|
Мбх тест платонус 25 04 2020ҳҳ 97 doc
|
Sana | 30.06.2022 | Hajmi | 30,59 Kb. | | #719224 |
| Bog'liq Ìáõ òåñò ïëàòîíóñ 25 04 2020 97 doc
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“ BUXGALTERIYA HISOBI” KAFEDRASI
“ MOLIYAVIY VA BOSHQARUV HISOBI” fanidan
yakuniy nazorat testlari
“ Buxgalteriya hisobi” kafedrasining 2020 yil - avgustdagi -sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va tavsiya etilgan
Kafedra mudiri:
Tuzuvchilar:
Taqrizchilar:
i.f.n. dotsent I.Ochilov
i.f.n., dotsent. D.Norbekov kat. o‘qit. M.Xayitboev
prof. A.Karimov
TOSHKENT - 2020
Quyidagilarning qaysi biri hisob turlariga kiradi?
Tezkor hisob, statistik hisob, buxgalteriya hisobi
Moliyaviy hisob, soliq hisobi
Statistik hisob, Byudjet hisobi, moliya
Moliya, soliq, buxgalteriya hisobi
“Buxgalter” so’zining ma’nosi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
Nemischa buch-kitob, halten-tutmoq
Lotincha saqlamoq
Franzuscha yuritmoq
Lotincha yozmoq
Buxgalteriya hisobi turlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
Moliyaviy, boshqaruv hisobi
Moliyaviy, dastlabki hisob
Boshqaruv, statistik hisob
Statistik, operativ hisob
Hisob tizimida qo’llaniladigan o’lchov birligi ko’rsating.
pul o’lchov birligi, natura o’lchov birligi, vaqt (mehnat) o’lchov birligi
so’m, tiyin o’lchov birligi
pul, natura va kg o’lchov birligi
natura, vaqt o’lchov birligi
Buxgalteriya hisobini yuritishdan maqsad nima?
foydalanuvchilarni o’z vaqtida to’liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlash.
hisob kitoblarni to’g’ri shakllantirishga yorishish
korxonada hisobotlarni tuzish va taqdim etishni ta’minlash va hujjatlarni yuritish
pul mablag’lari xarakatini ro’yxatga olish
Xo’jalik hisobining qanday turlari mavjud?
operativ, buxgalteriya, statistik
operativ, statistik
statistik, buxgalteriya
moliyaviy hisob, boshqaruv va soliq hisobi
Xo’jalik hisobida qanday o’lchov birliklari qo’llaniladi?
miqdor, pul va mehnat o’lchovlari
pul va mehnat o’lchovlari
mehnat va miqdoriy o’lchovlar
miqdor va sifat
Buxgalteriya hisobining predmeti bu...
korxonaning pul ifodasida aks ettiriladigan xo’jalik mablag’lari, shu mablag’larning manbalari, ularning xo’jalik faoliyati va moliyaviy natijalarini o’rganishdir
korxonaning moliyaviy natijalari
pul mablag’lari
xo’jalik mablag’lari
Sodir bo’layotgan kundalik voqealar qaysi hisob yordamida hisobga olinadi va nazorat qilinadi?
operativ
buxgalteriya
statistika
moliyaviy
Buxgalteriya hisobida baholash -bu …
xo’jalik mablag’lari, majburiyatlar va xo’jalik jarayonlarini pul o’lchov birligida aks ettirish usulidir
mablag’ va ular tashkil topish manbalari ham miqdor, ham hajm jihatdan aks ettirish usulidir.
xo’jalik mablag’lari, majburiyatlar va xo’jalik jarayonlarini mehnat o’lchov birligida aks ettirish usulidir
xo’jalik mablag’lari, majburiyatlar va xo’jalik jarayonlarini natura o’lchov birligida aks ettirish usulidir
Buxgalteriya hisobi ob’ektlarini aniqlang.
uzoq muddatli va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari
buxgalteriya hisobida ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, mehnat kuchini tayyorlash bilan bog’liq har hil harajatlar tasniflash
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladigan resurslarni samarali boshqarish uchun zarur bo’lgan axborotlarni shakllantirish
muayyan korxona ega bo’lgan moddiy va pul mablag’lari, uning boshqa tashklotlar va muassasalar bilan bo’lgan yuridik munosabatlari
Quyidagilardan qaysilari buxgalteriya hisobining sub’ektlari hisoblanadi?
davlat hokimiyati organlari, O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O’zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarisida joylashgan sho’’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo’linmalari
boshqaruv organlari, aktsionerlar, xususiy kapital, daromad va xarajatlar
filiallar, aktsionerlar, xususiy kapital, daromad va xarajatlar
asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromad va xarajatlar
Operativ hisob nima maqsadda qo’llaniladi?
tezkor (operativ) nazoratni ta’minlash uchun
statistik hisobni yuritish uchun
hisobga olish uchun
buxgalteriya hisobini yuritish uchun
O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi» qonuni qachon qabul qilingan?
1996 yil 30 avgust
1996 yil 27 may
2016 yil 26 may
1996 yil 24 avgust
O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisob i to’g’risidagi» qonuni qachon o’zgartirish kiritilgan va yangi tahrirda qabul qilingan?
2016 yil 13 aprel
2016 yil 26 may
1996 yil 30 avgust
1996 yil 24 avgust
Buxgalteriya hisobining usul(metod)lari to’g’ri keltirilgan qatorni aniqlang?
hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya, schyotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv, balans va hisobot
hisoblash, hujjatlashtirish, ikkiyoqlama yozuv, baholash, kalkulyatsiya, inventarizatsiya, schyotlar tizimi, balans
umumlashtirish, hujjatlashtirish, ikkiyoqlama yozuv, baholash, kalkulyatsiya, inventarizatsiya, balans, hisobot
yig’ma, ikki yoqlama yozuv, baholash, kalkulyatsiya, inventarizatsiya, schyotlar tizimi, balans, hisobot
Buxgalteriya balansining passiv qismi qaysi bo’limlardan iborat ekanligini ko’rsatib bering.
o’z mablag’lari manbaalari va majburiyatlar
majburiyatlar va joriy aktivlar
o’z mablag’lari manbaalari va joriy aktivlar
Uzoq muddatli aktivlar va majburiyatlar
Quyidagilarni qaysi biri to’g’ri?
balansning aktivi va passivining tengligi
balans aktivining birinchi bo’limi va passivi birinchi bo’limining tengligi
balans passivi va aktivi ikkinchi bo’limlarining tengligi
aktivining ikkinchi bo’limi va passiv birinchi bo’limining tengligi
Ustav kapitali balansning qaysi bo’limida ko’rsatiladi?
Passiv, 1-bo’limida
Aktiv,1-bo’limida
Passiv,2-bo’limida
Aktiv, 2-bo’limida
Buxgalteriya balansi - bu …
pulda ifodalangan va muayyan sanaga xo’jalik mablag’larining turlari va tashkil topish manbalari bo’yicha iqtisodiy guruhlashtirish va umumlashtirish usulidir
jadval-hisobot shakli
muayyan sanaga xo’jalik mablag’larining turlari bo’yicha umumlashtirish usulidir
naturada ifodalangan va muayyan sanaga xo’jalik mablag’larining turlari va tashkil topish manbalari bo’yicha iqtisodiy guruhlashtirish va umumlashtirish usulidir
Balans valyutasi deb nimaga aytiladi?.
Balans jami summasi
Balans aktivi ikkinchi bo’limi jami
Balans aktivi birinchi bo’limi jami
Balans passivi ikkinchi bo’limi jami
Balansda xo’jalik muomalalari ta’sirida necha xil o’zgarish sodir bo’ladi?
4 xil
2 xil
5 xil
8 xil
Buxgalteriya balansining faqat passivida bo’ladigan o’zgarishga tegishli muomalani ko’rsating...
xodimlarni ish haqidan daromad solig’i ushlanmasi amalga oshirildi
hisob raqamidan soliqlar to’landi
ta’sischilarga dividend to’landi
tayyor mahsulot haridorlarga jo’natildi va puli olindi
Buxgalteriya balansi necha qism(tomon)dan iborat va ular qaysilar?
2 ta qism: aktiv va passiv
1 ta qism: asosiy vositalar
3 ta qism: asosiy vositalar, aktiv, passiv
4 ta qism: aktiv, asosiy vositalar, passiv va majburiyatlar
Uzoq muddatli aktivlar bu ….
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, kapital qo’yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari
moliyaviy qo’yilmalar, kapital qo’yilmalar, debitorlar
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, investitsiyalar, pul mablag’lari
uzoq muddatli debitorlik va kreditorlik qarzlari
Buxgalteriya balansining faqat aktiviga ta’sir qiladigan muomalani toping...
asosiy ishlab chiqarishdan omborga tayyor mahsulot qabul qilindi
hisob-kitob schyotidan soliqlar to’landi
bankdan kredit olindi.
tayyor mahsulotni haridorlarga jo’natish uchun avans puli olindi
Ishchilarga kassadan ish haqi berildi, muomalasi balansning qaysi xil o’zgarishiga tegishli?
4 xil
2 xil
3 xil
1 xil
Passiv schyotlarda nimalar hisobga olinadi?
xo’jalik mablag’larining kelib chiqish manbalari
xo’jalik ishlab chiqarish jarayonlari
xo’jalik mablag’lari
xo’jalik mablag’lari va manbalari
Quyidagilarning qaysi biri doimiy schyotlarga kiradi?
Aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni aks ettiruvchi schyotlar
Daromadlar va zararlarni aks ettiruvchi schyotlar
Foyda va zararlarni aks ettiruvchi schyotlar
Aktivlar va majburiyatlarni hamda daromadlarni aks ettiruvchi schyotlar
Buxgalteriya schyotlarining tarkibiy tuzilishi
bosh qoldiq, oborot, oxirgi qoldiq
sintetik schyotlar, analitik schyotlar
debet, kredit
bosh qoldiq, oxirgi qoldiq
Aktiv schyotlarda oxirgi qoldiqni aniqlanishini ko’rsating.
Oq=Bosh qoldiq + Debet oborot – Kredit oborot
Oq=Bosh qoldiq + Kredit oborot – Debet oborot
Oq=Debet oborot – Kredit oborot
Oq=Debet oborot + Kredit oborot
Passiv schyotlarda oxirgi qoldiqning aniqlanishini ko’rsating.
Oq=Bosh qoldiq + Kredit oborot – Debet oborot
Oq=Oxirgi qoldiq + Debet oborot – Kredit oborot
Oq=Bosh qoldiq + Debet oborot – Kredit oborot
Oq=Kredit oborot + Debet oborot
Buxgalteriya hisobi schyotlari – bu...
korxona mablag’lari, ularning tashkil topish manbalari va xo’jalik jarayonlarining maxsus raqamlarda belgilanishi
hisobning bir elementi
pul mablag’larini ifadalovchi raqamlar yig’indisi
buxgalteriya balansining asosiy ma’lumotlar manbasi
Schyotlar rejasiga muvofiq schyotlarni turkumlan.
aktiv, passiv, kontraktiv, kontrpassiv, tranzit, balansdan tashqari schyotlar
passiv, kontraktiv, kontrpassiv, tranzit, balansdan tashqari schyotlar
tartibga soluvchi, aktiv, passiv, kontrpassiv, tranzit, balansdan tashqari schyotlar
aktiv, passiv, kontraktiv, kontrpassiv, kalkulyatsiya schyotlari, balansdan tashqari schyotlar
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv shartlarini ko’rsatib bering.
bir xo’jalik jarayonida sodir bo’lga muomala summasini bir vaqtda, bir xil summada bir schyot debetida, hamda ikkinchi schyot kreditida aks ettitiriladi
aktiv schyot debeti va balansdan tashqari schyot kreditiga bir xil summada aks ettirishdir
bir schyot debet bo’lib, ikkinchi tranzit schyot kreditlanadi
bir summa bir schyot debetiga, ikkinchi kontrpassiv schyot kreditida aks ettiriladi
Ikkiyoqlama yozuv – bu…
xo’jalik jarayonlarini hujjatlashtirish
xo’jalik jarayonlarini hisob registrlarida aks ettirish
xo’jalik jarayonlariga tegishli summalarini ikki va undan ortiq schyotlarda bir xil summada, ya’ni bir schyot debetida, boshqa schyot kreditida aks ettirilishi
balans tuzish
Uzoq muddatli aktivlar qaysi schyotlarda aks ettiriladi
0100-0900 schyotlarda
6000-6900 schyotlarda
7000-7900 schyotlarda
9000-9900 schyotlarda
Balansdan tashqari schyotlar nima maqsadda qo’llaniladi…
korxonaga tegishli bo’lmagan vaqtinchalik mablag’larni aks ettirish uchun
tashkilotning mol mulklarini aloxida aks ettirish uchun
tashkilotning vaqtinchalik balansidan chiqarilgan mulklar va boshqa qiymatliklar uchun
mbalansga kirmaydigan majburiyatlarni va mablag’larni
Asosiy xo’jalik jarayonlari tarkibiga qanday jarayonlar kiradi?
ta’minot, ishlab chiqarish, sotish jarayonlari
ta’minot, sotish va etkazib berish jarayonlari, hisob-kitob jarayonlari
Majburiyatlarni to’lash jarayonlari, ishlab chiqarish, ta’minot,
ta’minot, ishlab chiqarish, sotish, hisob-kitoblarni amalga oshirish
Ta’minot jarayonining asosiy maqsadi:
ta’minotning umumiy hajmini aniqlashdan va etkazib berishdan iborat
ishlab chiqarishdan iborat
ishlab chiqarishga material sarflashdan iborat
materiallar tannarxini aniqlashdan iborat
Buxgalteriya hujjatlari tuzilish joyiga qarab qanday tasniflanadi?
ichki va tashqi
dastlabki va yig’ma
farmoyish va buyruq
bir marotabalik va yig’ma
Buxgalteriya hisobida xronologik yozuv deganda nimani tushunasiz?
sodir bo’layotgan muomalalarni hujjatlarga asosan ketma-ket (sanalar bo’yicha) aks ettirish
xo’jalik muomalalarini bir oyligini jamlab oy oxirida daftarga yozish
iqtisodiy jihatdan bir xil bo’lgan muomalalarni ketma-ket (navbat bilan) daftarda aks ettirish
xo’jalik muomalalarini bir yo’la yozish
Korxonalarda qanday me’yoriy hujjat talablari asosida asosiy vositalar va tovar moddiy zaxiralar bo’yicha inventarizatsiya o’tkaziladi?
19-son Buxgalteriya Hisobi Milliy Standarti (BHMS) asosida
yuqori tashkilot buyrug’ida qo’rsatilgan tartib asosida
korxona raxbari buyrug’i va ichki hisob siyosati yo’riqnomasi asosida
yillik hisobot tuzish yo’riqnomasi va 21- son BHMS asosida
Material qiymatliklarining inventarizatsiyasi qachon o’tkaziladi?
Rejali muddatda, hisobot tuzishdan oldin, moddiy javobgar shaxs almashlanganda, kamomad va o’g’irlik aniqlanganda hamda moddiy qiymatliklar nobud bo’lganda
Xaridorlarga moddiy qiymatliklar ortib jo’natilganda
moddiy javobgar shaxsga mukofot tayinlashdan oldin
Statistik hisobot tuzishdan oldin
Hisob registrlarini qanday ta’riflaysiz?
ikki yoqlama yozuv qoidalariga muvofiq yuritiladigan maxsus jurnallar, qaydnomalar, daftarlar, tasdiqlangan blankalar (shakllar)dir
tovar moddiy zahira(TMZ)larni hisobga oladigan hujjat.
tayyor mahsulotlarni guruhlash uchun moslashgan qog’oz varaqlari
pul mablag’larini hisobga oladigan qat’iy hisob hujjati
Jurnal-orderlar yuritiladi.
kredit belgisi bo’yicha
debet belgisi bo’yich
xoxlagan belgi bo’yicha
belgisiz
Buxgalteriya hisobi registrlaridagi hatolarni tuzatish usullarini aniqlang...
korrektura, qizil storno va qo’shimcha yozuv usullari
bo’yaab va qo’shimcha yozuv usullari, o’chirib to’g’rilash
qizil storno usullari, o’chirib to’g’rilash
o’chirib to’g’rilash, qo’shimcha yozuv usuli
Buxgalteriya hisobini yuritish shakllarini aytib bering?
memorial order shakli, jurnal order shakli, avtomatlashtirilgan shakli, soddalashtirilgan shakli
bosh daftar shakli, yig’ma – axborot shakli
memorial-jurnal order shakli, Buxgalterga Elektron Madad(BEM) shakli
1-S shakli, qisqaritilgan shakli
Korxonalarda buxgalteriya hisobini kim tashkil etadi?
korxona rahbari
yuqori tashkilot buxgalteriyasi
moliya bo’limi xodimlari
moliya vazirligi
Hisob siyosati – bu ...
korxona rahbari tomonidan hisob yuritish bo’yicha tanlangan tartib qoidalar majmuasi
Davlatning ko’rsatmalari
bosh buxgalter tomonidan hisob yuritish bo’yicha tanlangan tartib qoidalar majmuasi
|
|