TURKMANNI NG
Jayhun (1) bilan Xazar (2) bahriorasi,
Cho’l ustidan esar yeli turkmanning.
Gul-g’unchasi qaro ko’zim qorasi,
Qora tog’dan enar seli turkmanning.
Haq siylamish – border uning soyasi,
Yoyilar cho’lidan ori (3), moyasi (4),
Rang-barang gul ochar qiru qoyasi,
G’arq bo’lmish rayhonga cho’ li turkmanning.
Qizil-yashil bo’lib chiqar parisi,
Har yoqqa taralar mushk-anbar isi,
Bek, to’ra, oqsoqol, yurtning egasi,
Ko’z quvnatar go’zal eli turkmanning.
Otasi marddir, u mardning zuryodi,
Mag’rurdir, chunki Go’ro’g’li avlodi,
Dala-qirda o’qqa tut sasayyodi (5),
Tirik tutolmas, sher o’g’li turkmanning.
Ko’ngillar, yuraklar bir bo’la boshlar,
Uyushsa, eriydi tuproqlar, toshlar,
Bir sufrada (6) tayyor qilinsa oshlar,
Yuksaladi baxt- iqboli turkmanning.
Ko’ngil havolanar otga chiqqanda,
Tog’larga aylanar qiyo boqqanda,
Bol keltirar daryo to’lib oqqanda,
To’g’on qolmas, kelsa seli turkmanning.
Turkman tilidan Ergash OCHI LOV tarjimasi.
1) Jayxun – Amudaryo.
2) Xazar – Kaspiy dengizi.
3) Nor – erkak tuya.
4) Moya – urg’ochi tuya.
5) Sayyod – ovchi.
6) Sufra – dasturxon.
Do'stlaringiz bilan baham: |