Mazkur hujjatga asosan



Download 28,82 Kb.
Sana02.03.2022
Hajmi28,82 Kb.
#477494
Bog'liq
Kirish


KIRISH
Respublikamiz Mustaqilligi yillarida iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlar qatori qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati ham jadal taraqqiy etdi.
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari va ezgu g‘oyalari bilan bugun mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida keng ko‘lamdagi qurilish-bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarining jadallik bilan olib borilayotganligi, qurilish tarmog‘i va hajmi yil sayin rivojlanib borayotganligi sohani yanada taraqqiy ettirishni taqoza etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 fevraldagi PQ-4198-sonli “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada qisqartirish, qurilish materiallari sanoatini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlashni tashkil etishni rag‘batlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini diversifikatsiya qilish va eksport hajmini kengaytirish, tarmoqqa investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish maqsadida qabul qilindi.
Mazkur qarorga ko‘ra, O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi (keyingi o‘rinlarda – «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi) tashkil etiladi.
«O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv organlari yig‘ilishlarida uning xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitallaridagi aksiyalari (ulushlari) paketlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish orqali jamiyatni tugatish masalalarini ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Mazkur hujjatga asosan:
qurilish materiallari sanoatining ixtiyoriy asosda kiruvchi korxonalari «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining a’zolari hisoblanadi;
«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi uyushma ta’sischilarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlanadi;
«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi taqdimnomasi bo‘yicha uyushma ta’sischilarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan saylanadi;
«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasini joriy ta’minlash va uning faoliyatini moliyalashtirish uyushma a’zolarining badallari va ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Quyidagilar «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi a’zolari manfaatlarini ifoda etish va himoya qilishni ta’minlash, shuningdek, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ularga takliflar kiritish;
yuqori qo‘shilgan qiymatli qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, shuningdek, ixtisoslashgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirish uchun investitsiyalar, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlik qilish;
Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga kiritilgan va amalga oshirish muddatlari jadallashtiriladigan investitsiya loyihalarining RO‘YXATI

2-ILOVA
2021 — 2025-yillarda kimyo korxonalarida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mavjud xomashyo bazasidan samarali foydalanish orqali yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan yangi investitsiya loyihalari RO‘YXATI


3-ILOVA
Kimyo sanoatida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mavjud xomashyo bazasidan samarali foydalangan holda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan eksportbop, import o‘rnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”


4-ILOVA
Ilmiy klasterni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh TARKIBI


5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalartalab etilayotgan sifatli mahsulot ishlab chiqarish turlarini kengaytirish, ichki bozorni import o‘rnini bosuvchi va raqobatbardosh qurilish materiallari hamda mahalliy ishlab chiqarilgan buyumlar bilan to‘ldirish, shuningdek, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi a’zolari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;


hududlarning salohiyatini yanada rivojlantirish istiqbollaridan, xom ashyo bazasi, infratuzilmalar, mehnat va boshqa resurslar hamda bozorlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda korxonalarni joylashtirishga ko‘maklashish.
Qarorning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, 2022 yil 1 yanvarga qadar korxonalarning shartnomalar bo‘yicha «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasiga to‘lanadigan ajratmalari yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanishi belgilab qo‘yildi.
Qarorga ko‘ra, 2019 yil 1 apreldan boshlab noruda foydali qazilmalar mavjud bo‘lgan yer qa’ri uchastkasidan geologik o‘rganish uchun foydalanish huquqini beruvchi litsenziya ariza kelib tushgan kundan boshlab o‘n kundan oshmagan muddatda beriladi.
Shuningdek, sanoat ko‘lamida o‘zlashtirish uchun investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar jalb etiladigan noruda foydali qazilmalar konlari (uchastkalari)ning ro‘yxati tasdiqlandi.
Shu bilan birga, qarorda:
2019-2021 yillarda umumiy qiymati 1,3 mlrd AQSh dollari, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga 692 mln AQSh dollari miqdorida amaldagi korxonalarni texnik va texnologik yangilash hamda yangi korxonalar barpo etish bo‘yicha 67 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi;
2021 yilga sement ishlab chiqarish quvvatlari hajmlarini 17 mln tonnaga, arxitektura-qurilish oynasini – 32 mln kvadrat metrga, yog‘och-qipiq plitasi (DSP)ni – 380 ming kub metrga, gaz-beton bloklarini – 700 ming kub metrga, gulqog‘ozlarni – 4,5 mln rulonga, ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun yirik panelli temir-beton buyumlarini – 180 ming kvadrat metrga yetkazgan holda qurilish materiallari ishlab chiqarishni ko‘paytirish belgilandi.
Davlatimiz rahbarining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, «O‘zqurilishmateriallari» AJ va qurilish materiallari sanoati korxonalarining «QurilishmateriallariLITI» MChJ ixtisoslashtirilgan loyiha ilmiy-tadqiqot institutini «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibiga kiruvchi «O‘zqurilishmaterialLITI» MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi etib qayta nomlash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi, quyidagilar markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnologik rivojlanish agentligi, «O‘zstandart» agentligi hamda qurilish sanoatining ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajriba va respublikaning xom ashyo salohiyatini inobatga olgan holda yangi qurilish materiallari va ulardan foydalanish texnologiyalari ishlanmalarini tashkillashtirish;
qurilish materiallarining yangi standartlarini faollashtirish va ishlab chiqish, shuningdek, qurilish tarmog‘ida foydalaniladigan qoidalar to‘plamini ishlab chiqishda qatnashish;
ishlab chiqariladigan qurilish materiallari va buyumlarning barcha turlarini sertifikatlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda qurilish materiallari sanoatining talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarga ta’lim berish yuzasidan o‘quv rejalari va innovatsion o‘quv kurslarini ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy o‘quv-metodik adabiyotlar va qo‘llanmalarni tayyorlash;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish, mutaxassislarning stajirovkasini, shu jumladan xorijdagi ilmiy-tadqiqot markazlarida stajirovkasini o‘tkazishni tashkillashtirish;
ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mashinalar, asbob-uskunalar va texnik tizimlar, sanoat ob’ektlari, shuningdek, energetika va muhandislik infratuzilmasi ob’ektlarining texnik auditi, energiya auditi, diagnostikasi va ekspertizasini o‘tkazish.
Pirovardida aytish mumkinki, Davlatimiz Rahbarining qayd etib o‘tilgan qarori, respublikamiz qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tarmog‘ining yana bir bosqichga rivojlanishi uchun yetarlicha imkoniyat va omillar hamda huquqiy asos yaratdi
Download 28,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish