May va might modal fe'llarining hozirgi, kelasi va o'tgan zamondagi ish-harakatlar uchun ishlatilishi
May va might modal fe'llarining hozirgi zamon uchun ishlatilishi
▪️ Bu modal fe'llar hozirgi zamonda ish-harakat sodir boʻlishi ehtimolligini bildirib keladi. Zamonaviy ingliz tilida may va might modal fe’llari hozirgi zamonda bir xil qoʻllaniladi. 🔸Tim may be at home today. (Tim bugun uyida bo'lishi mumkin) 🔸Tim might be at home today. (Tim bugun uyida bo'lishi mumkin)
▪️ Qo'llanish shakli: 🔸Positive form: Ega + may/might+ infinitive (V1). 🔸Negative form: Ega + may/might not + infinitive (V1). 🔸Question form: May/Might + ega+ infinitive (V1)?
▪️ Misollar: 🔸She may know the answer to this question. (U savolga javobni bilishi mumkin) 🔸They mightn't be at school. (Ular maktabda bo'lmasligi mumkin) 🔸May she be in the kitchen? (U oshxonadamikan?)
▪️ may/might be+Ving hozirgi zamonda davom etayotgan ish-harakatlar uchun ham ehtimollikni bildirish uchun qoʻllana oladi. 🔸Tim may be having a shower now. (Tim hozir dush qabul qilayotgandir) 🔸Shsh ... ! They might be listening to our conversation.
⚠️Yuqoridagi misollarda may/might modal fe'llari deyarli bir ma'no anglatadi, faqat might modal fe'li may modal fe'liga qaraganda ehtimollik kamligini bildiradi.
▪️ Koʻpgina darsliklarda might modal fe'li may modal fe'lining oʻtgan zamon shakli sifatida qoʻllanilishi keltirib oʻtilgan, bu qoida DTMning oʻzlashtirma gap mavzusiga oid testlarni yechishda ham qoʻl keladi. 🔸She said I may come to the party. 👉 She said that she might come to the party.
▪️ Bundan tashqari haqiqatdan yiroq (hayoliy) vaziyatlarda ham might modal fe'lini qoʻllash ma'qul. 🔸If I lost my job, I might go abroad. (Ishsiz qolsam, chet elga ketardim)
▪️ might modal soʻzi hozirgi va oʻtgan zamonda birovni tanqid qilish, koyish uchun ham qoʻllana oladi. 🔸You might look after the child. She's ill. (Bolaga qara axir! U kasal.) 🔸You might have told me about that!!!
▪️ may modal fe'li tilak va istaklarni bildirishda ham qoʻllaniladi. Bunday vaziyatda u gap boshida keladi. 🔸May God be with you. (Xudo sizga yor boʻlsin)
▪️ Hozirgi zamonda ehtimollikni bildirish uchun could modal fe'li ham qoʻllaniladi. Bunday vaziyatlarda could may/mightga qaraganda kam ehtimolni bildiradi. Misol: 🔸A: Where is Jack? ▫️ B: I am not sure. He could be in his office, I suppose, but he's not usually there at this time.
May va might modal fe'llarining o'tgan zamondagi ish-harakatlar uchun qo'llanishi
▪️ Oʻtgan zamonda biror ish-harakat sodir boʻlganligi ehtimolini bildirish uchun quyidagi qurilma qoʻllaniladi. 🔸Ann did not come to the meeting. She may have been ill. (Perhaps she was ill...balki u kasal boʻlib qolgandir.)
▪️ Qo'llanish shakli:
Do'stlaringiz bilan baham: |