Mаydаlаsh, g’аlvirlаsh vа tеgirmоndа yanchish Kаsb – hunаr kоllеjlаri uchun o’quv qo’llаnmа


Yanchish texnologiyasi. Yanchish sxemalari



Download 19,17 Mb.
bet29/36
Sana01.07.2022
Hajmi19,17 Mb.
#726236
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
янчиш, майдалаш

9. Yanchish texnologiyasi. Yanchish sxemalari
Yanchish ma'lum yiriklikka ega zarrachalar olish, yanchilgan mahsulotning berilgan solishtirma yuzasiga erishish, rudali va noruda minerallar yuzasini ochish, mahsulotni fizik va kimyoviy o'zgartirish maqsadida qo'llaniladi.
Yanchish texnologiyasini foydali qazilmani qayta ishlash texnologiyasining shartlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
Boyitish fabrikalarida ruda va boshqa foydali qazilmalami bara- banli tegirmonlarda yanchish bir, ikki va uch bosqichli sxemalar orqali amalga oshiriladi.
Bir bosqichli yanchish sxemalari uncha katta bo'lmagan quwatga ega (200 t/sutka gacha), shunigdek katta quwatga cga bo'lgan fabrikalarda nisbatan dag'al (0,2 mm gacha) yanchishda qo'llaniladi.
Barabanli sharli, stcijcnh va ruda-galkali tegirmonlar yopiq siklda va kamdan kam hollarda ochiq va qisman ochiq sikllarda ishlaydi. Ochiq siklda yanchilgan mahsulot tegirmondan faqat bir marta o'tadi va tegirmondan tayyor yanchilgan mahsulot olinadi.
Ochiq siklda yanchish sterjenli tegirmonlar uchun quruq va ho’l yanchishda, sharli tegirmonlar uchun esa faqat quruq yanchishda ishlatiladi.
Yopiq siklda tegirmon spiralli klassifikator, gidrosiklon yoki g'alvir bilan birgalikda o'rnatiladi.
Ikki bosqichli yanchish sxemalari o'rtacha va katta quwatdagi boyitish fabrikalarida rudani ancha mayin (0,15 mm gacha) tuyushda qoilaniladi.
Ikki bosqichli yanchish sxemalari mahsulotni birinchi bosqichdan ikkinchi bosqichga uzatish: quyulma yoki qum bo'yicha uzatish usuli bilan bir-biridan farq qiladi. Birinchi holda birinchi va ikkinchi bosqichlardagi tegirmonlar to'liq yopiq siklda, ikkinchi holda esa bi­rinchi bosqich tegirmonlari ochiq yoki qisman ochiq siklda, ikkinchi bosqichdagilari esa yopiq siklda ishlaydi. Birinchi va ikkinchi bos- qichdagi tegirmonlar ketma-ket o'rnatiladi.
Yanchishning yopiq siklida yanchuvchi mahsulot tegirmondan klassifikatoiga tushib, ikkita mahsulot - quyulma va qumga ajraladi. Quyulma boyitishga yuborilsa, qum esa to talab qilinadigan kattalik- gacha yanchilmaguncha qayta-qayta tegirmonga qaytariladi. Yopiq sikl tartibida qumning massasi doimiyga aylanib, u tegirmon ichida aylanuvchi yuk deb ataladi.
Tegirmonga tushadigan rudaning miqdori, o'lchami, qattiqligi, suvning berilishi, nasoslarning va gidrosiklonlarning ishlash tartibi o'zgarganda tegirmon ichida aylanadigan yukda o'zgarishlar sodir bo'ladi.
Tegirmon yopiq siklda ishlaganda tegirmonning ruda bo'yicha ishlab chiqarish unumdorligining ortishi bilan uning ichida aylanadi­gan yuk ortadi. Uncha katta bo'lmagan (400% gacha) aylanuvchi yuk tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini sezilarli darajada oshiradi. Tegirmon ichida aylanuvchi yukning miqdorini ortishi mahsulotni tegirmon ichidan o'tish tezligini oshiradi, bu esa mahsulotning o'ta yanchilishining oldini olib, tegirmonning ishlab chiqarish unumdor­ligini oshiradi. Bu yukning keragidan ortishi tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini pasayishiga olib keladi.
Sharli, rudali va ruda-galkali tegirmonlar, asosan. yopiq siklda ishlaydi. Odatda, tegirmon ichida aylanuvchi yuk protsentlarda ifodalanadi:
C = S/Q,
bu yerda: S— qumning og'irligi; Q — dastlabki mahsulotning og'irligi.
Tegirmonga tushadigan umumiy mahsulotning og'irligi:
Qum= Q + S – Q + CQ = Q(1 + C)
Aylanuvchi yuk dastlabki mahsulotning og'irligiga qarab 50 dan 700% gacha chegarada o'zgarishi mumkin. Tegirmonning dastlabki mahsulot bo'yicha ishlab chiqarish unumdorligi ortsa yoki quyulmaning mayinligi ortsa. aylanuvchi yuk ortadi. Haddan ortiq aylanuv­chi yukda yanchish sharoiti yomonlashadi.

Download 19,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish