Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti


-jadval Osiyo va Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlari o‘rtasidagi farqli jihatlar



Download 5,6 Mb.
bet83/133
Sana06.02.2023
Hajmi5,6 Mb.
#908561
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   133
Bog'liq
a5af101fc2229b08cff467493676bc88 JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR

11.1-jadval
Osiyo va Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlari o‘rtasidagi farqli jihatlar

Osiyoning yangi industrial mamlakatlari

Lotin Amerikasining yangi industrial mamlakatlari

Import o‘rnini qoplash va eksportga yo‘naltirilgan siyosatning birgalikda olib borilishi

Proteksionizm siyosatining ustuvorligi

Ba’zi mamlakatlar iqtisodiyoti uchun tashqi bozorga yo‘naltirilganlikning ustuvorligi va to‘liq eksportga yo‘naltirilgan siyosatning olib borilishi (Gonkong, Singapur)

Xorijiy kompaniyalar tomonidan raqobatning yo‘qligi

Tadbirkorlik kapitalining qayta ishlash sanoati va xomashyo tarmoqlariga yo‘naltirilganligi

Arzon kreditlarning mavjudligi

Iqtisodiy rivojlanishning keng tarmoqli manbalarining shakllanganligi

Tadbirkorlik kapitalining savdo, xizmatlar sohasi, qayta ishlash sanoatiga yo‘naltirilganligi

Ommaviy iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha mehnat sig‘imkorligi yuqori korxonalarning barpo etilganligi

Janubiy-sharqiy Osiyo yangi industrial mamlakatlariga nisbatan yuqori iqtisodiy salohiyatga egaligi




Ustuvorlik material va kapital sig‘imkorligi yuqori tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilganligi




Import o‘rnini qoplash siyosatining mamlakatlar­ning jahon xo‘jaligidagi o‘rnining tubdan o‘zgarishiga olib kelmasligi

Tahlillar Osiyoning yangi industrial mamlakatlari tashqi bozorga yo‘naltirilgan rivojlanish yo‘lidan borgani holda Lotin Amerikasining yangi industrial mamlakat­lari asosan, ichki manbalarga tayangan rivojlanish yo‘lidan borayotganligini ko‘rsatadi. Bu holat Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlarining tabiiy resurslar bilan yuqori darajada ta’minlanganligi, aholisining ko‘pligi bilan izohlanadi.


Yangi industrial mamlakatlarning rivojlanish modellari. Yuqorida qayd etib o‘tilgan omillar yangi industrial mamlakatlarning Osiyo va Lotin Ame­rikasi modellarining shakllanishiga muayyan darajada ta’sir qilgan.
Birinchi model – milliy iqtisodiyotning ustun darajada tashqi bozorga, iqtisodiyotning eksportga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi.
Ikkinchi model – milliy iqtisodiyot tarmoqlarini ichki resurslarga tayangan holda rivojlantirish, import o‘rnini qoplashga yo‘naltirilgani iqtisodiyotni shakllantirishga asoslangan.
Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, import o‘rnini qoplovchi ishlab chiqarishning rivojlanish strategiyasi qator rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakat­lari iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi. Mazkur strategiya rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga va yangi, fan sig‘imkorligi yuqori muhim tarmoqlarning yaratilishiga olib keldi.
Shunga qaramasdan import o‘rnini qoplash siyosati uzoq muddatli istiqbol uchun samarali hisoblanmaydi. Barcha import o‘rnini qoplash siyosatini olib borayotgan mamlakatlarda tabiiy inqiroz yuz beradi. Proteksionizm va xorijiy kompaniyalar tomonidan raqobatning yo‘qligi, arzon kreditlar sharoitida milliy iqtisodiyotning «issiqxona» rejimida faoliyat yuritishi samarali va egiluvchan iqtisodiy tizimning yaratilishiga to‘sqinlik qiladi.
Umuman, import o‘rnini qoplash siyosati rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon xo‘jaligidagi mavqeyini tubdan o‘zgarishiga olib kelmaydi. Import o‘rnini qoplash ko‘pincha tashqi omillarga bog‘liqlikni kamaytirish o‘rniga ko‘paytirishi mumkin. Import o‘rnini qoplash bosqichini hamma rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan, yangi industrial mamlakatlar bosib o‘tgan.
11.2. Janubi-sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlari
Janubi-sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida iqtisodiy rivojlanish muvaffaqiyatlari quyidagi omillar va shart-sharoitlar bilan belgilanadi:

  • ushbu mamlakatlarda sanoatlashish iqtisodiy muvaffaqiyatlarning yaqqol namunasi sifatida namoyon bo‘lishi;

  • Osiyo iqtisodiy rivojlanish modelining «namoyish samarasi» rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida rag‘batlantiruvchi omilga aylanishi;

  • mintaqa mamlakatlarining tarixi, madaniyati, iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarining o‘xshashligi.

Ushbu mamlakatlar o‘z iqtisodiy resurslari bilan ta’minlanganligi jihatidan Yaponiyaga yaqin turishadi va o‘xshash iqtisodiy salohiyatdan foydalangan holda uzoq vaqt mintaqada yetakchi mamlakat ortidan rivojlanib bordilar. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotni modernizatsiyalash tajribasi «quvib yetadigan» iqti­sodiy rivojlanishning klassik namunasi hisoblanadi.
Tahlillar Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari, xususan, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM miqdori o‘rtasidagi farqqa ko‘ra, ikki guruhga ajratish imkonini beradi:

  1. Gonkong, Singapur va Tayvan. Bu mamlakatlarda sanoatlash-tirish jarayonlari XX asrning 40-yillarida boshlangan va ular aholining turmush darajasi bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirdilar. Shuni alohida qayd etish lozimki, ushbu mamlakatlarning barchasi aholi soni unchalik ko‘p bo‘lmagan orol mamlakatlar hisoblanadi. Bundan tashqari, Gonkong va Tayvan uzoq muddat mobaynida kommunistik Xitoyga qarshi qo‘yilgan va xorijdan katta miqdorda iqtisodiy yordam olib turgan;

  2. Janubiy Koreya, Tailand, Malayziya, Indoneziya, Filippin, Vyetnam va Laos. Bu mamlakatlarni Osiyo «yo‘lbarslari» deb ham atashadi va ularda sanoatlashtirish jarayonlari turli davrlarda boshlangan.

Janubi-sharqiy Osiyo yangi industrial mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishining tahlili ularga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarni ajratish imkonini beradi:

  • Yaponiyadan farqli ravishda bu mamlakatlar Ikkinchi jahon urushiga qadar dunyoda yetakchi emas edi va sanoatlashtirish tajribasiga ega bo‘lmagan. Ular sanoatlashtirish siyosatini deyarli yo‘q joydan boshlashgan;

  • ularning aksariyatida iqtisodiyotda davlat sektori yetakchilik qilgan;

  • ushbu mamlakatlar uchinchi dunyo mamlakatlaridan rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirishni maqsad qilib qo‘yishgan;

  • biron-bir hududda sanoatlashtirish jarayonlari Janubi-sharqiy Osiyo mamlakat­lari kabi katta miqdordagi xorijiy investitsiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanmagan;

  • bu mamlakatlarning barchasi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan katta zarar ko‘rishdi. Misol uchun, XVF ma’lumotlariga ko‘ra Singapurda YaIM ning o‘sish sur’ati 2007-yilda 9,1 %ni tashkil etgani holda, 2008-yilda 0,6 %ga qisqardi, 2010-yilda 15,2 %ni, 2013-yilda esa 3,9 %ni tashkil etdi3. Janubi-sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlari Ikkinchi jahon urushidan keyin qoloq, sholi va ayrim foydali qazilmalardan boshqa deyarli hech narsa ish­lab chiqarmaydigan mustamlaka agrar mamlakatlar edi. Hozirga kelib ushbu mam­lakatlar AQSh, Yaponiya, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarini kiyim-kechak, poyabzal, elektron maishiy texnika va xizmat tovarlari hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlayotgan, jadal sur’atlarda rivojlanayotgan mamlakatlarga aylanishdi. Bu mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar jahon andozalariga javob berishi, yuqori texnologiyalarni mujassamlashtirganligi, ishlab chiqarish va tovarlarning ekologik talablarga javob berish darajasi ortib borayotganligi bilan ajralib turishadi.

Osiyo «ajdarholari» jahonning yirik moliya markazlari va dunyoning yetakchi kapital eksportyorlariga aylanishdi. Bu mamlakatlarda osmono‘par binolar, zamonaviy aeroportlar qurilmoqda, kosmosga sun’iy yo‘ldoshlar uchirilmoqda. Shularga o‘xshash muvaffaqiyatlarga biroz kechikish bilan «Osiyo yo‘lbarslari» erishmoqdalar.
Osiyoning yangi industrial mamlakatlari sanoatlashtirish jarayonini turli vaqtda va sharoitda boshlashdi. Singapur, Tayvan va Malayziyada bu jarayonlar XX asrning 40-yillari oxirida boshlangan bo‘lsa, Janubiy Koreya va Indoneziyada 60-yillar boshi, Tailandda 60-yillar oxiri, Vyetnam va Laosda 90-yillar boshida boshlandi. Sanoatlashtirish jarayonlari boshlangan davrda aholi jon boshiga to‘g‘ri keluv­chi YaIM Malayziyada 300 doll., Janubiy Koreyada 100 doll., Tayvanda 160 doll., Vyetnamda 220 dollarga teng bo‘lgan.
XX asrning 70-yillarida YaIM ning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati Tailand va Indo­neziyada 7-8 %, Malayziyada – 8,1 %, Gonkong, Janubiy Koreya va Singapur­da – 9,5 %, Tayvanda – 10 %dan yuqori bo‘ldi. 80-yillarda aksariyat mamlakat­larda ushbu ko‘rsatkich yiliga 7 %dan past bo‘lmadi. 1950-2000-yillarda ushbu mintaqada rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining umumiy o‘sishiga katta hissa qo‘shdi. Misol uchun, ular hissasiga 1950-1970-yillarda umumiy iqtisodiy o‘sishning 73 % i, 80-yillarda 64 %, 90-yillar boshida esa 60 % to‘g‘ri keldi.
Janubi-sharqiy Osiyo yangi industrial mamlakatlarining rivojlanishida ushbu mamlakatlarga xos milliy urf-odatlar muhim ahamiyat kasb etgan va ularga xos quyidagi jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, Janubi-sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlari tarixiy (sivilizatsiya) resurslardan samarali foydalanishdi. Aholining hukumatni hurmat qilishi va so‘zsiz itoat etishi, mehnatsevarlik, jamoa bo‘lib ishlash, yaqin qarindosh-urug‘chilik aloqalari mamlakatning sanoatlashtirish jarayonida muhim va iqtisodiy samarali bo‘lib chiqdi.
Ikkinchidan, Janubi-sharqiy Osiyo iqtisodiy modeli uchun davlat va biznes hamkorligi xosdir. Davlat kreditlar va tashqi iqtisodiy imtiyozlar tizimidan foydalanib iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi, bu bosqichda ustuvor tarmoqlarni qo‘llab-quvvatladi. Tanlab olingan ustuvor yo‘nalishlar tarkibi o‘zgarib turdi va bosqichlarga bog‘liq holda quyidagi ustuvor tarmoqlar rivojlandi:

  • 50-yillar – to‘qimachilik va shisha sanoati;

  • 60-yillar – kimyo sanoati va metallurgiya;

  • 70-yillar – mashinasozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik;

  • 80-yillar – elektrotexnika sanoati va elektronika;

  • 90-yillar – informatika, yangi materiallar ishlab chiqarish, aerokosmos sanoati. Misol uchun, Singapurda 1960-yillar o‘rtasidan 1970-yillar o‘rtasigacha bo‘l­gan davrda TMK ni jalb etish orqali mehnat sig‘imkorligi yuqori tarmoqlar rivojlantirildi. 1970-yillar o‘rtasidan 1980-yillarning oxiriga qadar esa xorijiy korporatsiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi mahalliy tarmoqlar rivojlantirildi. 1990-yillardan 2000-yillarning oxiriga qadar ITTKI xarajatlarini oshirish va davlat tadqiqot institutlarini faol yaratishga e’tibor berildi. Hozirgi davr esa mahalliy ITTKI bazasida milliy yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish bosqichi hisoblanadi4.

Uchinchidan, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari davlatning iqtisodiyotdagi rolini bosqichma-bosqich kamaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish, jamiyatni demokratlashtirish orqali iqtisodiy rivojlanish siyosatini o‘zgartirib borishdi.
To‘rtinchidan, Janubi-sharqiy Osiyo iqtisodiy rivojlanish modeli eksportga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. 2013-yilda eksportning YaIM dagi ulushi Gonkongda – 270,8 %, Singapurda – 178,7 %, Malayziyada – 85,8 %, Tailandda – 74,1 %, Janubiy Koreyada – 51,5 %ni tashkil etdi5.
Beshinchidan, Yaponiya kabi mamlakatlarda jamg‘armalar normasining yuqoriligi. Janubi-sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida 1991-yilda jamg‘arma normasi 30 %dan past bo‘lmagan, Singapurda esa ushbu ko‘rsatkich 47 %ga, 2005-yilda esa 53,2 %ga, 2013-yilda esa 44,6 %ga teng bo‘ldi. 2013-yilda ushbu ko‘rsatkich Osiyoning Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong kabi yangi industrial mam­lakatlarida mos ravishda 32,1 %, 30,9 % va 26,7 %ni tashkil etdi6.
Oltinchitian, tashqi omillarning roli. Janubi-sharqiy Osiyoning yangi indust­rial mamlakatlarida iqtisodiyotni modernizatsiyalashda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, texnologiyalarni import qilish, xorijiy mutaxassislardan foydalanish, xalqaro kreditlarni jalb etish va eksport qilish muhim ahamiyat kasb etdi (12.2-jadval).
11.2-jadval

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish