Mazkur o’quv-uslubiy majmua orqali talabalar o‘zini-o‘zi mustaqil nazorat qilishi va bilimlarini joriy nazoratdan o‘tkazishda foydalanilishlari mumkin


Balans tuzilishi va uning moddalari mazmuni



Download 7,44 Mb.
bet60/467
Sana06.02.2022
Hajmi7,44 Mb.
#432642
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   467
Bog'liq
buxgalteriya dars

2. Balans tuzilishi va uning moddalari mazmuni


Oldingi bobda ko‘rib chiqilgan xo‘jalik mablag‘larini iqtisodiy turkumlashning asosiy bo‘limlari bo‘yicha moddalarni aks ettirib va ularni guruhlab, bizning respublikamizda qabul qilingan balansni va uning asosiy moddalari mazmunini ko‘rib chiqamiz.


Balans aktivida mazkur korxona ixtiyoridagi mablag‘lar turi va ularning ma’lum davrda aylanishidagi joylanishi keltiriladi.
Masalan, aktivning birinchi moddasida dastlabki qiymatda berilgan «Nomoddiy aktivlar» korxona ixtiyoridagi sezilarsiz aktivlarning qiymatini tavsiflaydi. Navbatdagi «Amortizatsiya» moddasi nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati qanchaga kamayganini ko‘rsatadi. «Qoldiq qiymat» moddasi nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasini ayirib tashlangandan keyingi qolgan qiymatini aks ettiradi.
«Asosiy vositalar» dastlabki qiymat moddasida korxona ixtiyoridagi mehnat vositalarining qiymatini ko‘rsatadi. SHuningdek, qayta tiklash qiymati - eskirish va asosiy vositalarning qoldiq qiymati va hokazolarni aks ettiradi. «Ishlab chiqarish zahiralari» moddasi korxona ixtiyoridagi «Xom ashyo va materiallar», «YOrdamchi materiallar», «YOqilg‘i» va ombordagi boshqa ishlab chiqarish zahiralarining qiymatini umumiy summada aks ettiradi. «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasi korxonaning har xilssexlarida tayyorlanishi hali oxirigacha etkazilmagan buyumlarga qilingan sarflar summalarini aks ettiradi. «Tayyor mahsulot» - bu mazkur korxonada tayyorlangan va sotish uchun mo‘ljallangan buyumlardir. «Kassa» va «Hisob-kitob scheti» moddalarida muayyan daqiqada korxona ixtiyoridagi pul mablag‘lari summasini ko‘rsatiladi. «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar» va «Boshqa debitorlar bilan» va hokazo moddalarda esa boshqa korxonalarning ushbu korxonaga undan sotib olingan mahsulot uchun («Xaridorlar») va boshqa operatsiyalar bo‘yicha («Boshqa debitorlar») qarzidir.
Ko‘rinib turibdiki, aktiv moddalari juda aniq bo‘lib, ularning mazmuni ko‘p tushuntirishlarni talab qilmaydi. Passiv moddalari esa boshqachadir. Bu moddalardan ba’zilarining mohiyatini ularning qanday maqsadga tayinlinishiga qarab aniqlab olish har doim oson bo‘lavermaydi. Passivdagi har bir moddaning mazmunini aniq ko‘z oldiga keltirish uchun passiv umuman nimani aks ettirishini yaxshi bilib olish lozim. YUqorida aytilganidek, passiv aktivda ko‘rsatilgan mablag‘larning korxona mablag‘larning manbaini aks ettiradi.
Passivning birinchi moddasi «Ustav kapitali (fondi)»dir. Uning summasi korxonaning yaratilish paytida shakllantirilgan mablag‘lar miqdoridan iborat. Bunda korxonaning o‘z mablag‘larini umumiy summasi ko‘rsatiladi va bu manbaadan berilgan mablag‘larning o‘zi balans aktivining moddalarida aniq gavdalantirilgan bo‘ladi.
«Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» moddasida (kredit salьdosi) korxonaning faoliyat ko‘rsatishining boshidan boshlab hisobot davrigacha bo‘lgan vaqt ichida jamg‘arilgan (kapitallashtirilgan) foyda summasi aks ettiradi.
«Uzoq muddatli kreditlar» moddasida korxonaning bankka bo‘lgan qarzi aks ettiriladi. Bu moddada ko‘rsatilgan summa korxona tomonidan olingan uzoq muddatli bank kreditini aks ettirib, belgilangan davrda qaytarilishi kerak. Mazkur modda korxona ixtiyorida hozircha bo‘lgan (korxona tomonidan bankdan olingan) pul mablag‘larining miqdorini ko‘rsatadi deb o‘ylash noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki bank tomonidan kredit ko‘rinishida beriladigan pul mablag‘lari odatda korxonaning hisob-kitob schyotiga yozib qo‘yiladi yoki mol etkazib beruvchilardan bo‘lgan qarzni uzish uchun o‘tkaziladi. Demak, bu mablag‘ balansning boshqa moddalarida aks ettiriladi.
«Kreditorlar» moddasining «Mol etkazib beruvchilar va muddatchilar» qatorida keltirilgan summa korxonaning mol etkazib beruvchilardan sotib olingan har xil moddiy boyliklari uchun bo‘lgan qarzini ko‘rsatadi.
«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar» moddasida korxonaning ishchilar va xizmatchilariga hisoblangan ish haqiga doir majburiyatlari aks ettiriladi. Boshqacha qilib aytganda, bu modda korxona tomonidan ishchi va xizmatchilarning bajargan ishlari uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan ish haqi summasi qancha ekanligini ko‘rsatadi.
«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» moddasi korxonaning byudjet oldidagi undan undiriladigan har xil soliqlar va ajratmalarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarining summasini, ya’ni moliya organlariga bo‘lgan qarzning miqdorini aks ettiradi. To‘lanishi lozim bo‘lgan summa aniqlanganidan keyin, korxona o‘z balansining passivida shu modda bo‘yicha uning summasini ko‘rsatadi.
Buxgalteriya balansi quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi:
1. Tuzish vaqtiga qarab:
a) kirish balansi;
b) joriy (davriy) balans;
v) tugatish balansi;
g) ajralish balansi;
d) qo‘shilish balansi;
j) sanatsiya balansi.
2. Tuzish manbalariga qarab:
a) inventar balanslari. Faqat inventar (ro‘yxati) vositalari asosida tuziladi; ular qisqartirlgan varianti bo‘lib hisoblanadi. Banday balanslar mavjud mulk asosida yangi korxonalar vujudga kelganda yoki xo‘jalik o‘z shaklini o‘zgartirganda (davlat korxonalari aksioner jamiyatlariga aylantirilganda) talab qilinadi.
b) daftar balansi – inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan oldindan tekshirilmasdan faqat daftarlardagi yozuvlar asosida tuziladi;
v) bosh (generalniy) balans - hisob va invetarizatsiya ma’lumotlariga asosan tuziladi.
3. Axborot hajmi bo‘yicha:
a) yakka balans – faqat bir korxona axborotini aks ettiradi;
b) yig‘ma balans – barcha korxonalar mablag‘larini umumiy holatini aks ettiruvchi summalarni mexanik qo‘shish yo‘li bilan tuziladi;
4. Faoliyat xarakteri bo‘yicha:
a) asosiy balans – korxonaning asosiy faoliyat turi va ustaviga to‘g‘ri keladigan balans;
b) asosiy bo‘lmagan balans – korxonaning boshqa faoliyat turlari (yordamchi xo‘jaliklari, transport, turar joy-kommunal xo‘jalik va sh.k.) bo‘yicha tuziladigan balans.
5. Mulk shakli bo‘yicha:
a) davlat korxonalari balansi;
b) aksioner jamiyatlari balansi;
v) munitsipal (shahar boshqarmasiga qarashli) balansi;
g) qo‘shma korxonalar, kichik va xususiy korxonalar balansi.
6. Aks ettirish ob’ekti bo‘yicha:
a) yuridik shaxs bo‘lgan korxonaning mustaqil balansi;
b) alohida balans (filiallar,ssexlar, bo‘linmalar balansi).
7. Tozalanish usuli bo‘yicha:
a) brutto-balansi – bu barcha tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balans;
b) netto-balans – bu barcha tartibga soluvchi moddalarni chiqarib tashlab tuzilgan balans;
Bizning respubikamizda netto-balansi qo‘llaniladi.



Download 7,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish