109
0280 "Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi";
0290 "Boshqa asosiy vositalarning eskirishi";
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi".
Analitik hisobning tashkil qilinishi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi va xorijdagi asosiy
vositalarning mavjudligi va eskirishining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini
ta’minlashi lozim.
Asosiy vositalarning eskirishini hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003 yil 10 oktyabrda 114-son bilan
tasdiqlangan (5-BHMS) "Asosiy vositalar" Buxgalteriya hisobining milliy standartida (20.01.2004 y.
1299-sonli ro‘y., "O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2004 y., 3-son, 35-modda)
belgilangan me’yor va usullar asosida amalga oshiriladi.
Quyidagi asosiy vositalarga eskiish hisoblanmaydi:
a) mahsuldor hayvonlarga;
b) kutubxona fondlariga;
v) hokimiyat qaramog‘idagi obodonlashtirish inshootlariga;
g) qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan fondlarga; (O‘zR AV
12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MV Buyrug‘i taxriridagi kichik band)
d) muzey qiymatliklariga;
e) san’at va arxitektura yodgorliklariga;
j) umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan avtomobil yo‘llariga;
z) to‘liq eskirish hisoblangan asosiy vositalarga.
0211-0290 schyotlarda mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarning
eskirishi hisobga olinadi.
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi"
schyotida uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi xususiy asosiy vositalarga
eskirish hisoblash tartibi kabi bir xil tartibda hisobga olinadi.
Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini
hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan
holda olib boriladi.
Ijaraga beruvchi korxonalar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish
summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va
9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyotining debetida aks ettiradilar.
Korxona mulki bo‘lgan asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush
sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida hisobdan chiqarishda
ularga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi
schyotlarning (0200) debetidan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining kreditiga
hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning bog‘lanishi(14.2.jadval)
14.2.jadval
Do'stlaringiz bilan baham: