Maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,84 Mb.
bet2/15
Sana31.12.2021
Hajmi0,84 Mb.
#244126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KURS ISHI (2)

Mazuning dolzarbligi. Mamlakatimizda turizm sohasini har tomonlama rivojlantirish, yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar oqimini koʼpaytirish, xizmat koʼrsatish sifatini yuksaltirishga alohida eʼtibor berilmoqda.Oʼzining bebaho madaniy merosi, tarixiy yodgorliklari bilan mashhur boʼlgan paytaxtimiz Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm,Xiva kabi viloyatlarimizda sezilarli darajada turistlarga xizmat koʼrsatish sifati yaxshilanmoqda.

Undan tashqari Mamlakatimizning ijtimoiy yo’naltirilgan bozoriqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tishga asoslangan hozirgi siyosati, korxonalar vatashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilish va korxonalardagi iqtisodiy munosabatlarnibozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.Har bir korxona raqobatda kutilmagan tadbirlarni amalga oshirish natijasida biznessohasida yangi rivojlanish yo’llari ortib bormoqda. Iste’molchilar va mahsulot yetkazibberuvchilar orasidagi munosabatlarni bozor tamoyillari orasida tartibga solishningbugungi bosqichida tovar ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish, sotish strategiyasinitakomillashtirish, shuningdek brending siyosatini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev 7-fevral kungi Farmoni bilan 2017-2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yichaHarakatlar strategiyasini tasdiqladi1 1 Mirziyoyev Sh.M. ―2017—2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha ―Harakatlar strategiyasiFarmoni. 7 fevral 2017 yil.Avvalo, ushbu ustuvor yo’nalishlar va ulardagiamalga oshirilishi nazarda tutilgan vazifalar hamda chora-tadbirlarning ijrosi bugungikunning hayotiy va ijtimoiy zarurati ekanligini ta‘kidlash lozim. Shu jumladan milliyiqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta‘minlash, uning tarkibida sanoat,xizmatlar ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish,xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdaxizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo,xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish zarurdir.Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichidaiqtisodiyotni erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, makroiqtisodiybarqarorlikni ta'minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o'sishga erishishdek dolzarb vazifalariqo'yilgan. Bu esa o'z navbatida, iqtisodiyotda erishgan yutuqlarning asosi – bozoriqtisodiyoti, mulk shakllarining takomillashuvi, iqtisodiyotdagi keskin tuzilmaviyo'zgarishlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagiulushining ortib borishi bilan baholanmoqda.

Turizm xizmatlarini tashkil etishda, eng avvalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlantirish punktlarida, respublika hududi boʼylab harakatlanishda, turizm obʼektlariga tashriflarni uyushtirishda turistlar va sayyohlar hayoti va sogʼligʼi xavfsizligini taʼminlash boʼyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Mamlakatda turizmni jadal rivojlantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada toʼliq va samarali foydalanish, anʼanaviy madaniy-tarixiy turizm bilan birgalikda turizmning boshqasalohiyatli turlarini – ziyorat qilish, ekologik, maʼrifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sogʼlomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik turizmi va boshqa turlarini jadal rivojlantirish, bolalar, oʼsmirlar va yoshlar turizmini, oilaviy turizmni, keksalar uchun ijtimoiy turizmni rivojlantirish hisobiga turizmning ijtimoiy ahamiyatini kuchaytirish, hududlarda yangi turizm yoʼnalishlarini tashkil etish, ularni pasportlashtirish, turizm yoʼnalishlari va turizm obʼektlari boʼyicha yagona milliy reestrlarni shakllantirishga yoʼnaltirilgan ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Oʼzbekistonning sayyohlik salohiyatini xorijda keng targʼib etish, uning zamonaviy turlarini shakllantirish borasida keng koʼlamli ishlar amalgaoshirilmoqda. Yurtimizga kelayotgan sayyohlar soni yildan yilga koʼpayib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda besh yuzdan ziyod mehmonxona, sayyohlik bazasi va kempinglar, uch yuzdan ortiq sayyohlik kompaniyasi faoliyat yuritmoqda.

Biz bilamizki, mamlakat xazinasiga turizmdan tushadigan valyuta hajmi, yangi ish oʼrinlarini tashkil topishi turli qoʼshimcha xizmatlarning kengayishi bilan bogʼliq. Аgar asosiy xizmatlar oʼz ichiga turistlardan tushadigan valyuta hajmi, yangi ish oʼrinlarini tashkil topishi turli qoʼshimcha xizmatlarning kengayishi bilan bogʼliq. Аgar asosiy xizmatlar oʼz ichiga turistlarni joylashtirish, ovqatlantirish, transport xizmatlarini olsa, qoʼshimcha xizmatlar turistik xizmat samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan boʼlardi. Jumladan, suvenir savdo shahobchalarini, milliy sanʼat buyumlarini sotishni kengaytirish maqsadga muvofiqdir.

Tanlagan mavzuim mehmonxonalarda xizmatlar sifatini takomillashtirish, yangi turdagi brend mahsulotlarini tashrif buyurgan mehmonlarga tatbiq qilish, qolaversa, yangi innovatsion brend turlarini reklama qilish masalalari haqida boʼlib, bu kabi xizmatlarni tashkil etish hamda undagi kamchiliklarni bartaraf etish, oʼrganish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri boʼlib qolmoqda.

Jahonda iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlangan davlatlar tajribasi shuni kursatmokdaki, iqtisodiy oʼsishni taʼminlashda yetakchi sohalardan biri xizmatlar sohasi hisoblanadi. Oʼzbekiston milliy iqtisodiyotining barqaror va jadal rivojlanishida, aholining bandligi va turmush farovonligini taʼminlashda xizmatlar sohasi muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimizning barcha xududularida ushbu sohani yanada rivojlantirish dasturlari boʼyicha amalga oshirilgan asosiy vazifalar va yoʼnalishlar natijasida sunggi besh yil ichida, yaʼni 2012-2016 yillarda xizmat koʼrsatish hajmi 2,1 martaga aholi jon boshiga koʼrsatilgan soxdning YaIMdagi ulushi ham oʼsdi xizmatlar hajmi yesa 2,0 martaga oshdi.

Xizmat koʼrsatish sohasini rivojlantirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yeng muhim ustuvor yoʼnalishlaridan biridir. Barqaror iqtisodiy oʼsishni taʼminlashda xizmat koʼrsatish sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarning koʼlamiga qaramasdan bu sohada hali oʼz yechimini kutayotgan muammolar mavjud.

Statistik maʼlumotlarga qaraganda dunyo boʼyicha 4 mlrd aholi sayyoh hisoblanib, ulardan koʼpchiligi safarda 4 kundan 14 kungacha oʼtkazishadi. Yekspertlarning hisob-kitobiga qaraganda Oʼzbekistonga 15 mln. sayyohlarni jalb yetsak, ulardan milliy iqtisodiyotimizga keladigan daromad hajmi 15 mlrd. АQSh dollarini tashkil qiladi .

Oʼzbekistonga 2017 yilning 9 oyi yakuniga koʼra, kariyb 1 million 800 ming sayyoh kelgan. Bu 2016 yilning mos davriga nisbatan 17 foizga koʼpdir. Mamlakatimizda sayyohlik xizmatlari yeksporti ham 17 foiz koʼpayib, 1 milliard 86 million dollarni tashkil qilgan .

Oʼzbekistonda turizm sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti va ravnaqi uchun turizm sohasining muhim ahamiyat kasb yetishi toʼgʼrisida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning quyidagi fikrlarini keltirish kifoya. «Turizm - iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning oʼzi taqozo etmoqda

Turizm xizmatlarini tashkil yetishda, yeng avvalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlantirish punktlarida, respublika hududi boʼylab harakatlanishda, turizm obʼektlariga tashriflarni uyushtirishda turistlar va sayyohlar hayoti va sogʼligʼi xavfsizligini taʼminlash boʼyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Oʼzbekistonning sayyohlik salohiyatini xorijda keng targʼib yetish, uning zamonaviy turlarini shakllantirish borasida keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda besh yuzdan ziyod mehmonxona, sayyohlik bazasi va kempinglar, uch yuzdan ortiq sayyohlik kompaniyasi faoliyat yuritmoqda.




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish