Bugungi kunda magistratura mutaxassisliklaridagi “Maxsus fanlarni o‘qitish
metodikasi” fani tanlov fani hisoblanib, fanning o‘quv dasturi har bir oliy ta’lim
muassasasidagi shu fanni o‘qitishga ma’sul bo‘lgan professor – o‘qituvchilar
uning quyidagi maqsad va vazifalarini hisobga olish dastur mukammalligini
ta’lim tamoillari, maxsus fanlarni o‘qitishning tashkiliy shakllari va amalga
oshirish metodlari, maxsus fanlardan ma’ruza, amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini
o‘tkazish metodikasi, talabalar bilan kunikma va malakalarini nazorat qilish va
Amaliy mashg‘ulotlarda esa, fanga oid quyidagi mavzularga o‘rin ajratilgan:
oliy ta’lim muassasalarining tuzilmasi va mazmuni, oliy ta’limning me’yoriy –
huquqiy xujjatlarini tuzilishi va ularni rasmiylashtirish, ta’lim metodlari va ularni
amalga oshirish metodikasi, maxsus fanlarni o‘qitishda innovatsion ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish, maxsus fanlardan ma’ruza, amaliy va tajriba
mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi, darsni tahlil qilish metodikasi bo‘yicha
bilim va ko‘nikmalar hosil qilish.
“Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” fanining p r e d m e t i - ushbu
fanni o’rganishda magistrantlarning kasbiy pedagogik malakalarini
shallantirish jarayoni mazmuni, shakli va o’qitish metodlaridir.
Fanning o b ‘ ye k t i - oliy ta’lim muassasalari sharoitida
maxsus fanlarni o’qitish sohasida pedagog kadrlar tayyorlash jarayoni.
Fanning metodologik asosi va amal ќiladigan negizi O’zbekiston
Respublikasining Konstituttsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi», Oliy Majlis materiallari va boy ilmiy ma’naviy
meroslardir.
Ob’ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o’rganish va o’rgash va
kerak, kimni va ќanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo’lib, ular
o’zaro uzviy boѓliќdir.
«Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi» fani o’z mazmun mohiyatini
boyitishda, yangilashda mavjud hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va
vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi.
Ushbu fanning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash,
bilim berish va o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va
munosabatlarni tekshirish, bilish yo’llari, metodlari va vositalari majmui
tushuniladi. Bu fanning ilmiy tadqiqot usullari qanchalik rivojlansa hamda
takomillashtirilsa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu
darajada yuksaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: