5-bob
Taqdimotlar yaratish dasturiy vositalari.
Multimedia texnologiyasi.
Virtual sayohat, muzey, mehmonxona.
Axborotiy ma’lumotnomalar tizimi.
Elektron katalog.
Gipermatn texnologiyasi.
HTML tili haqida.
Veb-sahifa yaratish asoslari.
Veb-sahifani Internetda joylashtirish texnologiyasi.
Tayanch so‘z va iboralar
Nazorat savollari
Test savollari
Foydalanilgan adabiyotlar
162
1. Taqdimotlar yaratish dasturiy vositalari
Biz har kuni odamlar bilan muloqot qilamiz, ma’lumotlar almashamiz.
Ma’lumotlar almashganda, masalan ovoz, sxemalar, rasmlar, chizmalar yordamida
bo‘lishi mumkin.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, taqdim etilayotgan ma’lumotlar majmuasi
matn, rasm, sxema, grafiklar, ovozli, videofayllar ko‘rinishida bo‘lsa, eshituvchi
yoki kuzatuvchi uchun tushunarli, qulay va oson bo‘ladi.
Bir obyektni qisman, faqat matn ko‘rinishida tushuntirib bo‘lmaydi. Shu
sababli, ma’lum bir obyekt haqida umumiy ma’lumotlarni taqdim etish uchun har
xil uslubdagi namoyishlarni qulay hamda osonlashtirish maqsadida elektron
taqdimot yaratilgan.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida, rasmiy uchrashuvlarda, reklamalar va har xil
turdagi yig‘ilishdagi taqdimotlar keng qamrovli va amaliy jihatdan hammabopdir.
Yaratilayotgan taqdimot mazmunli, tushunarli bo‘lishi uchun unda grafik-
lardan, sxemalardan, audiofayllardan va videofayllardan foydalanilgan holda
chiroyli so‘zlar bilan va unga qo‘shimcha namoyish effekti sifatida musiqani
tashkil qilib, namoyishni o‘tkazish mumkin.
Taqdimot uchun yuqorida aytilgan barcha jihatlarni birlashtirib, yagona
elektron faylga aylantirsak, faylni ekranga berish yoki proyektor yordamida katta
auditoriyalarda taqdimotni ko‘rish mumkin.
Bu bilan taqdimotni bir kishini boshqarib o‘tkazish uchun emas, balki katta
hajmdagi ishlar, shu jumladan qog‘ozga bosma ishlari, suratga olish, diskka yoki
kassetaga yozish ishlariga barham berildi. Taqdimot jarayoni faylga jamlangan
bo‘lib, ekranga uzatilganda ma’lumotlarni sezilarli darajada tushunish osonlashadi.
Microsoft PowerPoint dasturi juda ixcham va shu bilan birgalikda oddiy
dastur bo‘lib, yaratilayotgan elektron taqdimotning asosidir.
163
Microsoft PowerPoint yangi turlari vujudga kelishi bilan foydalanuvchilarga
yanada ko‘proq imkoniyatlarni yaratadi.
Microsoft PowerPointning boshqa dasturlar bilan interfeysi maksimal
darajada bo‘lib, bu dasturning funksionaliga biriktirilgan.
Foydalanuvchi bu dasturni tez o‘zlashtiradi va samarali elektron taqdimotni
yaratadi. Dasturning katta yutuqlaridan biri katta ko‘lamdagi fayllar majmuasini
yagona faylga keltirib, taqdimotga tayyorlaydi. Buning natijasida bu dastur ixcham
va tezkor taqdimot darajasiga ko‘tariladi.
Microsoft
PowerPoint
mavjud
uskunalar
yordamida
ma’lumotlar
qo‘shimcha bejirim ko‘rk berish mumkin. Bu holat kuzatuvchilarda katta taassurot
hosil qilib, berilayotgan ma’lumotlarning asosiy maqsadini va mazmunini oson
tushunish imkonini beradi.
Microsoft PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimotni bevosita internet
tarmog‘i orqali ham ko‘rish imkoniyati bor.
Taqdimot – bu slaydlar deb atalmish bir - biri bilan almashib kelayotgan
kadrlardan (slaydlardan) tashkil topgan.
Taqdimot
— bu slaydlar va maxsus effektlar (animatsiya, audio va video
tasmalar, interfaol elementlar ) to‘plamidir.
Slayd – Microsoft PowerPoint dasturining asosiy ishchi sohasi bo‘lib, bu har
xil tipdagi ma’lumotlar (matnli, rasmli, grafikli, audio, video va h.k.) bilan
ishlashga mo‘ljallangan.
Slaydlararo jarayonlarda turli xil yo‘nalishlar, holatlar mavjud bo‘lib, ular
avtomatik yoki foydalanuvchi tomonidan belgilanadi.
Slaydlar mantiqiy bog‘langan va yagona mavzu doirasida tuziladi va
umumiy shablon asosida yaratiladi.
Taqdimot yaratishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur.
1)Taqdimotning tarkibi aniq belgilangan bo‘lishi shart:
•
Titul (mavzu, muallif );
•
Slaydlarning yagona formati ( stil, ranglar);
•
Kolontitulni shakllantirish (sana, slayd nomeri);
164
•
Xulosa;
•
Adabiyotlar;
•
Mustaqil ish topshiriqlari.
2)
Taqdimotdagi matnga qo‘yiladigan talablar yagona bo‘lishi kerak:
•
Slayd sarlavhalari diqqatni jalb qilishi kerak;
•
Ma’lumotlarni gorizontal joylashtirish;
•
Fon va matn ranglari o
‘
zaro farq qilishi shart;
•
Sarlavha shriftlari kamida 24 pt o‘lchamda bo‘lishi kerak;
•
Axborotlar uchun shriftlar kamida 18 pt o‘lchamda bo‘lishi kerak.
3) Axborotlarni qabul qilish darajasini inobatga olish zarur:
Do'stlaringiz bilan baham: |