maxsus transformatorlar ko‘p chulg‘amli transformatorlar
Reja:
Avtotransformatorlar.
To‘g‘rilagich qurilmalari uchun transformatorlar.
Uch chulg‘amli transformatorlar.
payvandlash transformatorlari.
Avtotransformatorlar
Kuch transformatorlarida past kuchlanishli chulg‘am bilan yuqori kuchlanishli chulg‘amlar o‘rtasida faqat elektromagnit bog‘lanish mavjud.
Avtotransformatorlar deb past kuchlanishli va yuqori kuchlanishli chulg‘amlari orasida magnit bog‘lanishdan tashqari elektr bog‘lanishlar ham mavjud bo‘lgan transformatorlarga aytiladi.
Avtotransformatorlarning birlamchi chulg‘amlari past kuchlanishli va yuqori kuchlanishli manbalariga ulanishi mumkin (27-rasm). Ikkala holda ham
Uyu=Up+U2 (9-1)
Buni quyidagi rasmdan ham ko‘rish mumkin
Bir fazali avtotransformatorning sxemasi
Avtotransformatorlardan kuchlanishni oshirish va pasaytirish maqsadlarida foydalanish mumkin. Avtotransformatorlarda elektr yurituvchi kuch va toklar umumiy holdagi transformatorlarga o‘xshash nisbatlarda bo‘ladi.
(9-2)
bu erda Kat –avtotransformatorning transformatsiyalash koeffitsienti.
Avtotransformatorlarda ikki xil quvvat hisoblanadi:
ichki quvvat yoki hisoblangan quvvat
Si=E1I1=E2I2 (9-3)
va tashqi (o‘tuvchi) quvvat
St =UpIp=UyuIyu (9-4)
Birlamchi chulg‘amdan ikkilamchi chulg‘amga magnit maydon yordamida uzatiladigan quvvatga avtotransformatorning ichki quvvati deb ataladi. Sit chunki quvvatning bir qismi tashqi zanjirga (isteomolchilarga) chulg‘amlar orasidagi elektrik bog‘lanish orqali oqib o‘tadi. Avtotransformatorlarni tayyorlash uchun sarflanadigan elektrotexnik materiallar va avtotransformatorning o‘lchamlari ichki quvvatga asosan aniqlanadi, shuning uchun Sit avtotransformatorlardan foydalanish Si=St bo‘lgan kuch transformatorlarga nisbatan foydali. Щtkazilgan amaliy tajribalar va hisoblashlar transformatsiyalash koeffitsienti birga yaqin bo‘lgan avtotrans-formatorlarni qo‘llash afzalligini ko‘rsatdi.
Keyingi paytlarda avtotransformatorlardan yuqori kuchlanishli (110, 154, 220, 500kV) elektr tarmoqlarni bir-biriga ulashda qo‘llanilmoqda. Uch fazali avto-transformatorlarning chulg‘amlari yulduz shaklida ulanib, magnit oqim tarkibidagi uchinchi garmonikani yo‘qotish uchun shu garmonikaning quvvatiga nisbatan hisoblangan uchinchi chulg‘am magnit o‘zakka o‘rnatiladi. Avtotransformatorlarda chulg‘amlarni uchburchak sxemada ulash kam qo‘llaniladi. Bu trans-formatorlardagi quvvat isroflari va qisqa tutashuv kuchlanishlari kuch transformatorlarnikiga o‘xshash bo‘ladi. Agar quvvat isroflarini va qisqa tutashuv kuchlanishlarini avtotransformatorning «o‘tish» quvvatiga nisbatan hisoblansa, bu kattaliklar kuch transformatorlariga nisbatan St/Si marta kichik bo‘ladi. SHuning uchun elektr energiyani uzatishda ko‘llanilgan avtotransformatorlarning foydali ish koe-ffitsientlari ortib ketadi, kuchlanishning pasayishi esa kamayadi.
Avtotransformatorlar asosan kuchlanishi uncha ko‘p o‘zgartirilmaydigan dvigatellarni yurgizib yuborishda kuch-lanishni pasaytiruvchi element sifatida qo‘llaniladi. CHulg‘amlar orasida elektrik bog‘lanish mavjud bo‘lganligi uchun past kuchlanishli chulg‘am va unga ulangan apparatlarni himoyalovchi materiallari yuqori kuchlanishli chulg‘am kuch-lanishiga nisbatan hisoblangan bo‘lishi shart.
Avtotransformatorlarning nominal yuklanish rejimi deb chulg‘amlarni zavod shitokida ko‘rsatilgan nominal tok bilan ikki minutli yuklanishiga aytiladi.
Avtotransformator chulg‘amlarining harorati 135S dan oshmasligi shart. Avtotransformatorlarning f.i.k. lari i 99.7% ga etib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |