Porter nazariyasi bo‘yicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmoqda mavjud bo‘lgan kompaniyalarning raqobatlashuvidir. Bu yerda ham uchta omilning ta’sirini ko‘rsatib o‘tish mumkin: - Porter nazariyasi bo‘yicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmoqda mavjud bo‘lgan kompaniyalarning raqobatlashuvidir. Bu yerda ham uchta omilning ta’sirini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
tarmoqdagi raqobatning strukturasi
talabning shart-sharoitlari
tarmoqqa kirish to‘siqlarning balandligi
Tarmoqdagi raqobatning strukturasi tarmoqdagi konsolidatsiya darajasiga (uning fragmentlanganligi, oligopoliya yoki monopoliya sharoitlari mavjudligi) bog‘liqdir. Fragmentlangan tarmoqda potensial xatarlar qulay imkoniyatlarga qaraganda ko‘proq bo‘ladi, chunki bunday tarmoqlarga kirib kelish nisbatan yengildir. - Tarmoqdagi raqobatning strukturasi tarmoqdagi konsolidatsiya darajasiga (uning fragmentlanganligi, oligopoliya yoki monopoliya sharoitlari mavjudligi) bog‘liqdir. Fragmentlangan tarmoqda potensial xatarlar qulay imkoniyatlarga qaraganda ko‘proq bo‘ladi, chunki bunday tarmoqlarga kirib kelish nisbatan yengildir.
- Konsolidatsiyalangan tarmoqlarda odatda katta va mustaqil kompaniyalar faoliyat ko‘rsatadilar. Binobarin, bir kompaniyaning raqobatchilik faoliyati boshqa raqobatchilarning bozordagi ulushiga bevosita ta’sir qiladi, natijada ular tezda bunga javoban xarakat qilib, raqobat kuchayadi. Bunday kompaniyalarning narx urushi olib borish imkoniyati raqobatning asosiy xatarli kuchidir.Bunday xollarda kompaniyalar sifatdagi ustunliklar bo‘yicha raqobatlashishga intiladilar, ya’ni raqobatchilik urushi savdo markasiga sodiqlik va narx urushi extimolini kamaytirish pozitsiyalaridan olib boriladi.Bunday taktikaning muvaffaqiyati tarmoqda mahsulotni tabaqalash imkoniyatlariga bog‘liqdir.
Tarmoqda talab kamaygan paytda chiqish to‘siqlari jiddiy xavfga aylanadi. Chiqish to‘siqlari iqtisodiy va emotsional omillar bo‘lib, ular kompaniyani daromadi juda kichik bo‘lgan hollarda ham qo‘llab-quvvatlab turadi. Natijada ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari paydo bo‘ladi,bu esa narx raqobatining jonlanishiga olib keladi, chunki kompaniyalar bekor turgan quvvatlardan foydalanishga urinib, narxni pasaytirib yuboradilar. - Tarmoqda talab kamaygan paytda chiqish to‘siqlari jiddiy xavfga aylanadi. Chiqish to‘siqlari iqtisodiy va emotsional omillar bo‘lib, ular kompaniyani daromadi juda kichik bo‘lgan hollarda ham qo‘llab-quvvatlab turadi. Natijada ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari paydo bo‘ladi,bu esa narx raqobatining jonlanishiga olib keladi, chunki kompaniyalar bekor turgan quvvatlardan foydalanishga urinib, narxni pasaytirib yuboradilar.
Odatda chiqish to‘siqlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
asbob-uskunalarga ajratilgan investitsiyalarni boshqa muqobil yo‘nalishlarga ishlatib bo‘lmaydi va agar kompaniya bu sohani tark etsa, asbob-uskunalarni tashlab yuborishga to‘g‘ri keladi
chiqish qiymatining ishdan bo‘shatiladigan ishchilarga to‘lanadigan mablag‘lar hisobiga qat’iy belgilab qo‘yilganligi
xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlari o’rtasidagi strategik o‘zaro munosabatlar, masalan, sinergizm yoki ular o‘rtasidagi integratsiya
tarmoqqa iqtisodiy bog‘liqlik; masalan, agar kompaniya diversiyalanmagan
bo‘lsa, u tarmoqda qolishga majburdir
Do'stlaringiz bilan baham: |