1.2. Kompyuterlarning asosiy texnik ko‘rsatkichlari
Samaradorlik. Bu ko‘rsatkich taktlash chastotasi (Hz) va tezkorlik (operatsiya/s) kabi texnik ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liq. Kompyuter rivojlanishining dastlabki davrida iqtisodiy, muhandisli-texnik, matematik kabi turli masalalar uchun unumdorlikni baholashning o‘rtacha qiymati olinar edi. Haqiqiy tezlik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha maxsus testlar mavjud bo‘lgan va hozir ham mavjuddir. So‘ngi paytlarda unumdorlik ko‘rsatkichining o‘lchov birlik sifatida sekundiga million operatsiya bajarishidan foydalana boshlashgan:
MIPS (MIPS – Millions Instruction Per Second – sekundiga million buyruq) – qayd qilingan vergulli ko‘rinishdagi sonlar ustidagi operatsiyalar uchun;
MFLoPS (MFLOPC – Millions of Floating point Operation Per Second) – suzuvchi vergulli ko‘rinishdagi sonlar ustidagi operatsiyalar uchun;
gFLoPS (GFLOPS – GigaFLOPS) – qayd qilingan vergulli ko‘rinishdagi sonlar ustida sekundiga milliard operatsiyalar soni.