Asosiy protsessor so‘zining (razryad) uzunligi. Bu ikkilik sonlar razryadlari ustida ishlov berish, uzatish yoki saqlash operat siyalari baja rilishining maksimal soni. Razryadlik qancha katta bo‘lsa, unumdorlik shunchalik yuqori bo‘ladi. Mashina so‘zi uzunligi asosiy protsessorni loyihalashtirish jarayonida belgilanadi va bu uzunlik kompyuterning ma’lumotlarga ishlov berish tezligi, hisoblashlarning aniqligi va manzillashtiriladigan tezkor xotira hajmi kabi funksional ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Mashina so‘zining uzunligi protsessorning ichki registrlarining hamda manzil va ma’lumotlar ichki shinalari razryadligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |