KIRISH
O'zbekiston Respublikasining mustaqillikni qo'lga kiritishi va uning milliy iqtisodiyoti faoliyat ko'rsatishning bozor tamoyillariga o'tishi, jamiyat hayotida ko'p yillar davomida shakllangan tamoyillarni o'zgartirishni talab etadi. Bu milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, sohalari va subyektlarini axborot bilan ta'minlash tizimiga ham tegishli bo'lib, ular ochiq iqtisodiyot sharoitida avvalgidan ko'ra ko'proq darajada o' z faoliyatini dunyo yutuqlari bilan taqqoslashga majburdirlar.
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti doirasida elektron hisoblash mashinalari (EHM), elektron komponentlar, telekommunikatsion texnika, dasturiy ta'minot ishlab chiqarishda, servis xizmat ko'rsatish va boshqa sektorlarni ajralishi yuz berdi. Ularning barchasi birgalikda axborot (kompyuter) sanoati yoki industriyasini tashkil etadilar hamda kompyuter, telekommunikatsion texnika va texnologiyalar rivojlanishining oqibati hisoblanadi.
Axborot resurslarini qayta ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bilan bog'liq barcha faoliyat turlarini axborot industriyasiga birlashtirish qabul qilingan. Shuningdek, "Axborot sektori", "Axborot infratuzilmasi", "Axborotlarni qayta ishlash industriyasi", "Axborot tarmog’ i", "Axborot biznesi" va boshqa ko'plab ta'nflardan ham foydalaniladi.
O'zbekiston Respublikasida ham xorijiy andozalar tarkibi va tuzilishiga o'xshash bo' lgan axborot tarmog'i axborot biznesi shakllanmoqda. Milliy iqtisodiyotning "Axborot xizmatlari" quyi tarmog'i — informatika industriyasi infratuzilmasi yaratilmoqda va faoliyat olib bormoqda. U o' z navbatida axborotlarni qayta ishlashni va boshqa axborot xizmatlarini amalga oshiruvchi, tizimlarga servis xizmat ko'rsatuvchi, xodimlar va foydalanuvchilarni o'rgatuvchi, maslahat va uslubiy ishlar va boshqa faoliyat turlarini, axborotli xizmat ko'rsatish sifatini oshiruvchi mulkchilikning barcha turlaridagi ilmiy va ishlab chiqarish tuzilmalarini o'z ichiga oladi. Dasturlar va boshqa resurslar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi milliy iqtisodiyotning "Axborotlashtirish industriyasi" tarmog'i rivojlanmoqda.
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi masalalarini hal qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining muhim ahamiyatini hisobga olib, O' zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator Farmonlari, Qonunlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda respublikada axborot biznesini shakllanishi va rivojlanishi bo'yicha tashkiliy-huquqiy bazani yaratuvchi vazirliklar va idoralarning me'yoriy hujjatlari qabul qilindi.
Bozor holati axborot mahsulotlari va xizmatlariga talabning doimiy o' sishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Hisoblash vositalari bozori maqbul narxlardagi va shu vaqtning o'zida zamonaviy texnik va texnologik talablarga javob beruvchi shaxsiy kompyuterlar bilan to'ldirilmoqda. Avvalo, aniq moliyaviy-ishlab chiqarish holatlarini tahlil qilish uchun iqtisodiy-matematik usullar va modellardan foydalanish imkoniyati, real jarayonlarga analitik ma'lumotlarning mos kelish darajasi, tezkor qarorlar qabul qilish masalalari dolzarb bo'lib bormoqda.
Masalaning bunday qo'yilishi tadbirkorlik va xo'jalik yuritish amaliyotiga ilmiy-tadqiqot jihatini olib kiradi hamda ilmiy-asoslangan qarorlar, yondashuvlar va malakali kadrlarni talab qiladi.
Yuqorida aytilganlarning barchasi axborot biznesining oqibati bo'lgan axborotkommunikatsion texnologiyalar, axborot mahsulotlari va xizmatlari bozorining rivojlanishi uchun jiddiy rag'bat bo’ lib xizmat qiladi. Axborot biznesining tarkibiy qismlari bo'lib, odamlar, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar hamda axborot mahsulotlari va xizmatlari bozori hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |