Maxsus ta’lim vazirligi


Tashkiliy tuzilmalarning turlari



Download 114,78 Kb.
bet3/27
Sana30.12.2021
Hajmi114,78 Kb.
#87869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Ramazon kurs ishi

1.2. Tashkiliy tuzilmalarning turlari


Tashkilot (korxona)ning tashkiliy tuzilmasini tashkilotni boshqarish tizimi bilan o£zaro bog‘langan va bo'ysunish tartibida joylashtirilgan, maqsadga qaratilgan holda faoliyat yuritish va uni rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan elementlarning tartibga solingan yig'indisi sifatida belgilash mumkin. Tashkilotda tuzilmalarning bir necha turlarini ajratish mumkin: texnologik, ishlab chiqarish, moliyaviy, ijtimoiy, axborot, tashkiliy va h.k

Bunda oxirgisi alohida o‘ringa ega: u sinergetik samara olish va qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun elementlarning o£zaro hamkorligini tartibga soladi, shaxsan tashkiliy yaxlitlikni yaratadi. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqarish tuzilmasi va boshqaruv tuzilmasining tashkiliy yaxlitligi sifatida bo’ladi. Ishlab chiqarish tuzilmasi bazis sifatida boshqaruvning tuzilmasini belgilab beradi.

Boshqaruvning vazifalari va tuzilmasi dialektik yaxlitlikda bo‘ladi. Yangi tashkilotni tashkil qilishda vazifalar, tuzilmalar (bo’linmalar, lavozimlar)ni shakllantirish, ularga huquqlar, vakolatlar va javobgarliklarni biriktirish uchun asos bo’ladi. Ishlab chiqarish, boshqaruvni takomillashtirish va har tomonlama rivojlantirishda tuzilma vazifalar majmuasining ehtimol bo’lgan o'zgarishlari diapazoni (darajasi)ni belgilab beruvchi asos bo‘ladi.

Bunday tuzilma tubdan o‘zgartirilmaydi, ya’ni asosiy bolinmalar va lavozimlar saqlanib qolinadi. Tashkilotlar (korxonalar)ni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi katta turli-tumanligi bilan ajralib turadi va quyidagi omillar bilan belgilanadi:

- tashkilot faoliyatining xarakteri va uning xususiyatlari bilan (ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlarning tarkibi, texnologik, texnik jihozlanishi);
- tashkilot ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyatining o‘lchamlari (hajmlari) bilan;

- boshqaruv apparati tuzilishining asosiy faoliyati (ishlab chiqarish, tijorat)ning ierarxik tuzilishiga mosligi bilan;

- boshqaruvning tashkil qilish shakli bilan;

- tashkilotni boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan shakllari o'rtasidagi munosabat bilan;

- boshqaruvning sohaviy va hududiy shakllari o‘rtasidagi munosabat bilan (mahsulot, mintaqa bo'yicha);

- xodimlar malakasining darajasi bilan;

- tashkilotning strategiyasi bilan;

- tashkilot tashqi muhitining murakkabligi va dinamikligi bilan;

- mahsulotning ta’minoti va sotilishini tashkil qilinishi bilan;

- tashkilotni geografik joylashishi bilan va h.k.. Tashkilotning tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda uning oldiga quyidagi talablarni qo'yish kerak:

- mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayoni, boshqaruv tuzilmasi faoliyat yuritishining natijasi sifatida mutanosiblik, uzluksizlik, parallellik, bir maromdalik talablariga mos kelishi kerak;

- tashkiliy tuzilma tashkilotni rejali ravishda rivojlanishiga yordam berishi kerak;

- tuzilma elementlari (bo‘linmalar)ning soni kichik, ammo tashkilot normal faoliyat yuritishi uchun yetarlicha boiishi kerak, bitta darajadagi tarkibiy qismlar o'rtasidagi gorizontal aloqalar soni ham xuddi shunday bo'ladi. Gorizontal aloqalar norasmiy munosabatlarni amalga oshirishga imkon beradi va ko'nikmalarni uzatishga ko‘maklashadi, bitta darajadagi tarkibiy qismlarning tizim maqsadlarini bajarish bo‘yicha harakatlarini muvofiqlashishini ta’minlaydi. Aloqalar sonining kamayishi, tizimni faoliyat
yuritishining barqarorligi va operativligini oshishiga olib keladi;

— tashkiliy tuzilma egiluvchan, qat’iy aloqalarning eng kam miqdoriga ega, sodir bo'layotgan o'zgarishlar, ya’ni vazifalar va yangi xizmatlarni bajarish zaruriyatiga muvofiq tez yo‘lga qo'yishga qodir bo‘lishi kerak. Tizimning ixchamligi uni bozor talablariga tez moslashishining talablaridan biri bo‘ladi;

— tashkiliy tuzilma iloji boricha sodda bo‘lishi kerak, buning uchun boshqaruv darajalari miqdorini, tashkilot tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar sonini qisqartirish, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish zarur;

— tashkiliy tuzilma tashkilotga fan yutuqlari va ilg'or tajribani tatbiq etishga ko‘maklashishi kerak;

— tizim elementlari o‘rtasidagi hamda tizim va atrof-muhit o‘rtasidagi kommunikatsiyalar aniq bo‘lishi kerak;

— tashkiliy tuzilma ishlab chiqilgan va sotilgan tovarlar va xizmatlarning yuqori sifatini ta’minlashi kerak;

— tashkiliy tuzilma tashkilotni faoliyat yuritishining yuqori samaradorligini ta’minlashi kerak. Tashkiliy tuzilmani shakllantirishda yana boshqaruvchanlikni ham hisobga olish kerak. Shuningdek quyidagi tushunchalarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir:

— boshqaruvchanlik ko‘lami (M) - bu ma’lum menejer yoki boshqaruv idorasining haqiqatdan ham bevosita qo‘l ostida bo‘lgan xodimlar bo'linmalarining soni;

— boshqaruvchanlik me’yori (N) — bu boshqaruv munosabatlari va boshqaruv texnikasi rivojlanishining zamonaviy sharoitlarida ma’lum menejer yoki boshqaruv idorasiga bo‘ysunishi maqsadga muvofiq bo‘lgan xodimlar yoki bo‘linmalarning soni. Bu, aslida boshqaruvning muvofiq ko‘lamidir.

Ushbu koeffitsiyentlar boshqaruv subyektining boshqaruvchi


qobiliyati va boshqaruv obyektining murakkabligi o‘rtasidagi nisbatni aks ettiradi.

K^M da boshqaruv subyekti salohiyatidan yetarlicha bo‘lmagan


holda (kattaroq yoki kichikroq darajada) foydalaniladi, boshqaruvga xarajatlar ham shunday. Bunda boshqaruv subyektining boshqarish qobiliyati boshqaruv obyekti murakkabligiga mos keladi.

Ba’zi bir mutaxassislar boshqaruvchanlik me’yori miqdorini


tavsiya qila turib, bitta boshliqning qo‘li ostidagilarning soni 7 nafardan oshib ketmasligi kerak deydilar. Ruhshunoslarni belgilashlaricha, bu bosh miya ishining xususiyatlari bilan bog‘liqdir. «7» soni inson tafakkurida qandaydir chegaraviy ahamiyatga egaligi haqida ko‘pgina xalqlar og‘zaki ijodiyotining tahlili darak beradi.

Shu bilan birga, bu son faqat boshqaruvchanlikning o’rtacha


me’yori bo‘ladi. Buning ustiga hozirgi sharoitlarda axborot tizimlari va guruhli ishdan keng foydalanish hisobiga boshqaruvchanlik kolamini yanada ko‘payishining ehtimoli bor. Masalan, D. Vudvord korxonalarni tekshirib chiqqandan keyin ishlab chiqarishning uchta har xil turlari uchun quyidagi ma’lumotlarni olgan va mehnat ilmiy tadqiqot instituti boshqaruvchanlik me’yorlarining quyidagi miqdorlarini tavsiya qilgan:

— boshqaruvning yuqori darajasi uchun, bunda qo‘l ostidagilar


har xil xarakterdagi vazifalarni bajaradilar, 3—7 nafar kishi;

— boshqaruvning o£rtacha darajasi uchun, bunda qo‘l ostidagilar o‘xshash vazifalarni bajaradilar, 8-20 nafar kishi;

— boshqaruvning quyi darajasi uchun, bunda qo‘l ostidagilar
bir xildagi vazifalarni bajaradilar, 21—40 nafar kishi. Direktor darajasi (yuqori daraja) va brigadir darajasi (quyi daraja uchun boshqaruvchanlik darajasidagi katta farq uch martadan to o‘n besh martagacha) shu bilan izohlanadiki, director va uning qo‘li ostidagilar odatda bular uning o‘rinbosari va unga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiquvchi sexlar va bo‘linmalar boshliqlari darajasidagi muvofiqlashtirish nisbati brigadir va ishchilar darajasidagi muvofiqlashtirish nisbatida ham amalga oshiriladigan huquqlarning mazmuni bo‘yicha va ham axborotli almashuvning xarakteri bo‘yicha juda kuchli farq qiladi.

Agar brigadirga ishchini yuzini, nomini bilish zarur bo‘lsa, u buni qiladi, direktor uchun o‘zining o‘rinbosari haqidagi bunday ma’lumotlar u bilan samarali o‘zaro hamkorlik o‘rnatish uchun yetarli bo‘lmaydi.

Shuning uchun tashkiliy ierarxiyaning pastki qavatlaridan boshqaruvchanlikning muvofiq ko‘lami yoki me’yorining yuqorisi tomon harakatlanishi miqdori kamroq bo‘ladi, chunki boshqaruv vazifalari murakkablashadi.

Boshqaruvchanlik me’yorlariga yana bir qator boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Hammadan awal bular ishni bajarish bilan bog‘liq omillar, ya’ni:

— ishlarning o‘xshashligi;

— ishlarning hududiy uzoqlashganligi;

— ishlarning murakkabligi.

Omillarning yana biri kim rahbarlik qilishi va kimning ustidan rahbarlik qilishga bog‘liq: menejer va uning qo‘li ostidagilarning kasbiy darajasi va shaxsiy xususiyatlari.

Omillarning eng ko‘p sonli guruhi boshqaruvni tashkil qilishga tegishlidir:

— huquqlar va javobgarliklarni boshqalarga topshirishdagi aniqlik darajasi;

— maqsadlarni qo‘yilishidagi ravshanlik darajasi;

— tashkilotdagi barqarorlik (o‘zgarishlarning tezligi) darajasi;

— ish natijalarini o‘lchashdagi obyektivlik darajasi;

— kommunikatsiyalar texnikasi.

Tashkiliy tuzilmalarning asosiy parametrlarini ajratish mumkin, ya’ni:

— boshqaruvning markazlashganlik (markazlashmaganlik) darajasi;

— mehnatni taqsimlanganlik va ixtisoslashganligi darajasi;

— deportamentlashtirish va kooperatsiyalash;

— har bir darajadagi boshqaruvchanlik ko‘lami;

— boshqaruvning shakllantirilganlik darajasi;

— boshqaruv bosqichlarining soni;

— bo‘g‘inlilik, ya’ni gorizontal (bir darajada) joylashgan bo‘linmalarning soni;

— tizimning murakkabligi darajasi.

Tashkiliy tuzilmalarni ko‘rish uchun tashkilotlarni boshqarish


tizimidagi tizimchalar, idoralar va xodimlarning hukmronligi, bo‘ysundirishning vertikal nisbatlarini aks ettiruvchi ierarxiyalik tamoyili muhim ahamiyatga ega.



Download 114,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish