Masalaning qoyilishi:
Tinglovchilar tomonidan Informatika o’qitish metodikasi
faniga oid hamkorlikda tarmoq ta’lim resurslarini yaratishlari lozim.
Nazariy material
Google Drive (Google Disk) -
fayllarni saqlash va ular bilan ishlash uchun joy.
Bu boshqa foydalanuvchilar bilan bir vaqtning o’zida hujjatlar ustida hamkorlikda
ishlashga imkon beradi. Masalan, hamkasblari bilan qo’shma loyihani tayyorlash, har
qanday tadbirlarni rejalashtirish yoki sheriklar bilan xarajatlarni hisobga olish. Ushbu
xizmat yordamida siz bulutga jami 30 turdagi har qanday fayllarni, jumladan video,
fotosurat, PDF, matnli hujjatlar va boshqalarni yuklashingiz va doimiy kirish huquqiga
ega bo’lishingiz mumkin.
Google Диск:
▪
Fayllarni yaratish va ular ustida hamkorlikda ishlash.
Endi Google Docs
Google Drive-ning bir qismiga aylandi. Boshqa foydalanuvchilar bilan birgalikda
hujjatlarni, taqdimotlarni va elektron jadvallarni real vaqtda tahrirlash mumkin.
Bundan tashqari, har qanday turdagi fayllarda (PDF, rasmlar, videolar va hk) sharhlar
qoldirish va ularga javob berish ham mumkin. Agar boshqa foydalanuvchilar umumiy
hujjat haqida fikr bildirsalar, bu haqda xabarnoma olish mumkin.
▪
Fayllarni himoya qilish va ularga istalgan joydan, shu jumladan mobil
qurilmalardan kirishni ta’minlash.
Kerakli har qanday formatdagi barcha fayllar har
doim uyda, ofisda yoki ta’tilda, qaysi qurilmadan foydalanganingizdan qat’iy nazar
“qo’lingizda” bo’ladi. Google Drive-ni shaxsiy kompyuterlarga (PC va Mac) o’rnatish,
Android mobil qurilmalari uchun Google Drive dasturini yuklab olish mumkin.
Bundan tashqari, hozirda iOS qurilmalari uchun dastur ustida ishlanmoqda. Ko’zi ojiz
foydalanuvchilar Google Disk bilan matnni nutqqa aylantiradigan maxsus dastur yoki
ekran o’quvchi yordamida ishlashlari mumkin.
▪
Kerakli fayllarni osongina topish
. Kalit so’zlarni qidirish va natijalarni fayl
turi, egasi va boshqa mezonlarga ko’ra filtrlash mumkin. Google Drive hatto
skanerlangan hujjatlardagi matnni optik belgilarni aniqlash texnologiyasidan
foydalangan holda “o’qiy oladi”. Misol uchun, eski gazeta bo’lagi qirqib olingan
bo’lsa, maqolaning matniga ko’ra qidirib topish mumkin. Bundan tashqari, Google
Drive-da tasvirni aniqlash texnologiyasi Integratsiya qilingan. U quyidagicha ishlaydi:
84
agar Buxoroga qilgan sayohatdagi fotosuratlar Google Drivega sudrab olib tashlansa,
unda [Buxoro] qidiruv so’rovi amalga oshirilganda, u natijalarda paydo bo’ladi.
▪
Google Drive-da 15 Gbaytgacha ma'lumotlarni bepul saqlash va 100 Gb gacha
bo'lgan hajmni sotib olib, kengaytirishingiz ham mumkin.
Bulutli xizmat ko'rsatuvchi provayderlar tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlar:
✓
matnli hujjatlarni yaratish va tahrirlash imkoniyati;
✓
matematik jadvallarni yaratish va ular bilan ishlash imkoniyati;
✓
elektron taqdimotlarni yaratish va namoyish qilish;
✓
oddiy (vektorli) tasvirlarni yaratish;
✓
grafik fayllarni (fotosuratlarni) tahrirlash;
✓
foydalanuvchi
ma'lumotlarining
zaxira
nusxalarini
saqlash
uchun
provayderning disk maydonidan foydalanish;
✓
elektron pochta xabarlarini yuborish va qabul qilish imkoniyati.
В числе наиболее популярных «облачных» сервисов можно выделить
следующих представителей:
Eng mashhur bulutli xizmatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
✓
Google qidiruv tizimidan Google Drive;
✓
Microsoft korporatsiyasining Office veb-ilovalari(Office Web Apps);
✓
Apple korporatsiyasidan Apple iCloud;
✓
Dropbox kompaniyasidan Dropbox;
✓
Amazon kompaniyasidan Amazon Cloud Drive;
✓
Autodesk kompaniyasidan Pixlr.
Quyidagi veb-brauzerlar Google Drive-ning to'g'ri ishlashini ta’minlaydi:
▪
Google Chrome;
▪
Firefox;
▪
Safari (4 vaersiyasidan boshlab);
▪
Internet Explorer (8 vaersiyasidan boshlab).
Har qanday bulutli saqlash xizmatidan foydalanish uchun avvalo rо‘yxatdan
о‘tish zarur. Elektron pochta manzili va bulutga kirish uchun foydalanuvchidan yangi
parol talab qilinadi. Misol tariqasida biz mashhur Google xizmatidan foydalanishni
kо‘rib chiqamiz. Uning rasmiy veb-sayt
https://google.com.
Sahifa yuklangandan so’ng, brauzerda sayt taklif qiladigan xizmatlar ro’yhatidan
-pochta xizmati tanlanadi. Agar shaxsiy akkaunt yaratilmagan bo’lsa hosil bo’lgan
sahifadagi
tugmasi yordamida shaxsiy akkaunt yaratish anketasi hosil
qilinadi va anketa savollariga javob kiritiladi.
85
Do'stlaringiz bilan baham: |