Bir necha jadvallar bilan ishlash
Jadvallarni jamlashtirish.
Jamlashtirish relyatsion ma’lumotlar bazasi operatsiyalaridan biri bo‘lib, jadvallar orasidagi aloqani belgilaydi va ulardan ma’lumotni bitta komanda yordamida ajratishga imkon beradi. Har xil jadvallarda bir xil nomli ustunlar bo‘lishi mumkin bo‘lgani uchun, kerakli ustun uchun jadval nomi prefiksi ishlatiladi.
Jamlashda jadvallar FROM ifodasidan so‘ng ro‘yxat sifatida tasvirlanadi. So‘rov predikati ixtiyoriy jadval ixtiyoriy ustuniga tegishli bo‘lishi mumkin. Jamlash eng soddasi bu dekart ko‘paytmasi, uni quyidagicha bajarish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |