Metodologiya(uslubiyat) – muayyan fanning predmetini o‘rgatish usuli, unda qo‘llaniladigan yondashuvlar, usullar majmuasi.
Materiallar samarasi – moddiy xarajatlarning bir so‘mi hisobiga qancha mahsulot ishlab chiqarilganligini ko‘rsatadi.
Material sig‘imi – bir so‘m tovar mahsuloti ishlab chiqarish uchun qancha (necha tiyin) moddiy xarajatlar to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.
Moliyaviy natija – korxona faoliyatining foyda summasi va rentabellik darajasida ifodalanaigan yakunidir.
Muddatli likvidlik koeffitsienti – u pul mablag‘lari, sof debitorlik qarzlari summasini joriy majburiyatlarga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Mutlaq likvidlik koeffitsienti – u pul mablag‘larining joriy majburiyatlariga nisbati sifatida aniqlanadi.
Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti – u korxonaning o‘z mablag‘larining xo‘jalik mablag‘lari umumiy summasiga nisbati tariqasida aniqlanadi.
Mehnat omillari – korxonaning ishchi kuchi bilan ta’minlanishi, ish vaqtidan foydalanish va mehnat unumdorligi darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |