Mazvu: Кamerali qarshilik pechining ish rejimlarini tadqiq qilish Pechning asosiy elementlari. Vakuum yoy pechlarining elektr jihozlari



Download 134,41 Kb.
bet2/2
Sana18.12.2022
Hajmi134,41 Kb.
#890782
1   2
Bog'liq
pech

Pechning asosiy elementlarini ishchi kamera, shtok-elektrodqotirgich (elektrod ushlagich), sarflanuvchi elektrodlar, kristallizator, poddon va solenoidlar tashkil etadi.
Ishchi kamera - o‘zidan silindr shaklidagi suv bilan sovutiluvchi payvandlangan konstruksiyani ifoda etadi. Uning yuqori qismida yoyning yonishi va eritish jarayonini kuzatib borish uchun maxsus yoritish qurilmasi va kuzatish darchasi mavjud. Masofadan turib kuzatuvchilar uchun ishchi zonadagi jarayon maxsus periskop yordamida ekranga tushirib beriladi. Ishchi kameraning pastki flanetsiga kristallizator qotiriladi.
SHtok - elektrodushlagich sarflanuvchi elektrodni unga qotirish, elektrodni harakatga keltirish va elektrodni tok bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Sarflanuvchi elektrodlar shtokka payvandlash yoki maxsus qisqichlar bilan turli usullarda qotiriladi. SHtok va elektrodlarni harakatga keltirish elektr yoki gidravlik yuritma yordamida amalga oshiriladi.
Kristallizator ichki gilza va po‘latdan yasalgan, magnitsizlantirilgan (nomagnit) tashqi kojuxdan iborat. Ularning orasida sovituvchi suv uchun bo‘shliq mavjud.
Poddon kristallizator tubini berkitgan holda qisman gilza ichigacha kiradi. Poddonning asosini misdan yasalgan katta massadagi disk tashkil etib, uning ustiga suv bilan sovitiluvchi po‘lat qatlami yuritilgan.
Solenoid kristallizatorning yon qismiga o‘rnatiladi. U kristallizator bilan birgalikda aksial magnit maydoni hosil qiladi. Solenoid maydoni yoydagi tok va vannadagi metalldan oqayotgan tok bilan ta’sirlashib yoy kuchlanishini ortishiga olib keladi (po‘lat uchun 19-19,5 dan 24-25V gacha), yoy yonishini stabillashtiradi va yoyni kristallizator devorlariga o‘tib ketishining oldini oladi.
Vakuum yoy pechlarining elektr jihozlari. Vakuum yoy pechlarning (kuch) bosh zanjiri tarkibiga quyidagilar kiradi: elektr energiya manbasi, manbadan pechgacha tok tarmog‘i, pech konstruksiyasidagi tok tarmoqlari, tok uzatuvchi shtok, elektrodushlagich, sarflanuvchan elektrod, quyma yombi, kristallizator, vakuum kamerasi.
Vakuum yoy pechlarning prinsipial elektr sxemasi va uning almashtirish sxemasi 18 - rasmda keltirilgan.

1-rasm

18 - rasmda:
1 - shinali tok o‘tkazgich, rsh;
2 - vыklyuchatel;
3 - ballast qarshilik, rb;
4 - egiluvchan kabel, rgk ;
5 - vakuum yoy pechi, rd;
6 - kristallizatorga ulanuvchi shinali tok o‘tkazgich, rt;
Pech kuch zanjirining to‘la qarshiligi : R=rshkrgkkrkkrt
Elektr yoy pechlarining elektr manbalari quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Zarur bo‘lgan issiqlik quvvatini ta’minlovchi, o‘nlab kiloamper tokning kattaligini belgilovchi yoyning kichik qiymatdagi qarshiligi.
2. kuvvatni keng diapozonda (1 : 8) boshqarish imkoniyati.
3. Pech quvvatini belgilangan darajada va yuqori stabillik bilan ushlab turish imkoniyati (2 foizdan og‘magan holda ).
4. YUqori ishonchlilikga ega bo‘lishning muhimligi, chunki pechning kutilmaganda manbadan uzilishi eritilayotgan mahsulotdan mahrum bo‘lishga olib keladi.
Bugungi kunda elektr yoy pechlarining manbasi sifatida GPN - 550 tipidagi mashinali o‘zgartirgichlar qo‘llanilib kelinmokda. Uning kuvvati 645-675 kVt , nominal toki 6500 va 14000 A, salt yurish kuchlanishi 85 - 40 V.
YAngi chiqarilayotgan qurilmalar tarkibiga quyidagi tipdagi agregatlardan biri kiradi: boshqarilmaydigan ventillardan tuzilgan to‘g‘rilagich; tirristorlar asosidagi to‘g‘rilagichlar; parametrik tok manbalari.
Agregatlarning birinchi turi, boshqarilmaydigan ventillar asosidagi to‘g‘rilagichlar (misol tariqasida VAKP seriyadagisi uchun) ishlash prinsipi ventillarga ketma-ket ulangan drossellar yordamida tokni boshqargan holda stabillashtirish prinsipiga asoslangan. Bunday agregatlar 12,5; 25,0; 37,5 kA toklarda, 75 V kuchlanishda ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, yoydagi kuchlanish 25 - 35 V va quvvati 940-2800 kVt ga teng.
Tiristorlar asosidagi to‘g‘rilagichlar 6 yoki 10 kV kuchlanishdagi manbaga ulanib, transformatorning birlamchi chulg‘ami RPN bilan jihozlangan. Nominal tok qiymati 12,5 - 50 kA va quvvat koefitsienti 0,6 ga, ikkilamchi kuchlanish 75 - 115 V ga teng.

Кirish avtomatini (AV) ulash natijasida tajriba stendi kuchlanish bilan ta’minlanib, LК signal lampasi yonadi. PК1 ulagich I xolatga qo’yiladi va shundan keyin PP “P “ o’chirgich ulanadi. P o’chirgichni qo’shish paytida vaqtni darxol belgilash kerak, ya’ni vaktni τ xisobi boshlanadi. Shu bilan birga ishchi muxit xarorati tch xam xisobga olinadi. Pech kamerasidagi xarorat belgilangan qiymatga etgach, qarshilik pechi avtomatik ravishda tarmoqdan uziladi. Ulanishdan to o’chirilishgacha bo’lgan vaqt τ otkl belgilanadi va undan so’ng pauza vaqti τpauza boshlanadi va bu qayta ulanishgacha yoki τrab momentigacha davom etadi.


Tajriba ishini bajarish davomida volьtmetr (V), ampermetr (A) va vattmetr (Wh) ko’rsatkichlari yozib boriladi. Tajriba natijalarini uch marta (τrab1, τrab2, τrab3) olish zarur va etarlidir.



Adabiyotlar.

  1. Svenchanskiy A.D – Elektricheskie pechi soprotivleniya. M-L. Gosenergo 1958g.

  2. Nekrasova N.M i dr. – Elektricheskie prom. pechi.M-L. 1961g.

  3. Кasevich L.S – Raschet i konstruktirovanie elektricheskix pechey. M-L. 1960g.

  4. Elektricheskie prom. pechi dlya nagreva i termicheskoy obrabotki. Terminы i opredeleniya GOST 16382-70.

  5. Jalilov M.X. Elektrotexnologik texnologik kurilmalari.Toshkent,1990.

  6. Bobojanov M.К. Sanoat korxonalari elektrotexnologik kurilmalari. Toshkent,2007.

Download 134,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish