Turizm infratuzilmasi va uning mohiyati.
Turizm infratuzilmasi tushunchasi- turistlarning turistlik zaxiralaridan bemalol foydalanishini ta’minlovchi binolar tizimi, muxandislik va kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan yo‘llar, turizmning turli xizmat ko‘rsatish korxonalari va ularni kerakli darajada ishlatish va ta’minlash tushuniladi.
Bu avtomobil va temir yo‘llar, yo‘l harakatini, havo yo‘llarini, dengiz va daryo yo‘lari harakatini tartibga soluvchi, issiqlik, elektr va telefon aloqalari bilan ta’minlash va boshqa kommunikatsiya tizimlardir. Ma’lumki, turizm sohasida turistlik resurslari, yani tabiiy-iqlim, tarixiy-madaniy, ma’rifiy, ijtimoiy-maishiy turizm ob’ektlari bo‘lgan hududlarda kerakli infratuzilmani yaratish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Yo‘l qurilishi sohasini olib ko‘raylik. Albatta sayyohlar oddiy yo‘lovchilar emas. Yo‘llarning ravonligiga qarab ham sayyohlar oqimining oshishi yoki kamayishi mumkin. Yo‘llar, bozorlar mamlakatning iqtisodiy va madaniy ahvoli qay darajada rivojlanganidan dalolat beradi.
Turist-avvalo dam oluvchi bo‘lib, unga ko‘rsatiladigan xizmatlar iste’mol- chisi ekanligini unutmasligimiz lozim. Bular nafaqat avtomobil yo‘llari, shuningdek, temir yo‘llarga ham taa’luqlidir. Vokzal va poyezd relslaridan tortib, uning ichidagi kommunikatsiya va muxandislik tarmoqlarining barchasi - turizm infratuzilmasining tarkibiy bir qismi xolos. Nafaqat avtomobil yoki temir yo‘llar, xatto turistlar uchun maxsus ajratilgan yo‘llar ham talab darajasida bo‘lmog‘i kerak.
Mehmonxona va shunga tenglashtirilgan joylardagi kommunikatsiya va muxandislik tarmoqlarida ham muammolar bo‘lmasligi turizm sohasining yangi pog‘onalarga ko‘tarilishida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Bir tasavvur qilib ko‘raylik: issiqlik tarmog‘i ishlamaydigan, elektr tarmog‘i past, kanalizatsiya tarmog‘i bo‘lmagan yoki ichimlik suvi talab darajada bo‘lmagan mehmonxonalarda turistning bo‘lishi, bular va boshqalar turizm sohasining rivojlanishidagi kechiktirib bulmas va tezda xal qilinishi zarur bo‘lgan
muammolardir. Ayniqsa, olis, tog‘li joylar, yo‘l trassalari kabi hududlarda bu muammolarni hal etish katta kapital mablag‘ talab qiladi. Hozir respublikamizning avtomobillar qatnaydigan trassalarida shoh bekatlarning ahvoli xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatadigan darajada emas. Turist tezda hojatini chiqarib oladigan yoki zarur tibbiy yordam beriladigan ob’ektlarning yo‘qligi, achchiq bo‘lsa ham aytish kerak: turistlar xojatxonalari-yu boshqa karvonsaroylar qurilishi zamon talabi darajasida emas.
Bir vaqtlar Buyuk ipak yo‘li o‘tgan joylardagi muhim maskanlarda karvonsaroylar bo‘lgan. Karvonsaroylar savdo karvonlari uchun hozirgi vaqtlardagi mehmonxonalar xo‘jaligi vazifasini o‘tagan. Unda karvonlar va savdogarlar tunaydigan xonalardan tortib, ichimlik suvi, ovqatlanish xizmati va boshqa xizmatlar (tabiblar, mashshoqlar, qo‘riqchilar) o‘z joyiga qo‘yilgan. Yurtimiz ko‘hna tarix va madaniyatga ega. Hozirda kanalizatsiya deb ataluvchi tarmoq bundan uch ming yil avval xizmat ko‘rsatganligini isbotlovchi dalillarni arxeologiya sohasi olimlarimiz tadqiqot ishlarida ko‘rsatib berishgan. Bu esa kommunikatsiya tarmoqlari, ichimlik suvi (sardobalar) maxsus quvurlar kulolchilik mahsulotlari sopol quvurlar orqali olib kelingan-ligidan daloldatdir. Mana shunday tarixiy, an’anaviy merosimizni yana tiklash, zamonaviy holatga keltirish ham bugungi kuning dolzarb masalasidir.
Hozirgi paytda turizm infratuzilmasida bank va moliyaviy tashkilotlar - xizmatlarning o‘rni alohida. Turistlar sayohatda va dam olishda xilma-xil xizmat turlaridan foydalanishni xoxlaydilar. Ya’ni, o‘z xohishi bo‘yicha biror narsa sotib olishni istashadi. Bunda ular ko‘ngil ochish uchun har kuni ko‘p miqdorda pul sarflashadi. Pulni ayniqsa, katta miqdordagi pulni ko‘tarib yurish, turistlarga noqulaylik va qiyinchiliklar tug‘diradi. Turistlarning katta miqdorda pulni olib yurishi o‘g‘rilarni, qaroqchi va tovlamachilarni va har-xil turdagi jinoyatchilarni jinoiy harakat qilishlariga olib keladi. Turizm sohasi tashkil topishi bilanoq, to‘g‘rilanishi va tartibga olinishi mumkin bo‘lgan xavfsiz pul bilan ta’minlash muammosi paydo bo‘ldi.
Dastlab Tomas Kuk turizmni tashkil etishdagi ushbu muammoni hal etish
bilan shug‘ullangan va turistlik faoliyatni tashkil etishning hamma tomonlarini o‘rganib chiqqan. Natijada, u yo‘l cheklarini ixtiro qilgan. Bu xavfsiz pul tizimi turizm maqsadida yaratilgan bo‘lib, uni butun dunyo banklarida bemalol mahalliy valyutaga almashtirish mumkin bo‘lgan. Bir qancha vaqt o‘tib, bu tashabbusni Amerikan Ekspress firmasi o‘ziga qabul qildi. Turizm sohasidagi bu ikki gigant sug‘urta moliyaviy xizmatlar bo‘yicha yetakchi korxonalarga aylandi. Keyinroq, plastik kartalar ixtiro qilindi. Viza, Amex, Diner Klub kabi dunyo miqyosidagi to‘lov tizimlari yaratildi. Ushbu to‘lov usullarining qo‘llanilishi bilan turistlarning o‘zlari bilan katta miqdorda pul olib yurishlari cheklandi. Barcha do‘konlar, restoranlar va boshqa turistlik markazlarning korxonalari kartalar bo‘yicha naqd pulsiz to‘lovlar qabul qila boshladilar.
Axborot xizmati ham turizm infratuzilmasida turistlarga ham va uning tashkilotchilariga ham juda zarurdir. Turist sayohatga tayyorlanayotganda hamda sayohat vaqtida o‘zi boradigan joy haqida o‘sha mamlakat yoki boradigan hududning qonun-qoidalari, odatlari, mexmondo‘stligi haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarga, shuningdek, o‘sha joyning haritasiga, transport magistrallari sxemasiga muhtoj bo‘ladi. Sayohat va turistlarning sarguzashtlari haqidagi ma’lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko‘rinishida chop etiladi va bu holat turistlarni sayohat qilishga chorlaydi. Zamonaviy turizmda bo‘lajak turistlarga bepul tarqatiladigan axborotlarni rang-barang ko‘rinishida chop etishga e’tibor qaratiladi. Turizm sohasi boshqa sohalarga qaraganda 3-5 marta ko‘p reklama qiladi. Hamma yirik turistlik markazlar turistlar va turizm xizmatlari uchun axborot CD ROM disklarini chop etadi.
Turizm infratuzilmasini zamonaviy kompyuter xizmatisiz tasavvur etish qiyin. Tezkor axborot va so‘zlashuv, yangiliklardan xabardorlik turizmning yana bir jihatidir. Hozirgi turist internet, faks va boshqa zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishi turizm infratuzilmasini qay darajada ekanligidan yana bir nishonadir. Zamonaviy elektron vositalari, shu jumladan, turistlik xizmatlar turistlik markazlar haqidagi ma’lumotlar joylashgan millionlab saytlarga ega bo‘lgan internet tarmoqlari nafaqat sayohat va turistlik agentliklarni tanlash, xattoki, tur
sayohatning chiptalari, xizmatlar uchun to‘lovlarni ham oldindan tayinlab qo‘yish mumkin. Turizm tashkilotchilari axborot xizmatidan keng ko‘lamda foydalanadilar. Ular ham turistlik mahsulotni tashkil etayotganida maxsus yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rganadilar. Kolumbs Press nashriyotida har ikki yilda qayta chop etiladigan dunyoga mashhur yo‘l ko‘rsatkich Vorld Travel Guide da 200 mamlakatning sxemalarini turistlik markazlarning va agentliklarning har xil kataloglari mamlakat va butun dunyo bo‘yicha transportning harakat jadvali chop etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |