Asosiy tayanch tushunchalar
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – milliy iqtisodiyotlarning yagona ishlab chiqarish jarayniga qo‘shilish jarayoni.
Erkin savdo zonasi – tarif va boshqa cheklovlarni bekor qilgan holda erkin savdo olib borish.
Bojxona ittifoqi – o‘zaro savdoda to‘siqlar bekor qilingan va a’zo bo‘lmagan mamlakatlarga nisbatan yagona bojxona tariflari asosida umumiy tashqi savdo siyosati olib borayotgan mamlakatlar guruhi.
Umumiy bozor – a’zo mamlaktalar o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va kapitalning erkin harakatini ta’minlashga erishishni maqsad qilgan mamlakatlar guruhi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi – ishlab chiqarish omillarining erkin harakati ta’minlangan, ijtimoiy-iqtisodiy, jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, energetika, valyuta-moliya sohalarida yagona siyosat amalga oshirilayotgan, umumiy valyutani muomalaga kiritgan mamlakatlar guruhi.
To‘liq iqtisodiy integratsiya – yagona iqtisodiy siyosat yuritish, umumiy valyuta va milliy boshqaruvdan yuqori tashkilotlarni joriy etish.
BENILYUKS – 1960-yilda Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg o‘rtasida imzolangan iqtisodiy ittifoq.
Markaziy Yevropa erkin savdo uyushmasi (MYeESU) – 1993-yilda Vengriya, Polsha, Slovakiya, Chexiya, Sloveniya tomonidan imzolangan erkin savdo uyushmasi.
NAFTA – 1992-yilda AQSh, Kanada va Meksika o‘rtasida tuzilgan Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasi.
MERKOSUR – Janubiy Amerika umumiy bozori yoki Janubiy konus mamlakatlari umumiy bozori.
ASEAN – 1967-yilda Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand va Filippin tomonidan tashkil etilgan Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi.
APEC – 1989-yilda Avstraliyaning taklifi bilan Tinch okeani xavzasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyati.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning zaruriyati nimada va u qanday shart-sharoitlarga ega bo‘lishi kerak?
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish omillari nimalardan iborat?
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish bosqichlari va ularning vazifalarini tushuntirib bering.
Jahonda faoliyat olib borayotgan qaysi xalqaro iqtisodiy integratsiya birlashmalarini bilasiz va ularni rivojlanish jihatidan guruhlang.
YeI qachon tashkil etilgan va rivojlanish jihatidan integratsiyaning qaysi bosqichida hisoblanadi?
Shimoliy Amerika mintaqasida qaysi iqtisodiy integratsion birlashma faoliyat ko‘rsatmoqda va uni o‘ziga xos xususiyatlarini izohlang.
Lotin Amerikasi mintaqasida qaysi integratsion birlashmalar mavjud va ular faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini tushuntirib bering.
Osiyo mintaqasi integratsiyasiga xos xususiyatlar nimalardan iborat.
O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy integratsiya birlashmalaridagi ishirokini baholang.
Do'stlaringiz bilan baham: |