Mazkur o’quv-uslubiy majmua orqali talabalar o‘zini-o‘zi mustaqil nazorat qilishi va bilimlarini joriy nazoratdan o‘tkazishda foydalanilishlari mumkin



Download 7,44 Mb.
bet71/467
Sana06.02.2022
Hajmi7,44 Mb.
#432642
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   467
Bog'liq
buxgalteriya dars

Buxgalteriya hisobi schyotlari




















































































































































Balansi
















Balansdan tashqari





































































































































Asosiy schyotlar
















Qo‘shimcha schyotlar







Kontrar schyotlar







Kalkulyasion schyotlar


































































































































Mulkiy (inventar) hisobga oladigan




Yig‘uvchi tarqatuvchi schyotlar




Taqqoslovchi schyotlar






































































Pul mablag‘larini hisobga oladigan


















































































Fondlarni hisobga oladigan



















Majburiyatlarni hisobga oladigan



















Olinadigan schyotlarni hisobga oladigan
















5-chizma. Buxgalteriya hisobi schyotlarini tuzilishi va tayinlanishi bo‘yicha tasnifi




2.Asosiy schetlar

Asosiy schyotlar mablag‘lar turlari (aktiv) mavjudligi va harakati ustidan va ularning manbalarining (passiv) nazorat qilish uchun ishlatiladi. Barcha asosiy schyotlarga ularda korxona mulkining hisobga olinishi xosdir. Asosiy schyotlarning xususiyati shundan iboratki, agar ularda qoldiq mavjud bo‘lsa, ularning hammasi balans tarkibiga kiritiladi.


O‘zining tuzilishi va qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab asosiy schyotlar asosiy aktiv, asosiy passiv schyotlarga bo‘linadi.
Asosiy aktiv schyotlar moddiy va pul mablag‘larining mavjudligi va harakatini hisobga olish hamda debitorlar bilan hisob-kitoblar uchun xizmat qiladi. Ularning xususiyatlarini «Materiallar» va «Debitorlar bilan hisob-kitoblar» schyotlari misolida ko‘rib chiqamiz.
«Materiallar» schyoti korxona omboridagi materiallarni hisobga olish uchun ishlatiladi. Ma’lumki, davr boshiga omborda mavjud bo‘lgan materiallar (boshlang‘ich qoldiq) bu schyotning debetida aks ettiriladi. Kirimi debetiga, chiqimi-kreditiga yoziladi. Oxirgi qoldiq bu schyotda albatta debetida (yoki nolga teng) bo‘lishi kerak, chunki omborda mavjud bo‘lgan materiallardan ortiqcha sarflash mumkin emas.
«Debitorlar bilan hisob-kitoblar» schyoti korxonalar bilan bajarilayotgan xizmatlari bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Korxonaning xali bajarmagan, lekin haqi to‘langan xizmatlari uchun qarzi bu schyotning debetida boshlang‘ich qoldiq sifatida ko‘rsatiladi. Korxonalarning mazkur korxonaga bo‘lgan qarzining oshib borishi ham uning debetiga, uning uzilishi (qarzning to‘lanishi) esa - kreditiga yoziladi. Oxirgi qoldiq faqat debetli bo‘lishi (yoki nolga teng) mumkin, chunki xaridor o‘z qarzini boshqa korxonaga shu qarzidan ortiq summada to‘lamaydi.
Mulk (inventarlar)ni hisobga oladigan schyotlarga asosiy vositalar, uzoq muddatli ijarga olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, materiallar, yoki va bo‘rdoqiga boqilayotgan mollar, o‘zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar, tovarlar kiradi.
Pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar kassa, hisob-kitob schyoti, chet el valyutasidagi pul mablag‘lari, bankdagi maxsus schyotlar, qisqa muddatli investitsiyalar, pul ekvivalentlari, yo‘ldagi pul jo‘natmalar kiradi.
Xususiy kapitalni hisobga oladigan schetlarga ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foydalar kiradi.
Majburiyatlarni hisobga oladigan schyotlarga mol yuboruvchi va pudratchilarga to‘ladigan schetlar, olingan avanslar, sug‘urta tashkilotlardan bo‘lgan qarzlar, ta’sischilardan bo‘lgan qarzlar, ishchi va xizmatchilar bilan meyonat haqi bo‘yicha qarzlar, bank kreditlari va qarzlar va sh.k. kiradi.
Olinadigan schtelarni hisobga oladigan schetlarga xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schetlar, berilgan avanslar, turli debitorlar kiradi.
«Ustav fondi» va «Banklarning qisqa muddatli kreditlari» schyotlari namunaviy asosiy passiv schyotlar bo‘lib hisoblanadi. «Ustav kapitali (fondi)» schyoti korxonaning muassischilardan doimiy foydalanish uchun olingan mablag‘lar summasini (shu schyotning kreditida aks ettiriladigan boshlang‘ich qoldiq) va shu summalarning keyinchalik o‘zgarishlarini (fondning ko‘payishi va kamayishini tavsiflovchi krediti va debeti bo‘yicha aylanmalar) ko‘rsatadi. Bu schyotning oxirgi qoldig‘i faqat kredit bo‘lishi mumkin, chunki hamon korxona mavjudmi, u har doim o‘z mablag‘lariga ega bo‘ladi.


Asosiy aktiv schyotning ta’rifi

Debet

Kredit

Boshlang‘ich qoldiq - moddiy va pul mablag‘lari yoki ushbu korxonaga bo‘lgan mavjudligi aylanma -mablag‘lar kirimi (kelib tushishi) yoki debitorlarning ushbu korxonaga qarzining ko‘payishi

Debet oxirgi qoldiq



Asosiy va aylanma-mablag‘lar sarfi (chig‘ib ketishi yoki debetorlik qarzning) uzilishi

«Bankning qisqa muddatli kreditlari» schyotida korxonaning bank bilan undan olingan qisqa muddatli ssudalari bo‘yicha hisob- kitoblari hisobga olinadi. Korxonaning bankka ssuda bo‘yicha qarzi ushbu schyotning boshlang‘ich qoldig‘i sifatida aks ettiriladi. Qo‘shimcha ssuda olish natijasida qarzning ko‘payishi kreditga, kamayish (ssudaning korxona tomonidan uzilishi) - debetga yoziladi. «Bankning qisqa muddatli kreditlari» oxirgi qoldiq faqat kreditli (yoki nolga teng) bo‘lishi mumkin, chunki hisob-kitoblar to‘g‘ri yuritilganda qarzni to‘lash uchun o‘tkazib berilgan summa qarzdorlik summasidan ortiq bo‘lmaydi.


Asosiy passiv schyotlarning ta’rifi



Aylanma-fondning kamayishi
(korxonadan ilgari unga berilgan mablag‘larning olib qo‘yilishi), moliyalashning hisobdan chiqarilishi (undan foydalanish natijasida), korxona majburiyatlari yoki qarzlarning kamayishi
(uzilishi)

Boshlang‘ich qoldiq-korxonaning
mavjud fondi, olgan moliyaviy, majburiyatlari yoki qarzi. Aylanma (oborot)-korxona fondining ko‘payishi (ushbu korxonaga qo‘shimcha quyilmalar, fondga ajratmalar), majburiyatlar yoki qarzlarning ko‘payishi

Kredit oxirgi qoldiq





3.Tartibga soluvchi schetlar

Tartibga soluvchi schyotlar mablag‘lar turlarining baholanishi yoki mablag‘lar manbalarining summalarini tuzatish (korrektivlash) uchun mo‘ljallangan. Bu erda tuzatish joriy buxgalteriya hisobi tizimidagi asosiy schyotlardan tashqari u bilan bog‘langan alohida schyot kiritish va uning summasini mazkur ob’ektning katta-kichikligini topish maqsadida asosiy schyotning summasidan yoki undan ayirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.


Tartibga soluvchi schyotlardan foydalanish hisob ob’ektlarini har tomonlama tavsiflovchi real hisob ma’lumotlarini olish zaruriyatidan kelib chiqqan.
Tartibga soluvchi schyotlar tegishli ob’ektlar bo‘yicha har bir ob’ektni ikki xil summada (baholanishda) aks ettiruvchi ikki ko‘rsatkichga ega bo‘lishlik imkoniyatini beradi.
Tartibga soluvchi schyotlar chet el mamlakatlarida ham qo‘llaniladi, lekin u erda ulardan chiqarilgan, ammo hali taqsimlanmagan aksiyalarni hisobga olish uchun foydalaniladi.
Tartibga soluvchi schyotlar kontrar, to‘ldiruvchi va kontrar-to‘ldiruvchi schyotlarga bo‘linadi.
Kontrar schyotlar tartibga solinuvchi ob’ektlarning haqiqiy hajmini tartibga soluvchi summani ushbu ob’ektning dastlabki baholanishidan ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlash uchun xizmat qiladi. Ular ikki turli bo‘ladi: kontraktiv va kontrpassiv. Kontraktiv schyotlar asosiy aktiv schyotlarga qarama-qarshi qo‘yiladi va passiv hisoblanadi. Kontrpassiv schyotlar, aksincha, asosiy passiv schyotlarga qarama-qarshi qo‘yiladi va aktiv hisoblanadi.
Kontraktiv schyotga misol qilib «Asosiy vositalarning eskirishi» schyotini olish mumkin. Bu schyot yordamida olinadigan ko‘rsatkichlar xususiyatini aniqlash uchun u bilan bog‘liq bo‘lgan boshlang‘ich qoldiq summali «Asosiy vositalar» schyotini olamiz.

Download 7,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish