Elektromagnit induksiya hodisasi mavzusini o’qitishda Aqliy hujum metodidan foydalanish Bu metod biror mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llanadi. Mazkur metod o’quvchilarni muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritishga undaydi. «Aqliy hujum» metodi yordamida qo’yilgan muammo yuzasidan bir necha echimlarni topish imkoniyati yuzaga keladi. “Aqliy hujum” metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
1. Berilgan muammo yuzasidan o’quvchilarning atroflicha va chuqur mulohazalar yuritishga undash va shunga erishish.
2. O’quvchilarning fikrlari va g’oyalarini rag’batlantirib borish tanqid ostiga olinmaslik, ularning erkin fikrlashlariga sharoit yaratish.
3. Har bir o’quvchi fikrlariga va g’oyalariga asoslanishi mumkin, ularni o’zgartirishi mumkin.
4. O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar va g’oyalarni baholamaslik.
Bunday yo’l tutilsa, ya’ni fikr va g’oyalari baholansa, o’quvchilar fikrlashdan to’xtab qolishlari mumkin.
«Aqliy hujum» metodi asosida tashkil qilingan mashg’ulotlar quyidagi tartibda o’tkaziladi. Muammo aniqlanadi va o’quvchilarning muammo yuzasidan fikrlarini yozuv taxtasiga yoki varaqlarga yozib boriladi. Bildirilayotgan g’oyalarning mualliflari tomonidan asoslab berilishiga erishiladi.
Fizikada ko’plab mavzularni shu metod yordamida o’rganish mumkin, jumladan, ayrim matnlarni o’rgatishni shu metod asosida tashkil qilish mumkin.
1-bosqich. O’quvchilarni mavzuni tushunishga tayyorlash. O’tgan mashg’ulotlarda berilgan Fizikaga oid ma’lumotlar esga olinadi va takrorlanadi, har bir mavzuning o’ziga xos xususiyatlari yodga olinadi.
2-bosqich. Berilgan formula qonunlarning bir biriga bog’liqligini aniqlash. Buning uchun o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savolni beradi: Berilgan formulalar qaysi jihatdan bir-biriga o’xshaydi?
O’qituvchi o’quvchilarning fikrlarini umumlashtiradi va o’z munosabatini bildiradi.
3-bosqich. Elektromagnit induksiya hodisasi hususiyatlari va kelib chishini aniqlash. O’qituvchi quyidagi savolni o’rtaga tashlaydi:
- Qanday qilib Elektromagnit induksiya hodisasi kelib chiqadi?
O’quvchilar berilgan savolga javob topishda turlicha fikrlar bildiradilar, bahs-munozaraga kirishadilar. Shu asosda quyidagicha javoblar beradilar.
Xulosa Magnit maydonning o’zgarishi tufayli berk konturda hosil bo’lgan tok induksion tok deb atalsa, hodisaning o’zi esa elektromagnit induksiya hodisasi deb ataladi.
Konturdan o’tayotgan tok kuchining o’zgarishi konturda qo’shimcha tok kuchi hosil qiladigan konturdagi EYUK ni hosil bo’lishiga olib keladi bu hodisaga o’zinduksiya hodisasi deb ataymiz.
Texnikalarda va radiotexnikalarda turli kuchlanishlarni hosil qiluvchi 4-5 chulg’amli transformatorlar mavjud.
Transformatorlar ish davomida qiziydi, shuning uchun ham ularning sovutish sistemalari bo’ladi. Sovutish sistemasi havo bilan ham, transformator yog’i bilan ham ishlashi mumkin.