Mazkur ishchi o‘quv dasturi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Kengashining 2020 yil " " dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.



Download 15,59 Mb.
bet54/154
Sana30.04.2022
Hajmi15,59 Mb.
#596133
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   154
Bog'liq
Доривор усимликлар Уруғчилик ва кучатчилик УМК 24 11 2021 й охири

Nazorat savollari:
1. Urug’ning nav sifatini ayting.
2. Urug’larning ekish sifatiga qaysi ko’rsatkichlar kiradi.
3. Urug’larni saqlash usullari.
10-MAVZU: DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’LARINI EKISHGA TAYYORLASH
Reja:

  1. Urug’larni yig’ib olish va qayta ishlash.

  2. Dorivor o’simlik urug’larini termik qayta ishlash.

  3. O’simliklarni meva va urug’larini ekishga tayyorlash.



Tayanch iboralar: dorivor o’simlik, puch, lat yegan, urug’, nav, petri likopcha, filtr qog’oz, termostat, pintset, taxlil, yumaloq, yassi, ponasimon, silliq, g’adir-budur, sertuk, bakteriya, fuzarioz, ivitish, muzlatish, Skarifikatsiya, stratifikatsiya.


Urug’larini yig’ib olish va qayta ishlash. O’simik turli va daraxt turlarining urug’lari yetilishi ularning biologik xususiyatiga urug’ pishib yetilish davridagi ob-havo bog’liq holda yilning turli vaqtiga to’g’ri keladi. Past xarorat ularning pishib yetilishini susaytiradi. Urug’ ashyosini tayyorlashni ma’lum bir muddatlarda amalga oshirish zarur. Urug’lar pishib yetilgandan keyin yig’ib terib olinadi. Urug’larning pishib yetilishi fiziologik va texnik yetilishga bo’linadi:
Fiziologik yetuklik davrida urug’ zarodishi o’sish qobiliyatiga ega bo’ladi, lekin urug’ (meva) daraxtda qolib o’sib-rivojlanishni davom ettiradi. Bu davrda urug’da suv miqdori kamayib quruq moddalar ortib boradi. Keyinchalik urug’ texnik (hosil) yetuklikga o’tadi, unda urug’dagi oziq moddalar saxaroza, Uraminokislotlar va yog’ kislotalari shaklida bo’ladi. Oddiy shakldagi moddalar shakliga o’tadi fermentlar ishqorligigining intensivligi susayib boradi. Tashqi qoplami suv va havo o’tkazmaydigan zich qoplamga aylanadi. Urug’da biologik jarayonlar to’xtaydi va ular chuqur turg’unlik xolatiga o’tadi. Urug’larning pishib yetilishi mevalarning tashqi belgilariga xarakterli bo’lgan bir necha fazani o’tadi.
Urug’ va mevalarni yig’ib terib olish muddati o’simliklarning biologik xususiyatiga, urug’larning yetuklik holatiga va ularning uzilib tushish muddatiga bog’liq texnik yetuklikka kirishi bilan urug’lar uzulib yerga tushadi va hosilning bir qismi yo’qotiladi. Shuning uchun bunday hususiyatga ega bo’lgan o’simliklardan urug’lar fiziologik yetuklik davrida yig’ib terib olish tavsiya etiladi.
Urug’larni yig’ib terib olish muddatlari. Fiziologik yetuklik davrida yig’ib terib olingan urug’lar yaxshi shamollantiriladigan xonada pishib yetilishi uchun saqlanadi, keyin mevasidan urug’ ajratiladi.
O’simliklar pishib yetilgan davrida ham mevasi saqlanib qoladigan daraxt turlaridan urug’ ashyosi texnik yetuklik davrida yig’ib terib olinadi va urug’ qishda saqlanishi mumkin. Agarda jo’ka, oddiy shumtol donaklilarning urug’larini yozda stratifikatsiyalansa yoki erta kuzda ekilsa, ularning mevasini yozda fiziologik yetuklik davrida yig’ib terib olinishi kerak.
Texnik yetuklik davrida yig’ib-terib olingan mevalardan olingan urug’lar uzoq muddat turg’unlik holatiga ega bo’ladi va bahorda ekilgan urug’, keyingi yilning bahorda unib chiqadi, unuvchanlik darajasi juda past bo’ladi.
O’zbekistonda o’sadigan ko’pchilik o’simliklarda texnik yetuk urug’ (meva) sentyabr-oktyabr oylarida shakllanadi va uzoq muddatga (bahorgacha) daraxt shoxlarida saqlanadi. Ularning urug’larini yuqorida aytilgan ya’ni martgacha yig’ib terib olish mumkin.
Urug’lar uzoq muddat saqlanishi mo’ljallangan hollarda ular daraxtlardan texnik yetukli, ya’ni to’liq pishib yetilgandan keyin yig’ib terib olinadi.
O’simliklarni oldindan o’rganish. Urug’ hom ashyosini yoppasiga yig’ib terib olishdan oldin urug’li daraxtzorlar (O’UP, DO’UU, VO’UU va boshqalar) o’rganib chiqiladi. Maqsadi urug’ hosilini oldindan aniqlash, ularning ekish sifatini va kasallanganlik, zararlanganlik darajasini o’rganishdir.
Meva va urug’lar o’simliklardan yig’ib - terib olinadi. Ular oldindan o’rganilganda urug’idan foydalanish yaroqli deb topilgan bo’lishi kerak.
Daraxt turlariga bog’liq holda urug’lar homashyosi yerdan (to’kilgan urug’lar), o’sib turgan yoki kesilgan daraxtlardan yig’ib terib olinadi.
O’simlik urug’lar homashyosini qayta ishlash. Tayyorlangan meva va urug’lar qayta ishlanmasdan tug’ridan tug’ri ekish uchun foydalanib bo’lmaydi.
Urug’ xom-ashyosi qayta ishlashga urug’larni meva va qubbalardan ajratish, ularni qanotsizlashtirish, qo’shilmalardan tozalash va standart namlikgacha quritish ishlari kiradi.
Urug’larni ekish sifati va saqlash samarasi asosan ularni qayta-ishlashga bog’liq. Urug’ hom-ashyosini qayta ishlash va saqlash rejimini belgilashda urug’ga ikki qismdan, zarodish va zapas oziq moddalardan, iborat biologik sistema sifatida qaralishi zarur. Urug’ni yig’ib terib olinishi davrida ulardagi biologik sistema turg’unlik holatida bo’ladi. Bu urug’larni ekishga bo’lgan davr ichida yaxshi saqlash imkonini beradi. Ularni tashishda ham biologik sistema turg’unligi buzilmaydigan optimal sharoit yaratiladi.
Turg’unlikdagi urug’ning biologik sistemasini harakatga keltirish ya’ni turg’unlikni buzish, ularga yuqori harorat, yorug’lik energiyasi va shu kabi boshqa omillarni ta’sir ettirish bilan amalga oshiriladi.
Urug’larni meva va qubbalardan ajratish. Qubbalardan urug’ni ajratish ochiladigan qubbalardan urug’ ajratish. Ochilmaydiganlardan urug’ ajratish va archa mevalardan urug’ ajratish usullariga bo’linadi.
Archa mevasidan urug’ ajratish fiziologik yetuklik va texnik yetuklik mevalardan ajratish usullariga bo’linadi. Quruq va xo’l mevalardan urug’ ajratish. Quruq mevalardan urug’ ajratishda ular yanada ko’rsatiladi, urug’ tozalash mashinasida (SOM-1, SUM-1) maydalanadi va qo’shilmalardan tozalanadi.
Meva qobig’idan O’zO’XITI kashf etgan konstruktsiyasi bo’yicha FOK -1 Krutinkova mashinasida ajratiladi.
Xo’l mevalar va rezovor mevalar imkoniyat darajada yig’ib terib olinishi bilan yoki qisqa muddat ichida (1-3 kun) qayta ishlanishi tavsiya etiladi, aks holda ular ochib, o’z-o’zidan qizib urug’larning hayot qobiliyati pasayib ketadi. Xo’l mevalardan urug’larni sharbatlar, murabbo va qiyomlar uchun homashyo tayyorlashlar bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin. U holda urug’lar shikastlanmasligi va yuqori haroratga uchramasligi zarur yirik xo’l mevalar uchun mevani maydonlash, kesish va surkash (terka) usullaridan foydalaniladi. Yong’oqlar uchun MOO-1 mashinasidan foydalaniladi.Donaklilarning urug’i mevasidan donak ajratish mashinalarida amalga oshiriladi. Ayrim mevali daraxt urug’lari mevalaridan ezib keyinchalik sovuq suvda etidan yuvib ajratish usulida olinadi. Keyinchalik urug’lar tegishli qalinliklarda quritiladi, tozalanadi va saralanadi.
Mevasining yig’ib-terib olish mexanizatsiyalashtirilgan, qo’lda yig’ib terib olinadi. 2-3 yillik shoxlarini sindirmaslik tavsiya etiladi, aks holda keyingi yilgi hosili nobud bo’ladi. Shamolsiz ob-havoda mevasini ularni silkitib yoki tayoqcha bilan urib oldindan tozalangan yerga yoki to’shalgan tentga tushiriladi.
Meva turlariga qarab ular qo’lda va mexanizatsiyalar yordamida yig’ib olinadi. MTZ-52, T-74, DT-75 traktorlariga tirkaladi. Ish unimini oshiradi. Yuqori sifatli dorivor o’simliklarni faqat faqat sog’lom nav urug’lardan olish mumkin. Puch, lat yegan, pishmagan urug’larda yashash xususiyati yo’q va ularni saralash zarur. Kam qimmatli aralashmalarni ishlatmaslik kerak.
Ekiladigan urug’lar unib chiqish qobilyati va tozalikning yuqori ko’rsatkichlariga ega bo’lishlari lozim. Bu ko’rsatkichlar GOST o’rnatgan usullar bilan davlat urug’lik nazorati inspektsiyasida aniqlanadi.
Unib chiqishni tekshirish uchun 4 ta sinovda asosiy navning 100 tadan urug’i olinadi va ularni petri kosachasi, likopcha, sayoz idishlarga solib suv bilan namlanadi. Urug’lar tagiga filtr qog’oz to’shalsa maqsadga muofiq bo’ladi. Urug’ni issiq joyda, yaxshi termostatlarda undirilsa ayni muddao bo’ladi. Xar kuni unga pintset yordamida olinib, sanab yozib boriladi. Unib chiqarish so’ngida sinov bo’yicha ungan umumiy urug’lar soni hisoblanadi va va unib chiqishning urtacha foizi aniqlanadi. Tozalikni aniqlash uchun 0,5 dan 10 g gacha bo’lgan urug’larni kattaligiga ko’ra ikki qism qilib olinadi. Qismlar asosiy nav urug’i va chiqitlarga ajratiladi. Taxlil (analiz uchun) olingan qism og’irligiga ko’ra, asosiy nav urug’i og’irligi foizlarda belgilanadi.
Ekiladigan urug’ extiyojini belgilash uchun ularni xo’jalik ishlariga yaroqliligini aniqlash zarur, bu esa unib chiqish foizini, tozalik foiziga ko’paytirib, keyin 100 ga bo’lib topiladi. Dorivor o’simlik urug’larining xo’jalik ishlariga yaroqliligi 50 dan 95 % gacha bo’ladi.
Barcha urug’lar yirik-maydaligiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’lish mumkin.

  1. Juda mayda 1 g da 250000 gacha;

  2. Mayda 1 g da 5000 dan12,500 gacha;

  3. O’rtacha 1 g da 500 dan 600 ta gacha;

  4. Yirik 1 g da 100 dan 300 ta gacha;

  5. Juda yirik 1 g da 1 tadan 35 tagacha;

  6. Ulkan (kakos) 1 tasi 0,5-0,8 kg;

Bundan tashqari urug’lar shakli bo’yicha yumaloq, yassi, ponasimon, rangi bo’yicha oqdan-qoragacha va sirti bo’yicha silliq, g’adir-budur, sertuk va xakozo bo’ladi.
Urug’lar juda yaxshi unib chiqishi va ulardan sog’lom o’simliklar olish uchun maxsus tarzda qayta ishlanadi. Urug’larni tayyorlashning asossiy usullari quyidagilardir.
Urug’larni dorilash o’simlik ko’chatlarini kasalliklardan asraydi. U quruq va nam bo’lishi mumkin.
Quruq dorilash uchun odatda granozan (faqat bo’yovchi bilan) preparati ishlatiladi. 1 kg urug’ni dorilash uchun 1 g preparat yetadi. Ekishdan 3-5 soat oldin urug’larga preparat sepiladi yoki aralashtiriladi. Dorivor o’simliklarni bakteriyali chirish va fuzarioz bilan kurashish uchun TMTD qo’llaniladi.
Urug’larni termik qayta ishlash o’simliklar turlariga ko’ra 50-55 daraja issiq suvda 2 soatdan 12 soatga o’tqaziladi.

Download 15,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish