Mazkur o’quv-uslubiy majmua orqali talabalar o‘zini-o‘zi mustaqil nazorat qilishi va bilimlarini joriy nazoratdan o‘tkazishda foydalanilishlari mumkin



Download 7,44 Mb.
bet282/467
Sana06.02.2022
Hajmi7,44 Mb.
#432642
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   467
Bog'liq
buxgalteriya dars

Tayyor mahsulot deb – korxonadagi barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib bo‘lgan, tayyor holga keltirilgan belgilangan davlat standarti va texnikaviy shartlarning barcha talablariga javob beradigan hamda texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilingan yoki buyurtmachilarga topshirilgan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxona-lar uchun bajarilgan ish, xizmatlar hamda ushbu korxonaga karashli ishlab chiqarishdan tashqari xo‘jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar ham kiradi.
Korxona mahsulotni iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomalar reja topshiriqlari asosida bozor talablarini o‘rganish kabi masalalarga katta e’tibor bergan holda ishlab chiqaradi. Sanoat mahsuloti natura va qiymat ko‘rsatkichida hisobga olinadi. Natura ko‘rsatkichlari mahsulotni ularning tabiiy xususiyatlariga karab, mivdori, soni va ogirligini tavsiflab beradi, bu ko‘rsatkichlardan tayyor mahsulotni miqdoriy jihatdan hisobga olish uchun foydalaniladi. Tayyor mahsulot (ish, xizmat) ni natura ko‘rsatkich-larining puldagi ifodasi uning qiymat ko‘rsatkichini ifodalaydi.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulot, uni ortib jo‘natish vazifalariga quyidagilar kiradi:

  1. Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma xo‘jalik
    operatsiyalarini hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish;

  1. Mahsulot (ish, xizmat) sotishda shartnomalar bajarilishi ustidan nazorat
    urnatish;

  1. Sotilgan mahsulotning assortiment va hajmi bo‘yicha hamda sotish rejasining
    bajarilishini nazorat qilish;

  2. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan davr harajatlarini o‘z
    vaqtida aniq hisob-kitob qilish;

  3. Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni aniq hisob-kitob qilish, foyda summa-
    sini to‘g‘ri aniqlash va boshqalar.

Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning bir maromda ishlashiga, ombor xo‘jaligi va mahsulot sotishni to‘g‘ri tashkil qilishga, xo‘jalik operatsiya-larining hujjatlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirilishiga bog‘liqdir.
«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMSga muvofiq (5.3-band) tayyor mahsulot xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bo‘lgan aktivlar hisoblanadi va ular xo‘jalik yurituvchi subyektning kundalik faoliyatida sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulot, tovarlar sifatida korxonaning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga kiradi. Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi, uning harakati, sotilishi va haridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni aks ettiradi.
Ombordagi mahsulot deganda, ishlab chiqarishning barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib, texnika nazorati bo‘limi tomonidan omborga benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga mo‘ljallangan tovar mahsuloti tushuniladi. Jo‘natilgan mol (tovar)lar deb, haridorlarga yoki iste’molchilarga jo‘natilgan, lekin uning uchun haridorlar trmonidan xali puli tulanmagan yo‘ldagi mahsulotga aytiladi. Ma’sul saqlashga qabul qilingan mol (tovar)lar deb, haridorlarga jo‘natilgan tovar mahsulot har xil sabablarga ko‘ra (sifatiga ko‘ra haridorning talabini qondirmaydigan, haridorlarga adashib borib kolgan, ya’ni bir korxonaning o‘rniga ikkinchi korxonaga shartnomadan tashqari borib kolgan tovarlar va shu kabilar) sotib olish uchun qabul kilinmay qolgan bo‘lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o‘z javobgarligiga qabul kilib olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga xabar qiladilar. Shuning uchun bunday mollar mas’ul saqlashga qabul qilingan mollar deb yuritiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda kurgazmada kuyilgan tayyor mahsulotni ham kiritish mumkin. Chunki ko‘rgazmaga qo‘yilgan tayyor mahsulot ham korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar dir.

Download 7,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish