Test savollari:
1. Amaldagi balans shakli qachon qabul qilingan?
A. 1977 yil 27 yanvarda.
B. 2002 yil 7 fevralda.
V. 2004 yil 1 yanvarda.
G. 1977 yil 1 yanvarda.
D. 2002 yil 1 yanvarda.
2. Amaldagi buxgalteriya balansi necha qismdan va satrdan iborat?
A. 2 qism, 550 satrdan.
B. 2 qism, 560 satrdan.
V. 4 qism, 550 satrdan.
G. 4 qism, 560 satrdan.
D. 2 qism, 510 satrdan.
E. 4 qism, 510 satrdan.
3. Xo‘jalik muomalalarining buxgalteriya balansiga necha xil turdagi ta’siri mavjud?
A. 2 B.3 V.4 G.5
3.2 – MAVZU. “SCHETLAR TIZIMI VA IKKIYOQLAMA YOZUV”
REJA:
1.Schetlar to’g’risida tushuncha va ularni turkumlash
2.Asosiy schetlar
3.Tartibga soluvchi schetlar
4. Yig’ib taqsimlovchi schetlar
Korxonaning xo‘jalik muomalalari tegishli axborot tashuvchilar asosida schyotlarda aks ettiriladi hamda shu muomalalar ta’sir qiladigan mablag‘lar mavjudligi qayd etiladi. Shunday qilib, schyotlar yordamida xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik muomalalarining joriy ettirilishi va shu bilan bir vaqtda yig‘ma ko‘rsatkichlarni olishni ta’minlovchi hisobning bir turdagi ob’ektlarini iqtisodiy guruhlash amalga oshiriladi. Undan tashqari, schyotlar xo‘jalik faoliyatining borishi ustidan tezkor nazoratni yuritish imkonini beradi.
Demak, schyotlar - bu xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik muomalalarini joriy aks ettirish, iqtisodiy guruhlash va tezkor nazorat qilish usuli deb ta’riflasak bo‘ladi. Schyotlarning ko‘rinishi hisob yozuvlar qilinadigan jadvalga o‘xshaydi.
Schetlardagi yozuvlar, hisobga olinayotgan ob’ektlarning xususiyatiga qarab har xil o‘lchagichlarda - natura, mehnat va pul o‘lchagichlarida olib boriladi. Lekin ma’lumotlarni natura va mehnat o‘lchagichlarida ifodalash bilan birga schyotlardagi barcha ma’lumotlar albatta pul o‘lchagichda ham ko‘rsatiladi. Bu umumlashtirilgan, yakuniy ko‘rsatkichlarni olish uchun zarurdir.
Xo‘jalik mablag‘larini harakati tegishli balans moddalarini ko‘payishiga yoki kamayishiga olib keladi. Masalan, kassadagi naqd pullarni harakati ularning g‘aznaga kelib tushishi («Kassa» moddasining ko‘payishi) yoki undan berilishi («Kassa» moddasining kamayishi) bilan tavsiflanadi; mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning harakati - bu korxonaning mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzning ko‘payishi («Mol etkazib beruvchilar» moddasining o‘sishi) yoki uning uzilishi «Mol etkazib beruvchilar» moddasaning kamayishiga olib keladi.
Schetdagi umumiy summani hisoblab chiqishni osonlashtirish uchun mablag‘larni ko‘payishini, ularning kamayishidan alohida ajratib ko‘rsatish qulayroq, shuning uchun schyot ikki qismga bo‘linadi: chap va o‘ng tomonga. Uning biri (chap tomoni) debet, boshqasi (o‘ng tomoni) kredit deb nomlanadi.
Hisobning har bir ob’ekti hamda, mablag‘lar va manbalarning har bir turi uchun alohida schyotlar ochiladi. Debet va kredit bo‘yicha yozilgan muomalalar summalarining jami aylanma (oborot) deb nomlanadi. Schyotning bir tomonida qayd etilgan summalar bilan uning boshqa tomonida ko‘rsatilgan summalar o‘rtasidagi farq qoldiq yoki saldo deb nomlanadi. Qoldiqlar debeti kreditidan ortiqmi yoki aksinchami ekanligiga qarab, debetli yoki kreditli bo‘lishi mumkin. Yangi qoldiqni aniqlash uchun avval mablag‘larni ko‘payganligini ko‘rsatuvchi aylanma summani boshlang‘ich qoldiqqa qo‘shiladi, so‘ngra uning kamayishini aks ettiruvchi aylanma summasi ayirib tashlanadi. Agar qoldiq bo‘lmasa, schyot yopilgan hisoblanadi.
Aktiv va passiv schyotlarning ta’rifini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |