Mayklson interferometri Tuzuvchi : Sotvoldiyev Javohirbek
Mayklson interferometri Tuzuvchi : Sotvoldiyev Javohirbek Reja:
Albert Abraham Michelson hayoti.
Mayklson Interferometri tuzulishi.
Mayklson interferometri yordamida isbotlangan jumboqli holatlar.
Albert Abraham Michelson
(1852-1931)
Albert Maykelson 1852-yil 19-dekabrda Polshaning Strelno shahrida tug’ilgan. Olimning hayotining asosiy qismi Amerikada o’tgan . Amerikalik fizikning hayotiga
Nazar soladigan bo’lsak.
1973-yilda AQSH harbiy dengiz akademiyasini tugatgan.1889-1892-yillarda Massachusets shtatidagi Vuster universitetida, 1892—1929 yillarda Chikago
universiteti professor bo’lib ish olib brogan.
Mayklsonning asosiy ilmiy ishlari fizik optikaga oid.Olim 1978-1882-yillarda va keyinchalik 1924—26 yillarda yorugʻlik tezligini aniqlash ustida ish olib borgan. Natijada 1927 yilda u topgan yorugʻlik tezligining qiymati anikligi boʻyicha uzoq
vaqt davomida eng mukammal hisoblangan: s=299796 ± 4 km/s. Olim Optik texnikaning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan interferometriya ixtiro qilgan. Oʻzi ixtiro qilgan interferometrini qoʻllab, yorugʻlik tezligining Yer harakati tezligiga bogʻliq emasligini tajribada isbotlagan.
Mayklson AQSH Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi darajasiga va keyinchalik prezidenti darajasiga ko’tarilgan.
Interferension manzaralar hosil qiluvchi qurilmalar ko‘p. Bunday qurilmalardan biri fan tarixida muhim rol o‘ynagan Maykelson interferometridir. Maykelson interferometrining chizmasi quyida keltirilgan keltirilgan. L manbadan chiqayotgan dasta yupqa kumush yoki alyuminiy qatlami qoplangan Р1 plastinkaga tushadi. Р1 plastinka orqali o‘tgan АВ nur S1 ko‘zgudan qaytadi va yana Р1 plastinkaga tushib, qisman undan o‘tadi va qisman АО yo‘nalishda
Maykelson interferometri
qaytadi. АС nur S2 ko‘zgudan qaytadi va Р1 plastinkaga tushib qisman АО yo‘nalishda o‘tadi. AO yo‘nalishda tarqalayotgan ikkala to‘lqin L manbadan chiqayotgan ajratilgan to‘lqinlar bo‘lgani uchun ular o‘zaro kogerent bo‘ladi va bir–biri bilan interferensiyalasha oladi.
Mayklson Interferometrining tuzulishi
Yorug’lik interferensiyasiga asoslanib ishlaydigan asbob. Uning tuzilishi va ishlashi quyidagicha. S-manbadan Yorug’lik keladi. P1-shaffof shisha plastinka nurini 1,2 ga ajratadi. M1 va M2 ko’zgular to’la qaytaradi. Natija O nuqtada 1', 2' nur uchrashib Interferensiya manzara hosil bo’ladi. M2 – ko’zgu o’rnida sirt olinadi, masalan biror uzoqlikda. Ayniqsa yorug’lik tezligini, “Efir” shamolini tezligini o’lchaganda, nisbiylik nazariyasini yaratilishida bu interferometrni ahamiyati katta. Yorug’lik tezligini hamma yunalishda bir xil ekanligi shu interferometr bilan o’lchaganlar. “Efir” muhiti yo’k ekanligi isbot kilindi.
Maykelson tajribasi – Yer harakatining yeruglik tezligiga taʼsirini aniklash maqsadida oʻtkazilgan tajriba. Bu tajriba nisbiylik nazariyasi yaratilishi uchun asosiy eksperimeital omillardan biri boʻldi. Uni A. A. Maykelson amalga oshirgan. 19-asrda yorug’lik qoʻzgalmas muqit "efir“da tarqaladi,
Yerning harakat yoʻnalishiga nisbatan yoruglikning tarqalish yoʻnalishi har xil boʻlganda uning tezligi ham turlicha boʻladi degan taxmin mavjud edi. Bu taxminni xal qilish maqsadida Maykelson oʻzi ixtiro qilgan interferometr yorlamida tajiba oʻtkazdi. Intsrferometrning bitta yelkasi v tezlik bilan harakatla-nuvchi Yerning orbital yoʻnalishiga mos qilib joylashtiriladi.
Yeruglik manbaidan chiqqan nurlar nur yoʻnalishiga 45° joylashgan yarim shaffof plastinkaga boradi va bu plastinkadan nurni bir qismi qaytib, koʻzguga, bir qismi esa ikkinchi koʻzguga tushadi. Ular nurni qaytaradi. Qaytgan nurlar yana playetinkaga tushadi: singan nurlarning bir qismi kuzatish naychasiga tushadi. Plastinkadan koʻzgulargacha boʻlgan masofa bir xil boʻlganligi sababli
naychaga bir xil geomstrik yoʻl uzunligidagi nurlar tushadi. Agar yoruglik va nur yoʻnalishlari har xil tezliklar bilan tarqalganida edi, nurlar oʻrtasida yoʻl farqi vujudga kelib, kuzatish paychasining fokal tekisligila interferensiya manzarasi paydo boʻlardi.
Butun qurilma 90° ga burilganda nurlarning yoʻl farqi ishorasi oʻzgarib, interferensiya (kuchayish yoki kuchsizlanish) manzarasi biror masofaga siljishi
kerak edi. Lekin tajribada qurilmani 90° ga burganda manzaraning bunday siljishi kuzatilmaydi. Bu tajriba ko’p marta takrorlangan. Barcha xollarda ham birdek natijaolinmagan. Shunlay qilib, Maykelson tajribasi yoruglikning vakumdan barcha yoʻnalishlarla bir xil bulishini isbotladi va "efir" deb nom olgan muhitning mavjudligini inkor etdi.
Xulosa
Xulosa qilib aytishimiz mumkinku Mayklson interferometri bizga asosiy o’rinda olamni efir o’rab turadi degan g’oyadan nari ketishimizni isbotladi.Yorug’lik tezligini o’lchashda ham keng yordam berdi.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari
Fizika qo’llanma (2019-yil nashri).
Fizika ( Q.P.Abdurahmonov ).
www.ziyonet.uz
www.Arxiv.uz
www.google.uz
www.vikipedia.uz
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |