2. O‘tkazuvchi to‘qima haqida tushuncha bering?
0 ‘tkazuvchi to‘qima. Bu to‘qima o‘simlik tanasida moddalaming
harakatlanishini ta’minlaydi. Bu jarayon poya va ildizning o‘tkazuvchi to‘qimalari -
ksilema va floema naylari orqali sodir bo‘ladi. Ksilemada o‘lik hujayralardan iborat
o‘tkazuvchi naylar va traxeidlar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar
ildizdan o‘simlikning barcha
organlariga harakatlanadi. Floemada tirik hujayralardan
ibo rat elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosin tez jarayonida hosil
bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi. Elaksimon nay
hujayralari yadroga ega emas, ulaming yonida yo‘ldosh hujayralar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |