Mehmonxona va ovqatlantirish



Download 63,97 Kb.
bet7/8
Sana19.02.2022
Hajmi63,97 Kb.
#459094
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
RAJABALIYEV KAMRON TURIZMDA TRANSPORT JOYLASHTIRISH OVQATLANTIRISH VA MARSHRUTDAGI EKSKURSIYA XIZMATLARI

Hisoblash markazi. «O‘zbekiston Temiryo‘llari» DATK hisoblash markazi 1973-yilda yaratilgan va eng zamonaviy hisoblash mashinalari bilan jihozlangan. Ularning yordamida yuklarni tashish, moliyaviy, statistik ma’lumotlarni qayta ishlash va magistral iqtisodiyoti ishlarini boshqarishda murakkab vazifalar bajariladi. «O‘zbekiston Temiryo‘llari» DATK Hisoblash markazi MDX mamlakatlari, Latviya, Litva va Estoniya bo‘ylab hisob-kitob ishlarini bajaradi.
Yagona dispecherlik markazi. Poyezdlar harakatini boshqarish yagona dispecherlik markazdan amalga oshiriladi. Bu magistraldan foydalanish ishlarini tezkor tashkil etish, lokomotiv va vagonlar parki holati ustidan nazorat o‘rnatish imkonini beradi. Markaz shunda tashishni operativ boshqarish avtomat tizimi
(OBAS) ma’lumotlaridan foydalanadi. Poyezd dispecheri har bir ishchi o‘rni terminal bilan jihozlangan.
Zamonaviy hisoblash texnikasi, shuningdek, dispecherlikni markazlashtirish sifatida parklar va stansiyalar, peregonlar, dispecherlik uchastkalarini kuzatib turish, jadvallar asosida poyezdlar harakatini tartibga solish, poyezdlarga yo‘l berish, o‘tkazib yuborish signallari, strelkalarni boshqarish uchun ham qo‘llanilmoqda.

Xulosa


Turist-avvalo dam oluvchi bo‘lib, unga ko‘rsatiladigan xizmatlar iste’mol- chisi ekanligini unutmasligimiz lozim. Bular nafaqat avtomobil yo‘llari, shuningdek, temir yo‘llarga ham taa’luqlidir. Vokzal va poyezd relslaridan tortib, uning ichidagi kommunikatsiya va muxandislik tarmoqlarining barchasi - turizm infratuzilmasining tarkibiy bir qismi xolos. Nafaqat avtomobil yoki temir yo‘llar, xatto turistlar uchun maxsus ajratilgan yo‘llar ham talab darajasida bo‘lmog‘i kerak.
Mehmonxona va shunga tenglashtirilgan joylardagi kommunikatsiya va muxandislik tarmoqlarida ham muammolar bo‘lmasligi turizm sohasining yangi pog‘onalarga ko‘tarilishida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Bir tasavvur qilib ko‘raylik: issiqlik tarmog‘i ishlamaydigan, elektr tarmog‘i past, kanalizatsiya tarmog‘i bo‘lmagan yoki ichimlik suvi talab darajada bo‘lmagan mehmonxonalarda turistning bo‘lishi, bular va boshqalar turizm sohasining rivojlanishidagi kechiktirib bulmas va tezda xal qilinishi zarur bo‘lgan muammolardir. Ayniqsa, olis, tog‘li joylar, yo‘l trassalari kabi hududlarda bu muammolarni hal etish katta kapital mablag‘ talab qiladi. Hozir respublikamizning avtomobillar qatnaydigan trassalarida shoh bekatlarning ahvoli xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatadigan darajada emas. Turist tezda hojatini chiqarib oladigan yoki zarur tibbiy yordam beriladigan ob’ektlarning yo‘qligi, achchiq bo‘lsa ham aytish kerak: turistlar xojatxonalari-yu boshqa karvonsaroylar qurilishi zamon talabi darajasida emas.
Turizm infratuzilmasini zamonaviy kompyuter xizmatisiz tasavvur etish qiyin. Tezkor axborot va so‘zlashuv, yangiliklardan xabardorlik turizmning yana bir jihatidir. Hozirgi turist internet, faks va boshqa zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishi turizm infratuzilmasini qay darajada ekanligidan yana bir nishonadir. Zamonaviy elektron vositalari, shu jumladan, turistlik xizmatlar turistlik markazlar haqidagi ma’lumotlar joylashgan millionlab saytlarga ega bo‘lgan internet
tarmoqlari nafaqat sayohat va turistlik agentliklarni tanlash, xattoki, tur sayohatning chiptalari, xizmatlar uchun to‘lovlarni ham oldindan tayinlab qo‘yish mumkin. Turizm tashkilotchilari axborot xizmatidan keng ko‘lamda foydalanadilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim ham mehmonxonalarni besh toifaga: «bir yulduzli», «ikki yulduzli», «uch yulduzli», «to‘rt yulduzli», «besh yulduzli» toifalarga ajratishni nazarda tutadi. Bu toifalarni maxsus komissiya ballar bo‘yicha baholash asosida belgilaydi. Ma’lum toifa mehmonxonalariga tizim tomonidan qo‘yilgan talablar ballarda baholanadi. Bunda har bir band bo‘yicha mumkin bo‘lgan maksimal baho belgilanadi.
Turizm faoliyat turi sifatida turistlarni doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi bilan uzviy bog‘langan va turgan gap, uni transport ta’minotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Transport ta’minoti turistik infratuzilmaning muhim elementi hisoblanadi va turistik mahsulotlar tarkibiga kiritilgan asosiy kompleks xizmatlarni tashkil qiladi. Transport korxonalari turizm tizimini shakllantiruvchi turistik korxonalarning alohida ko‘rinishlari sifatida qarab chiqiladi.

Download 63,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish