Hisob-kitobcheki - hisobvaraq egasi (chek beruvchi) ning hisobvarag‘idan muayyan -summani oluvchi (chek ushlovchi)ning xo‘isobvaragiga o‘tkazish to‘g‘risida bankning maxsus blankida to‘zilib, bankka yozma ravishda bergan topshiriqdir.
Hisob-kitob cheklari, nafaqat xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan jismoniy shaxslar o‘rtasida nakd pulsiz hisob-kitob qilishla qo‘llaniladi.
Hisob-kitob cheklari quyidagi turlarga bo‘linadi
. bank aktseptlamagan cheklar;
bank aktseptlagan cheklar;
egasining nomi yozilgan (Hisob-kitob) cheklari - bir martaliq
limitlangan daftarchalar cheklari.
Chek blanklari Markaziy bank bilan kelishib belgilangan andozada, tijorat banklarining buyurtmalari bo‘yicha tayyorlanadi. Chek daftarchalarining blanklari qat’iy Hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi. Limitlangan chek daftarchalaridan berilgan cheklar ularni xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etish uchun 10 kun mobaynida amal qiladi. Bunda ular yozib berilgan kun hiobigas kirmaydi. Cheklar to‘lov summasi belgilangan vaqtda yozib boriladi. Chek daftarchalarining egalari ularni mahsulot etkazib beruvchilar (chek bo‘yicha pul oluvchilar)ga berishi, shuningdek tuldirilmagan chek blanklariga imzo chekib qo‘yishi takikdanadi.
Daftarchadan cheklar berilayotganda mablag‘larning deponentga kuyilishi 5521-«Chek daftarchalari” hisobvarag‘i debetida hamda 5110-«Hisob-kitob schyoti», 5210-«Valyuta schyoti», 6810-«Qisqa muddatli kreditlar» hisobvaraqlari va shunga o‘xshash boshqa hisob-varaklarning kredit kismida aks ettiriladi. Bankdan olingan chek daftarchalari bo‘yicha summalar korxona bergan cheklar puli tulanishiga karab, ya’ni bank o‘ziga taqdim etilgan cheklar pulini tulagan (bank bergan ko‘chirmalarga muvofiq) summalarda 5520-«Chek daftarchalari» hisobvarag‘i kreditidan hisob-kitoblar hisobi yuritiladigan hisobvaraqlar debetiga utkazib turiladi. Berilgan, lekin bank pulini tulamagan cheklar bo‘yicha summalar 5520-«Chek daftarchalari» hisobvarag‘ida koladi, 5520-«Chek daftarchalari» hisobvaraqlar bo‘yicha saldo bank bergan ko‘chirmadagi saldoga mos kelishi lozim. Bankka kaytar (foydalanilmagan) cheklar bo‘yicha summalar 5520-«Chek daftarchalari» hisobvaraq kredit kismida 5110-«Hisob-kitob schyoti» yoki 5210-«Valyuta schyoti» hisobvaraqdari korrespondentsiyada aks ettiriladi.
5520-«Chek daftarchalari» hisobvarag‘i yuzasidan tahliliy hisob olingan har bir chek daftarchasi bo‘yicha yuritiladi. Korxonalarning aloxo‘ida balans bilan ajratilgan va joriyharajatlar qilish uchun mahalliy bank muassasalarida joriy hisobvaraqlar och filiallari, unga kiruvchi tarkibiy bo‘linmalar yukorida aytilgan mablag‘lar harakatini 5500-«Banklardagi maxsus hisobvaraqlar» hisobvarag‘ining alohida analitik hisobotida aks ettiradilar. Xorijiy valyutada pul mablag‘lari mavjudligi hamda har hisobi 5500-«Banklardagi maxsus hisobvaraqlar» hisobvarag‘ida alohida yuritiladi. Mazkur hisobvaraqda tahliliy hisob yuritilishi mamlakat xududida va xorijda aktivlar, chek daftarchalari va shu kabilardagi pul mablag‘lari mavjudligi hamda har to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.