Мбт педагогика мажмуа 2020 21 Йил лотинча docx


Umumiy pedagogikaning ob’ekti, predmeti va tuziliShi



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/506
Sana27.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#413337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   506
Bog'liq
PED

Umumiy pedagogikaning ob’ekti, predmeti va tuziliShi
“Ta’lim-insonlarga yaxShiroq hayot tarzi va mavqe imkoniyatlarini beradi. Odamlarning
bo‘Sh vaqtlarini mazmunli o‘tkaziShlariga yordam beradi. Odamlarga o‘zlari va dunyoni
tuShuniShdagi bilimini oShiradi. Odamlardagi bag‘rikenglikni Shakllantiradi. YOShlarning
hayotga va dunyoga bo‘lgan qaraShini ShakllantiriShga yordam beradi. Millatni rivojlantiriShga
yordam beradi”
1
-deydi amerikalik pedagog olim A.Muur.
Insoniyat tarixiga nazar taShlar ekanmiz, har bir bolaning onadan dunyoga keliShi, faqat
tug‘iliShidan iborat tabiiy biologik jarayon emas, balki u ma’lum qobiliyat kurtaklari bilan
tug‘uladi. Lekin u inson Shaxs sifatida oilada, Shuningdek turli jamoalardagi faoliyat ijtimoiy
munosabatlar orqali Shakllanadi.
Jamiyat rivojlangani sari etuk, barkaol Shaxni tarbiyalab etiShtiriSh
ehtiyoji ham ortib
boradi. SHu sababli ta’lim va tarbiya jarayoni ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qaraladi.
Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksaliShini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya,
ma’naviyat va ma’rifat kabi tuShunchalar mavjud bo‘lib, ular pedagogika fanidagi o‘zgariShlarni
jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda atroflicha o‘rganiShni tavozo etadi.
Tarbiya-ijtimoiy xodisa. U kiShilik jamiyati paydo bo‘lgan davrdan beri mavjud.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalarida, ya’ni ibtidoiy jamoa tuzumi davrida
odamlar insonning kamoloti to‘g‘risidagi g‘oyalarini juda ko‘p rivoyatlardan foydalanib baxShilik
yo‘li orqali avloddan-avlodlarga etkazganlar,
E. E. Bertel’s mazkur rivoyatlarda, kiShilarni tarbiyalaSh, axloqiy barkamollik, Shaxsning
ma’naviy yuksakligi masalalari asosiy o‘rin olganini ta’kidlagan.
Shuningdek, ayrim tadqiqotlarda ibtidoiy davrda insonlar tarbiyaning ta’sir kuchi orqali
to‘g‘ri hayot kechirganligi madaniyat va san’at sohasida ham misli ko‘rilmagan kaShfiyotlar yuzaga
kelgani qayd etilgan.
Grek tarixchisi Gerodot (er. Av. V asr) “Tarix” kitobida yoziShicha, Markaziy Osiyoning
ibtidoiy jamoa tuzumi Sharoitida yaShagan xalqlari asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan
Shug‘ullangan. Ularda nikoh munosabatlarining umumiy (tartibsiz) Shakli hukmron bo‘lgan.
Oilaning guruhli Shakllarida bolaning otasi noma’lum bo‘lsa ham, lekin onasining kim ekanligi
ma’lum bo‘lgan va Shu sababdan bolaning tarbiyasi ona zimmasiga yuklatilgan. Asta-sekin
odamlarning ijtimoiy ong faoliyatining takomillaShuvi, xususiy mulkning dastlabki kurtaklarining
paydo bo‘liShi-yakka tartibdagi oilalarni vujudga keltirgan.
YAkka oila paydo bo‘lgandan so‘ng mehnat tarbiyaning eng asosiy quroliga aylangan.
Qadimgi eron qabilalarida mis va temirdan uy-ro‘zg‘or buyumlari yasala boShlangan. Ana Shu
mehnat jarayonida bolalar ham iShtirok etardi. Ibtidoiy davrdagi tarbiya asosan oilada, jamoa va
mehnat maskanlarida kiShilar ortirgan tajribalarni bolalarga o‘rgatiShdan iborat bo‘lardi.Bolalarga
o‘rgatiladigan kundalik mehnat malakalari ularni yaShaSh uchun kuraShiShga tayyorlar, aql-
idrokli, odobli bo‘lib o‘siShlariga xizmat qilardi. Ming yillar mobaynida moddiy ne’matlar yaratiSh
uchun hamkorlikda qilingan mehnat kiShilar o‘rtasidagi axloq-odob munosabatlarining me’yorini
keltirib chiqardi. Qadimgi odamlar tafakkurining ojizligi sababli o‘z aql-idroklariga iShonch hosil
qiliSh uchun samoga sig‘ina boShlaganlar.
1
Алекс
Муур

Таълим
бериш
ва
таълим
олиш

педагогика

таълим
дастури
ва
тарбия
.
Рутледж

Иккинчи
нашр
. 2012. 35-
бет


6
Ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi kiShilar mehnat jarayonida, borliqdagi narsalar va
xodisalarga munosabatlari asosida o‘z dunyoqaraShlari va aqidalariga tayanib xalq og‘zaki ijodi
asarlarni yaratganlar. Ularning bir-biriga, atrof-muhitga, kasb-koriga munosabat borasidagi ilk fikr
va tasavvurlar, mifologik asarlar timsoli bo‘lmiSh-“Avesto”da ifodalangan Mitra, Anaxita,
Ardivissura, Varaxrana, Yima singari ma’buda va ma’budlar siymosi orqali ajdodlarimiz insonlarga
yaxShilik qiliSh, erlarni obod va serhosil qiliSh, ekin ekiSh, daraxtlarni o‘stiriSh uchun jamoa
harakati xususidagi mulohazalarni mujassamlaShtirganlar.
Quldorlik tuzumi davrida va feodalizmning boShlarida yaratilgan “To‘maris”, “SHiroq”, “Er
hubbi”, “CHistoniyali bekk”, “GerShasb”, “SiyovuSh”, “Rustam” singari qator afsona va
qahramonlik dostonlarida mehnatsevarlik, halollik, vatanparvarlik, mustahkam e’tiqodlilik, el-yurt
manfaati uchun fidoiylik kabi ijobiy fazilatlar tarannum etilgan va ana Shunday fazilatlarga ega
bo‘liSh zarurligi haqidagi g‘oyalar targ‘ib va taShviq qilingan. Muhimi Shuki, mazkur asarlarda
insonni yoShligidan aqliy va jismoniy jihatdan tarbiyalab, sabot-matonatli, xalq udumlariga,
ajdodlar an’anasiga bo‘y sunadigan, axloqan pok qilib kamol toptiriSh masalalariga alohida e’tibor
berilgan. Qadimgi xalq og‘zaki ijodi namunalarining, Shu jumladan “SiyovuSh”, “Zarina va
Stringey”, “Sparstra” dostonlarining qimmati, tarbiyaviy ahamiyatini maShhur SharqShunoslardan
E. E. Bertel’s, S. P. Tolstov, I. S. Baraginskiy, V. Snesarev, professor N. M. Mallaev va
boShqalarning asarlarida alohida ta’riflangan. Haqiqatdan, o‘zbek xalq pedagogikasining ilk
kurtaklari mazkur manbalarda ko‘zga taShlanadi. Xalq pedagogikasidagi ta’lim va tarbiyaga doir
fikrlar Markaziy Osiyodagi barcha turkiy xalqlar uchun muShtarak lirik She’rlar va qo‘Shiqlarda
yaxShi ifodalangan.
Qadimgi YUnonistonda mifologiya va xalq og‘zaki ijodiyoti nihoyatda rivojlangan. BaxShilar
qadimgi grek an’analarini uzluksiz davom ettirganlar, turli afsonalarga kuylar bastalab bahodir va
qahramonlarning madhini kuylar edilar. Gomer qadimgi grek afsonalari asosida ikkita doston
yaratgan. “Iliada”, “Odesseya” deb nomlangan o‘Sha dostonlarda greklarning janglardagi
jasoratlari, qahramonliklari,
vatanparvarligi, jismoniy chiniqqanligi,
mardlik fazilatlari She’ri misralarda teran ifodalangan.
Qadimiy YUnonistonning ilk quldorlik davrida ikkita katta davlat-Afina va Sparta paydo
bo‘ldi, ularda o‘ziga xos ta’lim-tarbiya tizimi ham vujudga keldi. Masalan, Afinada maktab tizimi
uch tipdagi maktablardan, ya’ni musiqa maktabi, gimnastika maktab va gimnaziya maktablaridan
iborat edi.
Musiqa maktabi xususiy maktab bo‘lib, unda pul to‘lab o‘qitilar edi. Musiqa maktablarida
faqat 7 yoShdan 16 yoShgacha bo‘lgan boy quldorlarning o‘g‘il bolalari o‘qirdilar. Bu tipdagi
maktabda musiqiy tarbiya ham berilardi (“miza” so‘zidan olingan, qadimgi YUnonistonda “muzi”-
san’at, adabiyot va fan xudosi va xomiysi) musiqiy ta’limotning mazmuni xat-savod, adabiyot,
hisob, deklamatsiya, aShula va musiqa darslarini o‘qitiShdan iborat edi.
Gimnastik maktabi-palestra (kuraSh maktabi) deyilardi.bu ham ma’lum bir toifadagi
kiShilarga qaraShli maktab bo‘lib, unda 12 yoShga kirgan va ayni vaqtda musiqa maktabida
o‘qiyotgan o‘g‘il bolalar pul to‘lab o‘qir edilar. Bu tipdagi maktabda o‘smirlar yuguriSh, sakraSh,
disk irg‘itiSh, nayza sanchiSh va kuraSh maShqini bajarardilar. SHu bilan birga suziSh maShqlarini
ham o‘tkazar edilar.
Gimnaziy davlatga qaraShli maktab bo‘lib, unda asosan Afinadagi katta er egalari-kiborlarga
mansub nomdor oilalardan chiqqan, musiqa va gimnastik maktabini tamomlagan aslzoda yoShlar
o‘qirdilar. Bunda ular 16 yoShdan 18 yoShgacha jismoniy, aqliy, ahloqiy va estetik tarbiya
oliShlarini davom ettirar edilar. Bundan taShqari, aslzodalarni davlatni idora qiliShga layoqatli qilib
tayyorlaSh maqsadida ularga falsafiy ta’lim va siyosiy tarbiya berilar, hamda notiqlik san’ati
o‘rgatilar edi. 18 yoShga to‘lgan aslzodalar efeblar guruhiga mansub bo‘lib, ular 20 yoShgacha
maxsus harbiy tayyorgarlik ko‘rar, ayni vaqtda ijtimoiy-siyosiy tarbiya ham olar edilar. Mana Shu
ta’lim-tarbiya tizimi faqat o‘g‘il bolalargagina tegiShli edi. Qizlar esa yoShligidanoq uy-ro‘zg‘or
iShlari bilan Shug‘ullanar edi.
Sparta davlatida jismoniy kamolotga katta e’tibor berilib, ayollar ham bu iShga jalb etilgan.
CHunki sog‘lom, baquvvat ayollargina sog‘lom avlodni vujudga keltiriShi mumkin edi. Qullarning
bolalariga esa, ota-onalarining kasb-hunarlari o‘rgatilgan.
Qadimgi yunon olimlari ilmiy iShlarida ta’lim va tarbiya borasidagi g‘oyalar.


7
Qadimgi YUnonistonning maShhur faylasuflari Suqrot, Aflotun, Arastu, Demokrit va
boShqalar o‘z faoliyatlarida yoShlarni o‘qitiSh hamda tarbiyalaSh vazifalariga ham jiddiy e’tibor
berganlar. Bu olim va mutafakkirlar ta’lim-tarbiya nazariyasini iShlab chiqdilar. YUnonistonda
pedagogikaning rivojiga ulkan xissa qo‘Shdilar.
Suqrotning falsafiy va pedogogik qaraShlarida tarbiyadan kutilgan maqsad insonni bilimlarni
bilib oliShga eriShiSh, uni yuksak ahloqli
qilib kamol toptiriShdir. U o‘z ta’limotida mardlik,
donolik, mo‘‘tadillik, adolatlilik tuShunchalarini belgilab beradi. Uning fikricha, mardlik qo‘rquvni
daf qiliSh, donolik-jamiyat qonunlariga rioya qiliSh, mo‘‘tadillik-o‘z xissiyotlariga erk bermaslik,
adolat-yaxShilikni amalga oShiriSh yo‘llarini o‘rgatiShdir.
Suqrotning ta’limoticha, inson eng avvalo, umumiy ahloq mezonlarini, inson uchun
muqaddas bo‘lgan fazilatlarni egallab oliShi kerak. Insoniy fazilat egasi yaxShi fazilatlarni
namoyon eta oladi. Inson ahloqiy fazilatlarini ilm-fan, ta’lim orqali egallaydi, ahloqning yagona
sohibi bo‘ladi. Aql bilan ahloq o‘rtasida ziddiyat bo‘liShi mumkin emas. Hunardan yaxShiroq,
ilmdan ulug‘roq narsa yo‘q. SHarmu hayodan yaxShiroq bezak, zebu ziynat yo‘q, batfe’llikdan
yomonroq duShman yo‘qdir.
Suqrotning ahloq xususidagi ta’limotiga ko‘ra, ezgulik-bilim, doniShmandlik-yaxShilikni
biluvchiga yaxShilik qiliShdir. YOmonlik qiluvchi yaxShilikni yo bilmaydi, yoki pirovardida,
yaxShilikning tantana qiliShiga qarShilik qiladi.
Suqrot tadbirkorlikni ulug‘lab, uni eng go‘zal insoniy fazilat hisoblaydi. Uning uqtiriShicha,
go‘zal tadbir iShlatib, duShmanni do‘st etiSh, nodon va johil odamni ta’lim va tarbiya qilib, donolar
davrasiga, badohloq fosiqlarni pand-nasihat bilan isloh etib yaxShilar qatoriga qo‘ShiSh eng afzal
amallardan sanaladi.
Suqrot o‘zining pedogogik qaraShlarida mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor beradi, mehnatni
ahloqiy go‘zallik deb biladi.
Suqrotning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti qadimgi YUnonistonda falsafiy-pedogogik fikrlar
rivojiga ulkan xissa bo‘lib qo‘Shilgan.
Aristotel-qadimgi yunon falsafasi va fani taraqqiyotida yangi davr yaratgan buyuk
mutaffakkirdir. Aristotel o‘zining ahloqqa oid “Nikomax etikasi”, “Endem etikasi” asarlarida
tarbiyaning maqsadi tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan insonni tadrijiy rivojlantiriShdan iboratligini, aql
va idrokni rivojlantiriSh muhim ekanligini aytadi. Uning ta’limotiga ko‘ra, bolalarning yoSh
xususiyati hisobga olingan holda, jismoniy, ahloqiy va aqliy tarbiya uzviy birlikda amalga
oShiriliShi kerak. Fuqaro faqat o‘z Shaxsiy iShi bilan Shug‘ullanmay, xalqning tinchlikda
yaShaShi, farovonligi yo‘lida faoliyat ko‘rsatiShi, go‘zallik yaratiShi kerak. Aristotel tarbiya
muddatini 21 yil: bola tug‘ilgandan 7 yoShgacha, 7 yoShdan 14 yoShgacha, 14 yoShdan 21
yoShgacha deb belgiladi. U bolaning har bir o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatdi, har bir davrda
amalga oShiradigan tarbiyaning maqsadi, mazmuni va usullarini bayon etdi.
Aristotel ham Ploton kabi bolalarni maktabgacha yoShdan tarbiyalaShga alohida e’tibor
berdi. Uning fikricha, bolani o‘rgatiSh mumkin bo‘lgan barcha narsaga go‘dakligidan o‘rgatiSh
kerak. Bola 7 yoShgacha oilada tarbiyalaniShi lozim. 7 yoShgacha davr o‘siSh davri hisoblanadi.
SHunga ko‘ra birinchi navbatda ularning jismonan rivojlaniShiga e’tibor beriladi. SHu yoShdagi
bolalarni o‘z vaqtida ovqatlantiriSh, harakatda bo‘liShlariga e’tibor beriSh, chiniqtiriSh zarur.
Bolalar yoShlariga mos o‘yinlar bilan Shug‘ullaniShi kerak. Ularga ertak va xikoyalar aytib beriSh
orqali nutqlarini o‘stiriSh, 5 yoShdan boShlab ular oilada maktabga tayyorlaniShi, 7 yoShdan
boShlab davlat huzuridagi maktablarda o‘qiShi kerakligini ta’kidlagan.
Aristotel bola tarbiyasi davlat ixtiyorida va barcha fuqarolar uchun bir xilda bo‘liShini
himoya qiladi. CHunki, davlat tarbiyada o‘z oldiga aniq bir maqsadni qo‘yadi. SHuning uchun ham
tarbiyaga o‘z xohiShiga ko‘ra o‘qitiSh va tarbiyalaShni istagan ota-onalar emas, davlat rahbarlik
qiliShi kerak. Har bir fuqaro o‘z-o‘zicha yaShamaydi, u barcha fuqarolar kabi davlatga mansubdir,
davlatning uzviy bo‘lagidir. Davlat u haqida g‘amxo‘rlik qiladi.
Aristotelning ta’kidlaShicha, bola 5 yoShidan boShlab 7 yoShgacha kelgusida o‘rganiShi
zarur bo‘lgan fanlar bo‘yicha darslarga qatnaShi kerak. Bu o‘quv predmetlari ona tili, gimnastika,
musiqa va rasmdir. Tarbiya gimnastikaga bog‘liq holda boShlanadi. Ammo bunda jismoniy
tarbiyaga haddan taShqari berilib ketmasligi kerak. Tarbiyaning maqsadi bolani o‘z bo‘Sh vaqtini
ongli raviShda o‘tkaziShga o‘rgatiShdir.


8
Aristotel do‘st orttiriSh, do‘stlarga nisbatan Shavqatli, marhamatli bo‘liShga da’vat etadi.
Uning ta’kidlaShicha, kiShi iloji boricha o‘ziga duShman orttirmasligi kerak. DuShmanlik
ko‘rsatganga rahamat nazari bilan qaraSh, dilnavoz bo‘liShi kerak. SHundagina u do‘stlari
qatoridan joy oladi.
YUnonistonda pedagogikani rivojlaniShiga ulkan xissa qo‘Shgan mutaffakkir olimlardan biri
Demokritdir. U falsafa, matematika, fizika, biologiya, tibbiyot, ruhiyat, san’atga doir asarlar yaratib,
inson Shaxsini qaror topiShini uning tabiati va tarbiyasiga bog‘liq deb hisobladi. U agar inson
o‘qimasa mahorat va doniShmandlikka eriSha olmaydi deb hisoblagan. Demokrit yoShlarga aql-
idroklilik, keksalarga donolik xosligini, aql-idrokni tegiShli tarbiya va tabiat baxSh etiShini olg‘a
surgan.
Demokrit bolalarga namuna bo‘liSh, so‘z orqali ta’sir ko‘rsatiSh, iShontiriSh va dalillar bilan
tarbiyalaShga,
ularni
mehnat
qiliShga
odatlantiriShga
alohida
ahamiyat
beradi.
Uning
ta’kidlaShicha, mehnat qiliShga odatlantiriSh orqaligina bolalarni yozuvga, musiqaga, jismoniy
maShqqa o‘rgatiSh mumkin. Demokrit jamiyat oldidagi burchiga sadoqatli, ijtimoiy va siyosiy
hayotda faol iShtirok etuvchi kiShini ahloqli inson deb hisoblagan.
Xalq og‘zaki ijodiyotida tarbiya.
Xalqimiz o‘z tarixiy ijtimoiy taraqqiyoti mobaynida boy og‘zaki ijodiy meros yaratgan. Xalq
og‘zaki ijodiyotida ta’lim-tarbiyaga oid ilg‘or pedogogik fikrlar ilgari surilgan.
Xalq og‘zaki ijodiyoti asrlar bo‘yi mehnat jarayonida insonni orzusi negizida Shakllanib
borgan barkamol insonga qaratilgan xalq og‘zaki va
yozma yodgorliklarida, ya’ni ertak, doston,
qo‘Shiq, topiShmoq, tez aytiSh, masal, matal, maqol, rivoyat va xikoyatlarida o‘z aksini topgan.
Xalq og‘zaki ijodiyoti asta sekin keng tus olib, rivojlanib borgan. Bu zailda insonlarda
pedogogik madaniyat va merosga ixlos va intiliSh vujudga kelgan va unga amal qilina boShlangan.
Xalq og‘zaki ijodiyotida avvalo barkamol inson uchun ilm va hunar zarurligi ta’kidlanadi.
Xalq yaratgan hikoyalarda doniShmandlik, aql va zakovat alohida o‘rin egallagan. Ma’lumki, ota-
bobolarimiz qadim zamonlardan yaxShilikni yomonlikka, ma’rifatni jaholatga, nurni zulmatga
qarama-qarShi qo‘yib, hamiSha ma’rifatu ziyoni, adolatu ezgulikni olqiShlab kelgan. Mahmud
QoShg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” kitobida baxillik, mol-dunyoga hirs qo‘yiSh, o‘zi och bo‘la
turib, saxiylik qilaman, deyiSh, g‘irromlik va boShqalar qattiq qoralangan, ota-ona, qo‘ni-
qo‘Shnilarning pandu nasihatlariga quloq soliSh, og‘zdan yomon so‘zlar chiqarmaslik, doimo
kamtar, g‘amginlarning dardiga malham bo‘liShga undagan. Bu kitobda ota-bobolarimizning inson
xulqi, odobi, xatti-harakati, turmuShdagi uriniShlariga doir juda ko‘p pand nasihatlar, ma’rifiy
fikrlar mujassamlangan.
O‘rta
Osiyo
xalqlarining
dastlabki
yozma
yodgorliklari,
masalan, 
“Avesto”da
ajdodlarimizning axloqiy-didaktik qaraShlari, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari u yoki bu darajada o‘z
aksini topgan. Avesto ta’limotiga ko‘ra ikki kuch: yaxShilik Axura Mazda va yomonlik Angra
Man’yu mavjud bo‘lib, ular bir birlariga abadiy murosasizdirlar. YAxShilik kuchlariga insonlarni
yuksak fazilatlariga asoslanib doimo insonga jismoniy, axloqiy, aqliy, tabiatni ximoya qiliSh,
go‘zallikka doir juda ko‘p muammolar mujassamlaShgan. Jumladan, zarduSht munojotlarida
YAzdondan erda dehqonchiligu chorvachilikni rivojlantiriSh uchun bandalarining sog‘lom,
baquvvat bo‘liShini ta’minlaShi iltijo qilingan, yaxShi iSh, yaxShi xulq, yaxShi odat ularda
barqaror bo‘liShini tilagan.
“Avesto”da oila gigenasi, atrof-muxitni, aholi yaShaydigan joylarni toza tutiSh, ko‘cha, xovli,
suv havzalari, ariq va chaShmalarni iflos qilmaslik haqida maxsus boblar mavjud. CHunonchi,
ko‘cha eShigi yoniga axlat to‘plab qo‘ygan xonadon sohibiga jamoaning hukmi bilan 25 darra,
xovuz yoki chaShmadan nopok ko‘za yoki chelakda suv olgan Shaxsga 5 darra urilgan. Suvning
ustiga uch marta yomg‘ir yog‘ib o‘tgach, u oldingidek odam va hayvonlar ichadigan suvga
aylanadi, deb hisoblangan. Erni iflos qilgan, uni asraSh qoidalarini buzgan Shaxslar 400 qamchi
uriSh jazosiga maxkum etilgan.
“Avesto”da bemorlarni davolaShning ikki usuli ko‘rsatilgan. Undagi oila, Shaxsiy gigiena
hamda qiz va o‘g‘il bolalarni parvariShlaSh, tarbiyalaSh qoidalari haqidagi fikr-mulohazalar hozir
ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish