Microsoft® Office Language Accessory Pack 2016 – [O'zbekcha]
© Maykrosoft korporatsiyasining mualliflik huquqi. Barcha huquqlar himoyalangan.
Ushbu til aksessuari paketini o'rnatish uchun:
Foydalanuvchi interfeysini Til aksessuari paketi tilliga o'zgartiring
Imlo tilini o'zgartirish
Ushbu til aksessuari paketini o'rnatish uchun:
Til aksessuari paketi o'rnatuvchisini Til aksessuari paketi o'rnatuvchisi havolasiga chertib yuklab oling
Yuklab olish nihoyasiga yetgandan so'ng Ishga tushirishni tanlang.
O'rnatishni nihoyasiga yetkazish uchun ekrandagi ko'rsatmalarni bajaring.
Foydalanuvchi interfeysini Til aksessuari paketi tilliga o'zgartiring
Til aksessuari paketi o'rnatilgandan so'ng siz interfeys tilini (o'zbekchaga) Office 2016 ilovalaridan yoki Microsoft Office 2016 til tanlovlari ilovasidan o'zgartirib olishingiz mumkin.
Foydalanuvchi interfeys tilini til tanlovlaridan o'zgartirish uchun:
Office 2016 til tanlovlarini ishga tushiring.
Tahrirlanadigan tillarni tanlash ro'yxatidan, tahrirlanadigan tilni tanlang va Sukut bo'yicha o'rnatish tugmasiga cherting.
Aks ettiriladigan va yordamchi tillar ro'yxatidan Aks ettiriladigan tilingizni tanlang va Sukut bo'yicha o'rnatish tugmasiga cherting.
OK tugmasiga cherting.
Office 2016 ilovasida foydalanuvchi interfeys tilini o'zgartirish uchun:
Opsiyalarga'>Fayl, Opsiyalarga o'ting, so'ngra Tilni tanlang.
Tahrirlanadigan tillarni tanlash ro'yxatidan, tahrirlanadigan tilni tanlang va Sukut bo'yicha o'rnatish tugmasiga cherting.
Aks ettiriladigan va yordamchi tillar ro'yxatidan Aks ettiriladigan tilingizni tanlang va Sukut bo'yicha o'rnatish tugmasiga cherting.
OK tugmasiga cherting.
Tanlagan til sozlamalaringiz Office ilovalarini keyingi safar ishga tushirganingizda qo'llaniladi.
Imlo tilini o'zgartirish
Microsoft Office Til aksessuari paketi 2016 - (O'zbekcha) tilingizda imloni tekshirish vositasini o'z ichiga olishi mumkin. Quyida imlo tilini qanday o'zgartira olishingiz mumkinligini ko'ring:
Excel: Excel dasturi sukut bo'yicha imlo lug'atini aniqlash uchun Microsoft Office birlamchi tahrirlash tilining sozlamasidan foydalanadi. Buni o'zgartirish uchun Faylga chering, so'ngra Opsiyalarga cherting. Imloni tekshirish opsiyasiga cherting va mavjud tillardan birini Lug'at tili ro'yxatidan tanlang.
Outlook, PowerPoint, Word va OneNote: Imlosini tekshirmoqchi bo'lgan matnni tanlang Ko'rib chiqishga cherting, Til tugmasiga cherting, so'ngra Til imlosini o'rnatish opsiyasini o'rnating. Kerakli tilingizni ro'yxat qutisidan tanlang va OK tugmasiga cherting.
Do'stlaringiz bilan baham: |