5-mavzu.AXBOROT MAHSULOTLARI VA XIZMATLARI BOZORI
1. Axborot, axborot resurslari, mahsulotlar va xizmatlar
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mahsulotlari.Zamonaviy jamiyatda ayirboshlash va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etuvchi bozorlar tizimi sivilizatsiya rivojlanishining har bir bosqichida asosiy, muvofiqlashtiruvchi bozor turini aniqlaydi. Masalan, industrial jamiyatning asosiy bozori sifatida — uskunalarni, postindustrial jamiyatda — kompleks texnologiyalar bozorini, iste'mol jamiyatida esa — tovarlar va xizmatlar bozorini olg'a surdi. Fantexnika taraqqiyoti sur'atlanmng jadallashuvi shunga olib keldiki, rivojlanishning keyingi bosqichining bosh komponenti sifatida — axborot jamiyatida axborot bozori axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mahsuloti bo'lgan axborot mahsulotlari va xizmatlari shakllanadi.
Axborotlarni qayta ishlashning zamonaviy texnik imkoniyatlari bilan birgalikda axborot omilida mujassamlashgan salohiyat turli faoliyat sohalari, shu jumladan, xizmatlar sohasi rivojlanishi uchun muhim istiqbollarni aniqlaydi.
Axborot-kommunikatsion texnologiyalarining asosiy ta'riflari savdo ctatictikasi sohasida Yevropa Hamjamiyatining standartlari talablari doirasida ElTO TASK FORCE xalqaro ishchi guruhi va IDC korporatsiyasi bitimiga mos keladi.
Axborot texnologiyalari (AT). Ushbu kontekstda bu tushuncha umuman olganda quyidagilarga tegishlidir [21] •
texnik ta'minot (hisoblash tizimlari va tarmoqlari, ofis tizimlari, ma' lumotlarni qayta ishlash va uzatish) komponentlariga yoki apparat vositalariga (kompyuter uskunalari);
dasturiy ta'mmot komponentlariga (tizimli, amaliy, yordamchi yoki dasturiy mahsulotlar (dasturiy vositalar);
turli xildagi xizmatlarga (kasbiy, hisoblash, tarmoq, axborot, texnik).
Axborot va kommunikatsion texnologiyalar (AKT). Ushbu tushuncha telekommunikatsion uskunalar va kommunikatsion xizmatlar bilan birgalikda ko'rib chiqiladigan axborot texnologiyalariga tegishlidir.
Axborot resurslariga axborot-kommunikatsion texnologiyalarini qo'llash natijasida qandaydir yangi axborot yoki yangi shakldagi axborot yaratiladi. Axborot tizimi va axborot texnologiyalarining ushbu mahsuloti axborot mahsulotlari va xizmatlari deb ataladi [21].
Moddiy ishlab chiqarishga kuchlarning katta qismi yo'naltirilgan industrial jamiyatda an' anaviy iqtisodiy kategoriya bo'lgan bir necha resurslar turlari ma 'lum. Bular: moddiy resurslar, tabiiy, mehnat, moliyaviy va energetik resurslardir.
Axborotlashgan jamiyatda e'tibor va muhimlik urg'usi resurslarning an'anaviy turlaridan axborot resursiga kog chadi, u har doim ham mavjud b04 1ganiga qaramasdan, iqtisodiy va boshqa kategoriya sifatida tahlil qilinmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |