjatlashtirish,  axborot  resurslarini  shakllantirish  va  axborot 
tizimlarini yaratish tartibi; 
2.
 
Axborot resurslariga va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk huquqi; 
3.
 
Axborot  resurslarining  ulardan  erkin  foydalanish  darajasi  bo‘yicha 
toifasi; 
4.
 
Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish tartibi; 
5.
 
Axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibi. 
Hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda ushbu qonunning 4-bandi juda 
muhim hisoblanadi va bu borada qonunda axborot resurslari va axborot tizimlarini 
muhofaza  qilish  quyidagi  maqsadlarda  amalga  oshiriladi,  deb  quyidagilar  e’tirof 
etilgan:  
-
 
shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash; 
-
 
axborot resurslarining tarqalib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, buzib 
talqin etilishi, to‘sib qo‘yilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha 
tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish; 
-
 
axborotni yo‘q qilish, to‘sib qo‘yish, undan nusxa olish, uni buzib talqin 
etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot 
tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish; 
-
 
axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash. 
Shulardan  kelib  chiqqan  holda  mamlakatimizda  axborotlashtirishga 
qaratilgan  dasturlar  qabul  qilingan.  Shulardan  biri  “Elektron  hukumat”  dasturi 
bo‘lib, uning doirasida davlat reyestriga kiritilgan axborot tizimlari turizm sohasini 
rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, bularga quyidagi veb-saytlarni keltirish mumkin: 
-“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasining
1
 rasmiy internet-sayti  
(http://www.uzbektourism.uz/). 
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va 
savdo vazirligi  (http://mfer.uz/). 
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (http://mfa.uz/). 
- Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali  (http://my.gov.uz/). 
                                                 
1
 Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 


 
31 
–  “O‘zbekiston  havo yo‘llari”  milliy aviakompaniyasining rasmiy internet-
sayti  (https://www.uzairways.com/ ).  
–    “O‘zbekiston  temir  yo‘llari”    aksiyadorlik  jamiyatining  rasmiy  internet-
sayti  (http://www.uzrailway.uz/).  

 
“O‘zbekiston  davlat  statistika  qo‘mitasi”    ning  rasmiy  internet-sayti  
(http://stat.uz/).  
Turizm sohasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar quyidagi qonunlar va 
normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi: 
1.
 
O‘zbekiston  Respublikasining  “Axborot  erkinligi    prinsiplari  va  kafolatlari 
to‘g‘risida” gi (2002-yil 12-dekabr) qonuni.  
2.
 
O‘zbekiston Respublikasining “Turizm  to‘g‘risida” gi (1999-yil 20-avgust) 
qonuni. 
3.
 
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama  to‘g‘risida” gi (1998-yil  
25-dekabr) qonuni. 
4.
 
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish   
to‘g‘risida” gi (1996-yil 26-aprel) qonuni. 
Turizm  sohasida  yuzaga  keladigan    munosabatlarda  axborotga  bo‘lgan 
ehtiyojni  qondirishga  qaratilgan  faoliyatni    tartibga  solishda  quyidagi  tamoyillar 
asos qilib olingan: 
-
 
axborot bilan ishlashda erkinlik; 
-
 
axborotni cheklash faqatgina qonun bilan belgilab qo‘yiladi; 
-
 
davlat organlari axborotlari bilan ishlashning ochiqligi;  
-
 
axborot xavfsizligini ta’minlashda ma’sulligi;  
-
 
axborotlarning haqqoniyligini va o‘z vaqtida yetkazib berishni 
ta’minlash;  
-
 
inson huquqlarini buzishga qaratilgan axborotlarni to‘plash va tarqatishga 
yo‘l qo‘ymaslik. 
Ushbu  tamoyillar  bevosita      O‘zbekiston  Respublikasining  “Axborot-
lashtirish  to‘g‘risida”  gi  2003-yil  11-  dekabrdgi  qonuni  va    “Axborot  erkinligi  
prinsiplari  va  kafolatlari  to‘g‘risida”  gi  (2002-yil  12-dekabr)  qonunlaridan  kelib 


 
32 
chiqadi.  Ikkinchi      qonunning  6-moddasida    maxfiy  axborotdan  tashqari  barcha 
axborotlar  ochiq  va  oshkora  bo‘lishi  kerakligi  ta’kidlab  o‘tilgan.  Bularga   
quyidagilar kiradi: 
-
 
fuqarolarning  huquq  va  erkinliklari,  ularni  ro‘yobga  chiqarish  tartibi 
to‘g‘risidagi,  shuningdek  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari, 
fuqarolarning  o‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari,  jamoat  birlashmalari  va 
boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi 
qonun hujjatlari; 
-
 
ekologik, 
meteorologik, 
demografik, 
sanitariya-epidemiologik, 
favqulodda  vaziyatlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  hamda  aholining,  aholi 
punktlarining,  ishlab  chiqarish  obyektlari  va  kommunikatsiyalarning 
xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlar; 
-
 
kutubxonalarning,  arxivlarning  va  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida 
faoliyat  ko‘rsatayotgan  yuridik  shaxslarga  tegishli  axborot  tizimlarining 
ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar. 
-
 
davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari,  fuqarolarning  o‘zini-o‘zi 
boshqarish  organlari,  jamoat  birlashmalari  va  boshqa  nodavlat  notijorat 
tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqealar, faktlar, hodisalar va 
jarayonlar  to‘g‘risida  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  ommaviy 
axborot vositalariga xabar berishi shart. 
Bundan  tashqari  ushbu  qonun  bilan  axborotdan  hamma  erkin  foydalanishi 
mumkinligi ta’minlanishi   va haqqoniy bo‘lishi  belgilab berilgan. O‘z navbatida 
qonunda    axborotni  buzib  talqin  etish  va  soxtalashtirish  taqiqlangan.  Shu  bilan 
birga    ommaviy  axborot  vositalari  o‘zlari  tarqatayotgan  axborotning  haqqoniyligi 
uchun  ham  axborot  manbai  va  muallifi  bilan  birgalikda  qonunda  belgilangan 
tartibda javobgar bo‘lishi  qayd qilingan. 
O‘zbekiston Respublikasining “Turizm  to‘g‘risida” gi (1999-yil 20-avgust) 
qonuniga  asosan  turistning  huquqlaridan  biri  bu

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish