Romantizm davrida yangi badiiy shakllar maydonga keldi. Tarixiy roman, fantastik qissa, liroepik doston janrlari, sahna sanʼatidagi islohotlar shu davrning ajoyib samaralaridir. Lirika xuddi shu davrda oʻzining ikkinchi bahorini kechirdi. Sheʼriy soʻzning yangiyangi maʼno qirralari kashf etildi va sheʼriy soʻz his va tuygʻu silsilalarini ifodalash uchun istioraviy vositalar bilan boyidi. - Romantizm davrida yangi badiiy shakllar maydonga keldi. Tarixiy roman, fantastik qissa, liroepik doston janrlari, sahna sanʼatidagi islohotlar shu davrning ajoyib samaralaridir. Lirika xuddi shu davrda oʻzining ikkinchi bahorini kechirdi. Sheʼriy soʻzning yangiyangi maʼno qirralari kashf etildi va sheʼriy soʻz his va tuygʻu silsilalarini ifodalash uchun istioraviy vositalar bilan boyidi.
Sheʼriyatda musiqiy va tasviriy ibtido oʻzaro uygʻunlashdi; sanʼat, falsafa va dinning omuxta koʻrinishlari paydo boʻlib, sanʼat turlarining oʻzaro yaqinlashish, oddiy hodisalar bilan gʻayrioddiy hodisalarning , komizm bilan tragizmning uygʻunlashish jarayoni avj oldi. Fantastikaga, hajviy mubolagʻalarga, shaklning oshkora shartliligiga moyillik Romantizm namoyandalarining badiiy tasvirdagi oʻziga xosligini belgilovchi omillarga aylandi. - Sheʼriyatda musiqiy va tasviriy ibtido oʻzaro uygʻunlashdi; sanʼat, falsafa va dinning omuxta koʻrinishlari paydo boʻlib, sanʼat turlarining oʻzaro yaqinlashish, oddiy hodisalar bilan gʻayrioddiy hodisalarning , komizm bilan tragizmning uygʻunlashish jarayoni avj oldi. Fantastikaga, hajviy mubolagʻalarga, shaklning oshkora shartliligiga moyillik Romantizm namoyandalarining badiiy tasvirdagi oʻziga xosligini belgilovchi omillarga aylandi.
Fransiya da klassitsizm anʼanalari uzoq vaqtgacha oʻz kuchini saqlab keldi. Shu tufayli Romantizmning fransuz adabiyoti va sanʼatiga kirib kelishi katta qiyinchilik bilan kechdi. Faqat 19-asrning 20-yillaridagina Romantizm fransuz adabiyotidan oʻzining qonuniy oʻrnini egalladi. Maʼrifatparvarlik davri merosi va oʻtmishdagi adabiy anʼanalar bilan uzviy aloqa, davrning dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolariga qiziqish fransuz Romnantizmining ajralmas xususiyatlaridir - Fransiya da klassitsizm anʼanalari uzoq vaqtgacha oʻz kuchini saqlab keldi. Shu tufayli Romantizmning fransuz adabiyoti va sanʼatiga kirib kelishi katta qiyinchilik bilan kechdi. Faqat 19-asrning 20-yillaridagina Romantizm fransuz adabiyotidan oʻzining qonuniy oʻrnini egalladi. Maʼrifatparvarlik davri merosi va oʻtmishdagi adabiy anʼanalar bilan uzviy aloqa, davrning dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolariga qiziqish fransuz Romnantizmining ajralmas xususiyatlaridir
Do'stlaringiz bilan baham: |