Globalizatsiya - Markaziy telekanallar orqali shu mavzuda namoyish etil-gan ko‘rsatuvlardan birida internet tarmog‘ida tarqalib ketgan bir videorolik dunyo xalqlari yoshlari o‘rtasida katta shov-shuvga sabab bo‘lganligi haqida aytiladi.
- Ekstremistik guruhlardan birining to‘daboshisi o‘zi o‘ldirgan kishining tanasini yorib, uning a’zolarini sug‘urib oladi va og‘ziga solib, vahshiy hayvonday namoyishkorona chaynay boshlaydi.
Bugun internet kafelarni to‘ldirib o‘tirgan bola yoshidagi farzandlarimizni ham yangidan-yangi, jozibador va rang-barang on-layn o‘yinlari asiriga aylanib, ertaga tom ma’nodagi “o‘rgimchak to‘ri”ga tushib qolishdan ehtiyot qilishimiz lozim. Ular “ekshn” (inglizcha “astion”–harakat) jangari sahnalar, mushtlashuv va otishmalarga boyligi bilan bolaning g‘o‘r ruhiyatiga oson yo‘l topadi.
- Natijada bola soatlab, hatto kun bo‘yi bu o‘yinlardan o‘zini ajratolmaydi. Ularda tez-tez takrorlanadigan “fight”– “Jang qil!”, “ survival”– “yashash uchun kurash!”, “ horror”– “qo‘rquv, vahima” ma’nolarini anglatuvchi va shu so‘zlar ma’nosiga hamohang qonli, vahshiyona o‘yinlar murg‘ak qalblarda mehr-shafqat, rahm qilish hislarini, go‘zallikka, ezgulikka oshnolik tuyg‘ularini o‘ldiradi, xudbinlashtiradi.
- Yoshlar ongini egallashga urinayotgan mafkuraviy xurujlarga qarshi kurashish, “ommaviy madaniyat” tahdidi va tajovuzidan himoya qilish masalasi doimo davlatimizning diqqat markazida bo‘lgan. 2010 yil 17 mayda O‘zbekiston Respublikasi MJTKga qo‘shimchalar kiritilib, turli ko‘ngilochar jamoa joylari: klublar, barlar, restoranlar, kafelar va diskoteka zallari, kompyuter va internet xizmati ko‘rsatish xonalari mas’ullariga voyaga yetmagan yoshlarning tungi soatlarda ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar kuzatuvisiz ishtirok etishiga yo‘l qo‘yganliklari uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.
2010 yil 29 sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazorat-sizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qo-nunning qabul qilinishi bilan esa davlat organlari, muassasalari va jamoat tashkilotlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazorat-sizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir mas’uliyati yanada oshirildi. - 2010 yil 29 sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazorat-sizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qo-nunning qabul qilinishi bilan esa davlat organlari, muassasalari va jamoat tashkilotlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazorat-sizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir mas’uliyati yanada oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |