Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar hisobi



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

12.3. Hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar hisobi 
Safarning maqsadli tayinlanishga qarab sex, bo‘lim boshliqlari qilingan xarajatlarni maqsadga 
muvofiqligini tasdiqlaydi. Avans hisoboti tuzilib summasi aniqlangandan so‘ng avans hisoboti korxona 
rahbari tomonidan tasdiqlanadi va tegishli buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. 
Foydalanilmay qolgan summa avans hisoboti topshirgan kuni hisobdor shaxs tomonidan kassaga kirim 
orderi bilan topshiriladi, ortiqcha qilingan xarajat summasi kassadan chiqim orderi bilan beriladi. 
Hisobdor shaxsga berilgan summa maqsadli xarakterga ega bo‘lib, birovga berish yoki buyurish 
taqiqlanadi. Oldingi berilgan avans bo‘yicha qarzi bo‘lmagan holdagina yangi avans beriladi. Basharti 
belgilangan muddatda avans hisoboti topshirilmasa yoki foydalanilmagan summa kassaga qaytarib 
topshirilmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya bu qarzni hisoblangan ish haqidan 
ushlab qolishi mumkin. SHuni ham bilish kerakki, belgilangan meyordan ortiqcha qilingan sutkalik 
xarajati hisobdor shaxsning ish haqisiga qo‘shib daromad solig‘iga tortiladi. Sutkalik xarajatlar 
shuningdek turar joy ijara xarajatlari me’yori eng kam ish haqi miqdoridan koeffitsentda belgilanadi. 
Xizmat safari xarajatlari oldindan ma’lum bo‘lgan hollarda, korxona rahbari isbotlovchi hujjatlar 
topshirmasdan safar xarajatlarini to‘lashga ruxsat berish huquqiga ega. Bunda safar xarajatlari 
summasining raschyoti, korxona rahbari va safarga borayotgan xodim tomonidan imzolanib, korxona 
buxgalteriyasida saqlanadi. Safardan qaytgandan so‘ng talabga muvofiq rasmiylashtirilgan safar 
12
«Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomning 1.5.2 va 2.2.12.- moddalari. 


94 
guvohnomasi buxgalteriyaga topshiriladi, qilingan xarajatlar summasi to‘g‘risida hisobot 
topshirilmaydi. 
Safar muddati korxona rahbarining buyrug‘i bilan aniqlanadi, safarda bo‘lgan haqiqiy vaqti esa 
– safar guvohnomasidagi imzolar va muhr bilan tasdiqlangan tartibda safar joyiga kelgan va ketgan 
kuni to‘g‘risidagi belgi bilan aniqlanadi. Bunda safarga ketgan va safardan kelgan kunlari to‘liq kun 
hisoblanadi. 
Korxonada safarga ketgan va kelgan shaxslarni ro‘yxatga olish jurnali yuritiladi. Barcha hisobdor 
summa operatsiyalari korxona buxgalteriyasida 4220 - «Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar» 
schyotlarida hisobga olinadi. Bu aktiv schyot bo‘lib, Debet qoldig‘i hisobdor shaxsining korxonadan 
bo‘lgan qarzini ko‘rsatadi. Bu schyotning Debetiga kassa chiqim orderiga asosan yangi avans summasi 
berilganda, kreditga esa – avans hisobotiga asosan sarflangan va kirim kassa orderiga asosan qaytarib 
topshirilgan foydalanilmagan summa yoziladi. 
Hisobdor shaxslar oldindan olingan bo‘nak summasidan ortiqcha xarajat qilgan bo‘lsa, hujjatlar 
bilan rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar summasiga 6970 «Hisobdor shaxslarga qarzlar» 
schyoti kreditlanadi. Ushbu ortiqcha qilingan xarajat summasi hisobdor shaxsga qaytarilganda 6970 
schyoti debetlanib, 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schyoti kreditlanadi. Ushbu jurnal-order 
kombinatsiyalashgan registr bo‘lib, bir qatorga yozish yo‘li bilan sintetik va analitik hisobni o‘zida 
mujassamlashtirgan. Bunda har bir hisobdor shaxsga berilgan summa uchun jurnal-orderda bir qator 
ochilib, unga hisobdor shaxsning avans hisoboti bo‘yicha sarflangan xarajat, qaytarib topshirilgan 
foydalanilmagan summa yozib boriladi. Bunda 7- jurnal-order shaklidan foydalaniladi. 
Arifmetik va ma’naviy jihatdan tekshirilgan va korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan avans 
hisobotlarini buxgalter, hujjatlarga bog‘lanuvchi schyotlarni qo‘ygan holda, ishlab chiqadi. 7 – jurnal-
orderga yozish uchun asos bo‘lib hisobdor shaxsga berilgan avans summasi bo‘yicha – kassa chiqim 
orderi, sarflangan summa bo‘yicha tasdiqlangan avans hisoboti, qaytarib topshirilgan summa bo‘yicha 
– kirim kassa orderi, ortiqcha qilingan xarajatlar summasini qaytarish bo‘yicha – kassa chiqim orderi 
hisoblanadi. Ushbu jurnal orderning shakli yangi schyotlar rejasi talabiga to‘liq javob bermaydi. U 
qaytadan ishlab chiqilishi kerak. 
Agar korxona tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘illansa, xorijiy safar bo‘yicha xarajatlarni 
hisobga olish zaruriyati tug‘iladi. Xorijiy safar xarajatlari uchun pul O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligi tomonidan belgilangan me’yor bo‘yicha to‘lanadi. Xorijiy valyutada qilingan safar xarajatlari 
maqsadli tayinlanishiga qarab 4220 schyotidan mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga (2010-schyot) 
yoki davr xarajatlariga (9400-schyot) yoki xorijdan sotib olingan asbob-uskunalarga (0720-schyot), 
materiallarga (1000-schyot), tovarlarga (2910-schyot) o‘tkaziladi. Schyotlarga xarajatlar xorijiy 
valyuta va so‘m ekvivalentida yoziladi. Hisobdor shaxslarda qolgan valyuta qaytadan baholanib natija 
9620 yoki 9540 - schyotlarga o‘tkaziladi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish