Maxtumquli Firog’iy 1724yili Atrek (hozirda Eronhududida) daryosi bo’yidagi Hojigovshon qishlog’ida dunyoga kelgan



Download 60 Kb.
bet2/3
Sana17.07.2022
Hajmi60 Kb.
#816169
1   2   3
Bog'liq
Maxtumquli Firog

XORQILDI
Ey do’stlarim, telba dunyo
Yaxshi kunlarim xor qildi.
Ikki yuzli, lo’li dunyo
Meni shodlikka zor qildi.
Avval kerak yor yigitga,
Do’st yo’q ko’ngli tor yigitga,
Asli yolg’iz er yigitga
Zolim falak ozor qildi.
Kishim yo’q – tinglasa dardim,
Yo’lbars tulki bo’ldi – ko’rdim,
Xarob bo’ldi go’zal yurtim,
Qizil bosh toru mor qildi.
Qo’ldan ketgandir dostonim,
Go’yo tandan chiqdi jonim,
Ko’zi yoshli Menglixonim
So’nmas o’tga duchor qildi.
Otsiz qoldi kuchli polvon,
Shunday bo’ldi, naylay, zamon,
Taklif etib o’zni juvon
Dilga ilonni yor qildi.
Maxtumquli, tiy tilingni,
Bukarlar alif belingni,
Ozorga qo’yma elingni,
Barchasi e’tibor qildi.


AYRILDIM
Bulbulman, ohuzor chekib,
Go’zal gulzordan ayrildim.
Ko’zimdan qonli yosh to’kib,
Sevgili yordan ayrildim.

Yor surma qo’ysa yarashar,


Ta’rifin keltirsam agar:
Og’zi g’uncha, labi shakar,
Bir zulfi tordan ayrildim.

Shirin jonda yo’qdir toqat,


Jabri uning jonga rohat,
Qoshlari fitnai ofat,
Ko’zi xumordan ayrildim.

Ayrildim g’uncha gulimdan,


Qora sochli sunbulimdan,
Xushovozli bulbulimdan,
Shirin guftordan ayrildim.

Telba ko’nglimning armoni,


Barcha go’zallar sultoni,
Sakkiz jannatning bo’stoni,
Bog’u bahordan ayrildim.

Ellarining dong’i doston,


Zilol suvu yaylovga kon,
Go’klanglik – oti Menglixon
Otlik dildordan ayrildim.

Maxtumquli mastu hayron,


Ta’rifiga bitdim doston,
Manzilgohi bog’u bo’ston,
Olma – anordan ayrildim.


OTQOLMADI
Zolim falakning dastidan
Oshiqlarda ot qolmadi.
Qora yerning shum fe’lidan
Uzoq umr, zot qolmadi.

Ko’pdir falak g’am-tashvishi,


Jonga balo har bir ishi,
Tarqadi mardlar kengashi,
Ulug’ jamoat qolmadi.

Charx boshga ne kunlar soldi,


Dil yog’i, ko’z nurin oldi,
Butun elat «olim» bo’ldi,
Bizda nasihat qolmadi.

Falak, aylama bahona,


Zulm etding gado-yu xonga,
Ochiq ko’ngil yo’q mehmonga,
Keksaga hurmat qolmadi.

Tog’da turib qoldi sellar,


Ketdi hushim, egik bellar,
Maxtumquli aytar: ellar,
Ortimda zur yod qolmadi.



Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish