1.4.GLOSSARIY
Asosiy vositalar - deb, korxonada ko‘p yil foydalaniladigan mehnat qurollari: ya’ni binolar, inshootlar, mashinalar va asbob-uskunalar.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanish - korxonaning biznes-rejasiga yoki o‘tgan yillarga nisbatan asosiy fondlar bilan qurollanish darajasi.
Aktiv (faol) asosiy fondlar - kuch beradigan mashinalar va asbob-uskunalar, ish mashinalari, o‘tkazgich jihozlar, o‘lchash va tartibga solish asboblari.
Asosiy fondlarning eskirish koeffitsienti - asosiy fondlarning eskirish so‘mmasini (balans aktivining 1-bo‘limi) ularning boshlang‘ich qiymatiga (balans aktivining 1-bo‘limi) bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |